MMIBDO‘: ______________________ Sinf rahbar: ______________________ Sana:__________ 15-mavzu:Kelajak buyuk ma’naviyat egalari qo‘lidadir Kun shiori: “Bu dunyoda yengilmas kuch, – ma’naviyatdir” Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, xalqimiz buyuk ma’naviyat egasi ekanligini his ettirish, insoniylik, mehr-oqibatni yanada rivojlantirish ekanligini uqtirish..
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi va ajdodlar o`giti bilan birga singadi”
O`qituvchi:
Ma`naviyatning hayotimizdagi o`rni va ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalarimizga yakun yasar ekanmiz, avvalambor, shuni chuqur anglab olishimiz darkorki, ma`naviy yuksalishga erishish— bu bir yillik yoki besh-o`n yillik ish emas. Xalq, millat o`z milliy ma`naviyatini yillar, asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunki ma`naviyat qotib qolgan aqidalar yig`indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo`lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma`naviy hayot oldiga qo`iiladigan talablar ham muttasil paydo bo`laveradi.
Bugungi kunda ma`naviyat dunyosiga nisbatan mavjud bo`lgan xavf-xatarlardan albatta ko`z yumib bo`lmaydi, lekin bizning ishonchimiz komilki, xalqimiz tarixning murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma`naviy olami kuchayib va yuksalib borayotgani, bizni ko`rolmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz.
Chunki xalq — bamisoli ulug` va sharafli yo`ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni yo`ldan chalgatishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo`lgan, bundan keyin ham bo`lishi mumkin. Karvon bexatar bo`lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch — ma`naviyat bor.