SOHIBQIRON FARZANDLARI
Amir Temurning to`rt o`g`li va ikki qizi bo`lgan. Farzandlar- o`g`illar ham, qizlar ham harbiy san’at sirlaridan yaxshi xabardor bo`lishgan. Jahongir Mirzo Amir Temurning Turmush oqa degan xotinidan dunyoga kelgan. Jahongir Mirzoning singlisi Oqa Begi xonim bo`lgan. Amir Temurning yana Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo singari o`g`illari, Sulton Baxt begim degan shaddod qizi bo`lgan.
Sohibqiron mehribon ota, qattiqqo`l murabbiy sifatida barchasini diqqat markazidan qochirmasdi.
Topshiriq: Amir Temur bobomiz haqida yozilgan asarlardan birini tahlil qilish. Bu bilan o`quvchilarda vatanparvarlikni rivojlantirish, Amir Temurga bo`lgan g`urur va faxrlanish yanada kuchli bo`ladi va tarixiy asarlarga, kitoblarga yanada qiziqish uyg`onadi . Masalan: O`zbekiston xalq yozuvchilari Pirimqul Qodirovning “Buyuk siymo”, Muhammad Alining “Sarbadorlar”, Nurali Qobulning “Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich” kabi.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
Sana:__________
28-mavzu:Hunarli kishi- xor bo’lmas (Tasviriy san’at, mehnat, musiqa fanlari oyligi doirasida)
Kun shiori:“Sharq Rafaeli”
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tasviriy san’at, mehnat, musiqa fanlari oyligida faol bo`lishga, bor iste’dod, iqtidorlarini ko`rsatishga bo`lgan imkoniyatlardan foydalanishni uqtirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish,va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Navoiyning shogirdi, ulug` musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzod ”
Dostları ilə paylaş: |