O’quv yili



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə31/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,24 Mb.
#207513
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
1-Sinf Matematika (I-chorak)

I.Darsning borishi:
II.O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «+» plus, «-» minus o'yinini o'tkazish. O'qituvchi o'yin qoidasi bilan tanish- turbi. Magnit taxtachaga bo'rining maketi yopishtirilgan bo'lib, har ikki qo'lida bir nechta misol yozilgan varaqa bor. Bu misollar quyidagicha:
2...1 = 3 3...1 = 4 2...2 = 4
3...2 = 1 4...1 = 3 3...2 = 1
Bolajonlar, bo'ri misolni yecholmay hayron bo'lib turibdi. keling biz bo'rivoyga yordamlashib yuboramiz. Siz nuqtalar o'rniga «+» yoki «-» ishoralarini qo'yganingizda javobi to'g'ri kelsin. Demak, misollar quyidagicha bajarilsa, natija to'g'ri bo'ladi.
2+1=3 3+1=4 2+2=4
3-2=1 4-1=3 3-2=1
2. O'quvchilarga 1 dan 4 gacha, 4 dan 1 gacha og'zaki sanatdirish.
III.Yangi mavzuni bayon etish. Sonlar ketma-ketligini o‘sib borish tartibida (1, 2, 3, 4) va kamayib borish tartibida (4, 3, 2, 1) «Zanjir» bo‘lib sanash.
2. O‘quvchilar diqqatini darslikdagi rasmlarga jalb qilib, o‘ynayotgan bolalarning soni, ularga nechta bola kelib qo‘shilgani, bolalar soni nechta bo‘lganini aniqlash (4 ta bo‘ldi). Polizda 3 ta quyon bore di, ularga 1 ta quyon kelib qo‘shilsa, nechta bo‘lishini hisoblash.
O'quvchilar e'tiborini darslikning 18-betidagi mavzuga qaratish.
-Rasmga e'tibor bilan qarang-chi, hammasi bo'lib nechta bola o'ynamoqda. Demak,
- 2 o'quvchi koptok o'ynayotgan bo'lsa, 2 o'quvchi mashina o'yinchoq o'ynayotgan ekan. O'ynayotgan bolalarning soni 4 ta ekan. 2 + 2 = 4.
2-misolda esa bo'sh kataklarga sonlar qo'yib o'qitiladi.Demak, 4 soni ichida to'g'ri va teskari sanashga o'rgatish ko'zlanganligi ma'lum bo'ldi. Demak, 4 bu 3 bilan 1 ning yig'indisi, 4 bu 1 bilan 3 ning yig'indisi, 4 bu 2 bilan 2 ning yig'indisi yoki buni quyidagicha izohlash mumkin: 4 = 3+1; 4=1 + 3; 4 = 2 + 2 so'ng 4-1 = 3; 4-2 = 2; 4-3=1 kabi misollarni bajarilishi haqida ma'lumot beriladi.
3+1=4 1+3=4 2+2=4
4-masalada esa rasmga qarab og'zaki masala tuzdirishga o'rgatiladi.
4-1=3 4-2=2 4-3=1
5.Darsni yakunlash..Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. 6.Uyga vazifa. Darslikdagi 18-sahifadagi 4-misol vazifani bajarish.
Fan:Matematika
Sana:_____ ____________20__yil.
17.Mavzu: :5 SONI TARKIBI
Darsning maqsadi:1,2,3,4 sonlari haqida egallagan bilimlarini mustahkamlash, 5 soni haqida tushuncha berish, og'zaki masala tuzishga va misollar yechishga o'rgatish.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin