Sana:__________ 8-mavzu: Til fikr libosidir (O`zbekiston Respublikasining Davlat tili qabul qilinganligi munosabati bilan)
Kun shiori: Til shirinligi – ko`ngilga yoqimli, yumshoqligi foydali. Chunki til achchiqlikka aylansa, zarari umumiy bo`lur” Alisher Navoiy
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z ona tiliga bo`lgan hurmatlarini oshirish, ona tilining obro`sini ko`tarishni ular ongiga singdirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradiAxborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.Doskada: Tilingga ehtiyot bo`l, Rost yo`lda yengiltaklik qilma. Motrudiy O`qituvchi: O`z ona tilini bilmagan odam o`zining shajarasini, o`zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo`q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to`g`ri aytishadi.
Lekin ona tilimizni bilish yo`lidagi intilishlarimizni, harakatlarimizni rus tiliga qarama-qarshi qo`yish, rusiyzabon birodarlarimiz bilan aloqani buzish mutlaqo noto`g`ri bo`lur edi. Bir-birimiz bilan ahil va do`st bo`lib yashayotgan bir paytlarda xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi qo`yib, ular orasiga nifoq solishga urinishlar yaxshilikka olib kelmaydi.
Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’i nazar, o`z ona tilini hurmat qiladi. O`zbeklar o`zbek tilini hurmat qilsa, tojiklar tokik tilini, qozoqlar qozoq tilini, aytaylik, boshqa millat vakili, katta yo kichik bo`lishiga qaramay, o`z ona tilini hurmat qiladi. (O`zbekiston SSR Oliy Sovetiningo`n birinchi sessiyasida so`zlangan nutqdan 1989 yil 25 oktabr)
Agar 1897 yilda mamlakatimiz hududida 70 millat va elat vakillari yashagan bo`lsa, 1926 yilda ularning soni 91 taga, 1959 yilda 113 taga, 1979 yilda esa 123 taga yetdi. Hozirgi kunga kelib, ularning soni 130 dan ziyod bo`lib, O`zbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 20 foizni tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institute tomonidan o`tkazilgan so`rovnoma natijalari tahlil qilinganda, boshqa millat vakillari, ya’ni slavyan diasporasi (ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning – 38,6 foizi, Volgabo`yi xalqlarining (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar) ning – 72,5 foizi, Markaziy Osiyo xalqlari (qozoqlar, tojiklar, qirg`izlar, turkmanlar) ning – 78,2 foizi O`zbekistonni o`zlarining ona Vatani deb hisoblaydilar. Bu boshqa millat vakillarining O`zbekistonni o`z ona yurtidek e’zozlashi hamda uning tiliga bo`lgan munosabat hurmat va ehtirom darajasiga ko`tarilganligidan dalolat beradi.
Hozirgi paytda ko`pmillatli respublikamizda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy madaniy markaz Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan “Turkiston- umumiy uyimiz” g`oyasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 14 ta milliy-madaniy markaz respublika maqomiga ega.