2022-2023-O’QUV YILI UCHUN
~ 9 ~
Mutatsiyalar oqsil sintezining buzilishiga olib keladi. buning natijasida oqsilning
funksional faolligi o`zgaradi, tuzilishi,soni, shakli ham o`zgarishi mumkin. Masalan
xromosoma mutatsiyalaridan
deletsiya
– xromosomalar o`rta qismining ajralishi,
duplikatsiya
– xromosomalarning ayrim qismining ortishi
, inversiya
– xromosoma ayrim
bo`lagining 180
0
ga burilishi,
translokatsiya
– xromosoma bir qismining boshqa
nogomologik xromosomaga qo`shilishi oqibatida yuzaga keladi.
Odam tanasida DNK molekulasi xili uning jinsiga bog`liq bo`ladi ya`ni erkak organizmida
24 xil DNK, ayol organizmida 23 xil DNK bo`ladi. Bu farq 23-juft xromosomaning XY
yoki XX bo`lishiga bog`liq. Ba`zi organizmlarda geterogametalik degan tushuncha
kuzatiladi ya`ni ularning urg`ochisida oxirgi jinsiy xromosoma jufti XY holatda,
erkaklarida XX holatda uchraydi. Bularga: sudralib yuruvchilar, qushlar, ayrim
hasharotlar (kapalaklar) kiradi.
Dostları ilə paylaş: