Topshiriq: “Davra suhbati”. Yana qanday milliy urf-odatlarimiz, marosimlar va an’analarimiz bor. MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
Sana:__________ 27-mavzu: Amir Temur hayoti bizga o‘rnak(Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).
Kun shiori: “Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi” Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Buyuk Sohibqironga bo`lgan hurmatlarini rivojlantirish, Amur Temur haqida g`urur va iftixor tuyg`ularini singdirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:„Tengi yo`q Sohibqironi bor, o`zbekning“ O`qituvchi:
Amir Temur siymosi. Turkiston amirlari o`rtasida bo`lgan kurashlarda g`olib chiqqan Amir Temur 1370 yil 9 aprel kuni, bu-Qur’oni karim nozil etilgan ramazon oyi o`n ikkinchisida, chorshanbai murodbaxshda yuz berdi,- Turkiston taxtini egalladi. Shunda Amir Temur 34 yoshga kirgan edi. Amir Temur XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshida jahonda siyosiy iqlimni belgilashda katta nufuzga ega bo`lgan siymo darajasiga ko`tarildi, jahon tarixiga ta’sir o`tkazuvchi davlat arbobiga aylandi.
“Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi”, deb ta’kidlagan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: ”Dunyoning qaysi yerida, qaysi zamonda Amir Temurdek buyuk sarkarda, Amir Temurdek buyuk davlat arbobi, Amir Temurdek ilm-fan, ma’naviyat va ruhoniyat homiysi bo`lgan?”
Chindan ham, o`rta asrlar sharoitiday murakkab bir davrlarda yashab, o`zining jon huzurini emas, balki dastavval Vatan ravnaqi g`amini chekish, parokanda yurtni birlashtirish, ilmu fan homiysi-yu bunyodkor bo`la olish Amir Temurning favqulodda bir shaxs ekanligini ko`rsatadi.
Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo`ygan shaxs sifatida tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug`laydi.
Amir Temur ordeni, Amir Temur haykallari,Amir Temur va temuriylar muzeyi, Amir Temur ko`chasi, Amir Temur bekati, Amir Temur mahallasi, Amir Temur mavzesi, Amir Temur nomli maktab, Amir Temur guruhi. Shundan xulosa qilishimiz kerakki, millat, xalq, yurt, vatan uchun xizmat qilgan, kerak bo`lsa jonini fido qilganlar mana shunday ulug`lanadi.
XALQ YARATGAN DAHO
XX asr o`zbek adabiyotida Amir Temur uchun kuyib-yonganlardan va ehtimol, birinchisi-otashin ma’rifarparvar adib Abdurauf Fitratdir. “Temur oldinda” maqolasida Sohibqiron maqbarasini ziyorat etgan adib ko`nglida nechog`lik hayojanli tuyg`ular kechganligining guvohi bo`lamiz:
“Sening ziyoratingga keldim, sultonim!..-deb hayqiradi adib.- Ulug` xoqonim! Turklik sharafi talandi. Turkning nomusi, e’tibori, iymoni, vijdoni zolimlarning oyog`lari ostinda qoldi. Turkning yurti, ulog`i, o`chog`i, Turoni yot qo`llarga tushdi! Xoqonim! Turklikka xiyonat qilganlar turk bo`lsalar ham qonlarini oqitmoq sening muqaddas odatingdur, yotma, tur! Sening omonatingga xiyonat qilganlarni ez, ur, o`ldir! Men uch kunlik umrimni tinchgina o`tkazmakchi bo`lmasa erdim, shularning birortasi bo`lmas edi. Men qo`limga topshirdig`ing qilichni tashlab, cholg`uni olmasa edim,Turonim talanmas edi… Ey arslonlar arsloni! Menim yozuqlarimdan o`t, mening qo`limni tut, belimni bog`la, muqaddas fotihangni ber! Sening dunyoga sig`magan g`ayratingga ont ichamanki, Turonnning eski sharaf va ulug`ligini qaytarmasdanburun oyoqdan o`tirmasman! ” (“Hurriyat” gazetasi, 1917 yil 31 oktabr soni).