O’quv yili


III. Yangi mavzu ustida ishlash



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə55/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,24 Mb.
#207513
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
1-Sinf Matematika (I-chorak)

III. Yangi mavzu ustida ishlash.
1. O‘rganilgan sonlar qatorini to‘g‘ri va teskari tartibda sanash (1, 2, 3,..., 10. 10, 9, ..., 1);
2. O‘rganilgan sonlarni taqqoslash.– 9 sonidan oldin qaysi son keladi?
– 8 soni 9 dan nechta kam?– 9 sonidan keyin qaysi son keladi?
– 10 soni 9 dan nechta ortiq? Shu savollar orqali 10 soni bilan tanishtiriladi.
IV. Darslik bilan ishlash.
1-misolda (darslikning 31-beti) 10 soni qaysi sonlarning yig‘indisidan tarkib topganligi tushuntiriladi.
2-misol. Rasmga qarab, masala tuzib, yechishga o‘rgatish.
6 ta limonga 4 ta limonni qo‘shsak, 10 ta limon hosil bo‘ladi.
Bir shoxda 3 ta, ikkinchi shoxda 5 ta olcha bor, hamma olchalar nechta?3 + 5 = 8 (ta olcha).
31-betdagi 3-misolda 10 soni hosil bo‘lishi uchun nima ish qilindi, jadvalning qiziqarli tomonini ko‘rsating. Birinchi qator 1 ta dan ortib boradi, ikkinchi qator esa 1 ta dan kamayib boradi.
4-misolni og‘zaki yechish:
5 + 3 = 8 10 – 8 = 2 7 = 3 + 4
5 + 2 = 7 10 – 6 = 4 8 = 3 + 5
5 + 4 = 9 10 – 7 = 3 9 = 3 + 6
10 sonining yozilishi bilan tanishtirish, daftarda mashq qilish.
V. Daftar bilan ishlash. 10 sonini yozish jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi rasmdagi qo‘zi­qorinlarni tartib raqami bo‘yicha sanash bilan mustah­kamlanadi. Arifmetik amallar bajarishning yozuv qoidalari mustahkamlanadi. Bo‘sh kataklarda arifmetik amallar mustaqil bajariladi.
1. Doskada 10 sonining yozilishini ko‘rsatib, tushuntirish.
2. Ruchka ushlash qoidasini eslatish, havoda yozib ko‘rsatish, so‘ng daftarda ko‘rsatilgan namunaga qarab yozdirish. Darsni yakunlash. Faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish.
VI. Uyga vazifa. 8-misolni bajarib kelish.
Fan:Matematika
Sana:_____ ____________20__yil.
30.Mavzu: :10 SONI ICHIDA QO’SHISH VA AYIRISH
Darsning maqsadi:
Ta’limiy:o'quvchilarni o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini boyitib borish.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin