Darsning borishi:I.Darsni tashkil etish. II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. 1. Ixtiyoriy sondan boshlab 10 gacha sanash mashqi sifatida «Zanjir bo‘lib sanash» o‘yini o‘ynaladi.
2. 1 soni haqidagi she’riy misralar yordamida bilimlari mustahkamlanadi.
Men oldinda turaman, Chizg‘ichingga qarab boq. Tartib sonlar ichida, Birinchiman, hoy o‘rtoq. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar ketma-ketligini to‘g‘ri va teskari tartibda sanaladi.
III. Yangi mavzu ustida ishlash.O‘quvchilarga 2 soni qaysi sondan keyin kelayotganligi haqida tushuncha beriladi. Bunda ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar ketma-ketligini to‘g‘ri va teskari sanash mashqi takrorlanadi.
«2» soni 1 dan keyin kelishi tushuntiriladi.
Darslik bilan ishlash.Nechta mushukning rasmini ko‘rayapsiz? Rangi qanaqa? Kimning uyida mushuk bor? Mushuk qanday hayvon? Qanday foyda keltiradi? 2 ta mushuk ko‘pmi, 1 ta mushuk ko‘pmi? 2 raqami bilan tanishtiriladi. Gullarni taqqoslab tushuntiriladi. Futbol o‘ynayotgan bolalarga qarab masala tuziladi.
Utomonda bitta jo‘ja,bu tomonda bitta jo‘ja, bir-biriga teng ekan deb,«=»ishorasi bilan tanishtiriladi (1=1).
Katta, kichik, teng belgilari haqida amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladi. «2 ta jo‘ja ko‘pmi, 1 ta jo‘ja ko‘pmi?». 2 soni 1 sonidan 1 ta ko‘p, 1 soni 2 sonidan bitta kam ekanligi haqida aniq bilim berish uchun didaktik materiallardan foydalaniladi.
IV. Daftar bilash ishlash.2 raqamining yozilishi bilan tanishtiriladi. 1 va 2 raqami mashq qilinadi. Narsalarni bo‘yash va sanash orqali 2 raqamini hosil qilish va yozish, shuningdek, «katta», «kichik» belgilarini yozib, mashq qilinadi.
Daftarga 2 sonining yozilishi tushuntiriladi:
a) doskada yozilishini ko‘rsatish; b) havoda yozib ko‘rsatish, so‘ng daftarda yozishni mashq qilish.
V. Darsni yakunlash. VI. Uyga vazifa. 2 raqamidan yozib kelish. She’r yodlash.
Fan:Matematika
Sana “___”__________20__yil