O’quv yili


I.Darsni tashkil etish.davomatni aniqlash.darsga hozirlash



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə51/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,24 Mb.
#207513
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80
1-Sinf Matematika (I-chorak)

I.Darsni tashkil etish.davomatni aniqlash.darsga hozirlash
II.O'tilgan mavzuni mustahkamlash.
O'quvchilarning 8 gachabo'lgansonlarhaqidaolganbilimlarinimustahkamlash. Masalan: 2 bilan 5 sonlarining orasida qaysi sonlar borligi; 8 dan oldin va 6 dan keyin qaysi son kelishini aniqlash; 8 ning chap va o'ng qo'shnisini aytib berishga o'rgatish.
1.8 soni haqidagi quyidagi she'rni yodlash:
Ipak qurti pillasidayO'zgarmas qiymat, shaklim
Qo'sh halqaman.Oyoqosmon tursam ham.
III.Yangi mavzu bayoni:
Darslikning 29-betidagi 6-misolni og’zaki va yozma ravishda bajarish kerakligi tushuntiriladi.
5 bilan 1 ning yig'indisi 6; bu sonni kvadratning ichiga yozish kerakligi tushuntiriladi, 6 bilan 2 ning yig'indisi 8; 8 bilan 1 ning yig'indisi 9 ekanligi, bajargan ishimiz to'g'ri ekanligi tushuntiriladi. Ikkinchi qatordagi misol ham xuddi shunday bajariladi.
9 dan 2 ni ayirsak, 7 hosil bo'ladi, 7 dan 1 ni ayirsak, 6 hosil bo'ladi, 6 dan 2 ni ayirsak, 4 hosil bo'lar ekan. Demak, darchaning o'rniga 7, 6 sonlarini qo'ysak, bajargan ishimiz to'g'ri bo'lar ekan, deb tushuntiriladi. O'quvchilarning o'zlariga ham xuddi shunga o'xshash misol tuzdirishga o'rgatib boriladi.8-misolda esa, 9, 8 sonlarini hosil qilish uchun nima ish qilish kerakligi tushuntiriladi. 9 sonini hosil qilish uchun 5 bilan 4 ning yig'indisi; 3 bilan 6 ning yig'indisi; 5 bilan 4 ning yig'indisi; 7 bilan 2 ning yig'indisi deb olish mumkin...
IV.Daftar bilan ishlash. «Matematika daftari»ning 27, 28-betlaridagi rasmlarni bo'yash ishlarini mustaqil bajarish. Geometrik shakllarning nuqtalarini sanash bilan 9 sonini hosil qilish tushunchasi mustahkamlanadi. Bo'sh kataklarda mustaqil arifmetik amallar bajariladi.O'quvchilarni 9 sonining bosma va yozma ko'rinishi bilan tanishtirish.Doskada 9 sonini yozib ko'rsatish. So'ng daftarda yozishni mashq qilish.
V.Darsni yakunlash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchi­larni baholab rag'batlantirish.
VI.Uyga vazifa. 9 sonini yozib kelish, misolni bajarishni mashq qilish.
Fan:Matematika
Sana:_____ ____________20__yil.
28.Mavzu: :0 SONI BILAN TANISHTIRISH
Darsning maqsadi: Sonning qatordagi o'rni haqida tushuncha berish, misol va masala yechishga o'rgatish.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin