O`quv yili Tushuntirish xati



Yüklə 4,82 Mb.
səhifə18/48
tarix30.11.2023
ölçüsü4,82 Mb.
#170159
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
9-Sinf

Sog` tanda sog`lom aql


O`qituvchi o`quvchilarni faolligiga va zerkib qolmasligini inobatga olgan holda savollar beradi hamda ularning javoblarini umumlashtirib, yangi mavzuni tushuntiradi.Inson organizmi atrof-muhit bilan doimiy va chambarchas bog`liqlikda bo`ladi. Unga havo haroratining, namlikning, shamol tezligining keskin o`zgarishi o`zining ta`sirini ko`rsatadi. Inson organizmini maxsus tadbirlar yordamida atrof-muhitning zararli ta`sirlariga, hattoki infeksion kasalliklar kabilarga nisbatan chidamliligini oshirish mumkin.Bular chiniqtiruvchi muolajalar yordamida amalga oshiriladi.


Chiniqish –bu organizmni kasalliklarga qarshilik ko`rsata olishi uchun jismoniy turg`unlikni o`zlashtirishiga aytiladi. Kasalliklardan tabiiy omillar yordamida forig` bo`lish organizmni sog`lomlashtirish deyiladi.


MODELLASHTIRILGAN SXEMA TAHLILI
(rasmlari bilan)




QUYOSH




HAVO

SUV



TABIIY OMILLAR



SOG`LOMLASHTIRISH





O`SIMLIKLAR



Muattar hidlar mahsulotlari


Shifobaxsh o`tlar


Oziq ovqat


Quyosh vannalari inson organizmini turli kasalliklardan himoya qilish bilan birga uni davolaydi.Quyosh vannalarini qabul qilish jarayonida oddiy qoidalarga rioya qilish lozim.Oftobda toblanishni 3-4 daqiqa davomida daraxtlarning soyasida 10 daqiqa tanaffus bilan olishni boshlang. Quyoshda bo`lish vaqtiga har kun 2-3 daqiqadan qo`shib boring. Quyoshda bir necha daqiqa va soyada bir necha daqiqa bo`lishni ketma-ket almashtirib borish juda ham foydali. Ertalabki va kechki paytlarda, quyosh nurlariga vaqti-vaqti bilan orqa, ko`krak yoki yonbosh tarafni qo`ygan holda toblanish kerak. quyoshga chiqayotganda boshingizga bosh kiyim: shapka, kepka, panama kiyish yoki ro`mol o`rashni yodingizdan chiqarmang. Ba`zi bolalarda quyosh nurlarini yomon qabul qilish hollari ham uchraydi, ular oftobda toblanayotganlarida yanada ehtiyot bo`lishlari kerak. Agar shifokorlar oftobda toblanishni umuman ta`qiqlagan bo`lsalar, u holda xafa bo`lib, umidsizlanmaslik kerak. Iliq bulutli ob-havoda havo vannasini qabul qilish mumkin.
Musaffo havo.Musaffo, toza havo – barcha bolalar uchun foydali. Havo vannalarini quyosh va soyada olish mumkin. Havo vannalarini qabul qilayotganda ko`proq harakatda bo`lishga harakat qiling.Shamoldan himoyalangan joylarda havo vannalarini qabul qilish maqsadga muvofiq.Uni qabul qilishni yoz faslida boshlagan yaxshi. Birinchi vanna +16°,+18° haroratda, 2-4 daqiqa davom etishi kerak, keyinchalik esa 20 daqiqagacha uzaytiriladi. Agar harorat +20° bo`lsa – qabul qilish vaqtini ikki barobar ko`paytirish kerak. Kunduzgi uyquni toza havoda oynalari ochiq xonada, ayvon yoki shiyponda tashkillashtirish mumkin.Tayyorlangan joyda yelvizak bo`lishiga imkon yaratish juda ham yaxshi, lekin o`zingiz yelvizakda qolishingiz kerak emas. Havoning tozaligini muntazam kuzatib borish, tungi uyqudan oldin xonani shamollatish maqsadga muvofiq.
Suv bilan chiniqish.Suvning asosiy sog`lomlashtirish xususiyati: organizmda mavjud bo`lgan moddalar almashinuvining zararli mahsulotlarni chiqarishda teriga yordam beradi va kasallik qo`zg`atuvchi mikroblardan tozalaydi (cho`miliganda, vanna qabul qilganda).

Yüklə 4,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin