II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. 1. Stol ustiga ayiqcha, quyoncha, o‘rdakcha o‘yinchoqlarini qo‘yib sanash, 1 dan keyin qaysi son keladi? 2 dan keyin-chi? Geometrik shakllarni parta ustiga qo‘yib sanash. 2. She’riy iboralar bilan 2 soni haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Qomatimni ko‘rganlar, Qiyos etar oqqushga. Mendan dir-dir titraydi, Ixlosi yo‘q o‘qishga. 3. Xulosa: 3 > 1, 1 < 2 ekanligini tushuntirib, daftarda mashq qilish.
III. Yangi mavzu ustida ishlash.O‘quvchilarga rasmda tasvirlangan uch xil narsalar (soni bir xil) tavsiya qilinadi, ularning o‘xshash tomonlari va farqiga e’tibor beriladi. Rasmdagi sabzi va olchalar soni sanab chiqiladi.O‘quvchilar ularning o‘xshashlik tomoni va son jihatidan farqli ekanligini aytadilar. 2 >1 olchani taqqoslaydilar. Bu va boshqa shunga o‘xshash taqqoslashlar orqali o‘quvchilar narsalarning miqdori haqida xulosa chiqaradilar.
Uchburchakning 3 ta tomoni, 3 ta burchagi, 3 ta uchi borligi haqida suhbat o‘tkaziladi.
Darstaxta oldiga 2 ta sariq sabzi, bitta qizil sabzi yoki 2 ta qizil gul va 1 ta sariq gul qo‘yiladi. Sabzilarning va gullarning soni, so‘ng 2 sonidan keyin 3 soni kelishi, 3 soni uchta 1 sonining qo‘shilishidan hosil bo‘lishi aniqlanadi. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar qatori istalgan sondan boshlab to‘g‘ri va teskari tartibda sanaladi.
IV. Daftar bilan ishlash. 3 sonining yozilishini mashq qilish jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi mustahkamlanadi. Arifmetik amallar bajarishning yozuv qoidalari mustahkamlanadi.
1. 3 sonini doskada yozib ko‘rsatish.
2. 3 sonini havoda yozib ko‘rsatish, so‘ng daftarga yozdirish.
3. Bo‘sh kataklar o‘rnini to‘ldirishga o‘rgatish. 2 + 1 = 3 3 – 1 = 2
V. Darsni yakunlash. VI. Uyga vazifa. 3 sonini yozib kelish
Fan:Matematika
Sana “___”__________20__yil
13-DARS.MAVZU: 3 soni ichida amallar Darsning maqsadi. « 3 » soni « + », « – », « = » belgilari ichida amallarni ishlashga o‘rgatish.