O’quv yili



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə21/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,24 Mb.
#207513
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
1-Sinf Matematika (I-chorak)

Darsning borishi:I.Darsni tashkil etish.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
1. Ixtiyoriy sondan boshlab 10 gacha sanash mashqi sifatida «Zanjir bo‘lib sanash» o‘yini o‘ynaladi.
2. 1 soni haqidagi she’riy misralar yordamida bilimlari mustahkamlanadi.
Men oldinda turaman,
Chizg‘ichingga qarab boq.
Tartib sonlar ichida,
Birinchiman, hoy o‘rtoq.
1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar ketma-ketligini to‘g‘ri va teskari tartibda sanaladi.
III. Yangi mavzu ustida ishlash. O‘quvchilarga 2 soni qaysi sondan keyin kelayotganligi haqida tushuncha beriladi. Bunda ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar ketma-ketligini to‘g‘ri va teskari sanash mashqi takrorlanadi.
«2» soni 1 dan keyin kelishi tushuntiriladi.
IV. Darslik bilan ishlash. Nechta mushukning rasmini ko‘rayapsiz? Rangi qanaqa? Kimning uyida mushuk bor? Mushuk qanday hayvon? Qanday foyda keltiradi? 2 ta mushuk ko‘pmi, 1 ta mushuk ko‘pmi? 2 raqami bilan tanishtiriladi. Gullarni taqqoslab tushuntiriladi. Futbol o‘ynayotgan bolalarga qarab masala tuziladi.U tomonda bitta jo‘ja,bu tomonda bitta jo‘ja,bir-biriga teng ekan deb,«=» ishorasi bilan tanishtiriladi(1=1).Katta, kichik, teng belgilari haqida amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladi. «2 ta jo‘ja ko‘pmi, 1 ta jo‘ja ko‘pmi?». 2 soni 1 sonidan 1 ta ko‘p, 1 soni 2 sonidan bitta kam ekanligi haqida aniq bilim berish uchun didaktik materiallardan foyda­laniladi.
Daftar bilash ishlash. 2 raqamining yozilishi bilan tanishtiriladi. 1 va 2 raqami mashq qilinadi. Narsalarni bo‘yash va sanash orqali 2 raqamini hosil qilish va yozish, shuningdek, «katta», «kichik» belgilarini yozib, mashq qilinadi.
a) doskada yozilishini ko‘rsatish; b) havoda yozib ko‘rsatish, so‘ng daftarda yozishni mashq qilish.
V. Darsni yakunlash.
VI. Uyga vazifa. «=», «>», «<» belgilari raqamidan yozib kelish. She’r yodlash.
Fan:Matematika
Sana “___”__________20__yil

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin