Yangi gaplar:VVhat’s your name?-Sizning ismingiz kim? Darsni tashkil etish.
O'tilgan mavzuni mustahkamlash.
O'quvchilarga 8 soni ichida egallagan bilimlarini boyitib borish maqsadida «Mo'jizakor daraxt» maketidan foydalanib dars o'tish. Oldingi darsda esa, «Bog'da» mavzusi asosida hikoya tuzilganligi eslatiladi. «Mo'jizakor daraxt» maketidan foydalanib dars bosh- lashdan oldin, bir rivoyat haqida hikoya qilinadi.
Qadim-qadimda bir podsho o'z lashkari bilan safarga otla nibdi. Ular yo'l yurishibdi, yo'l yurishsa ham mo'l yurishibdi. Ular bir cho'ldan o'tib borishayotgan ekan ko'chat ekayotgan bir cholga ko'zlari tushibdi. Podsho ko'chat ekayotgan cholning oldiga kelib, shunday debdi:
Bu ekayotgan ko'chatingiz ildiz otib, ko'karib, hosil bergunga qadar bormisiz-yo'qmisiz? Sizga nima zaril, — debdi.
To'g'ri aytasiz shohim, bu daraxt ildiz otib, ko'karib, meva bergunga qadar men narigi dunyoga safar qilgan bo'laman, ammobu mevadan kelajak avlod, farzandlarim tanawul qilayotganda: «Alloh rahmat etgan bo'lsin!» desa, menga shu savobning o'zi yetarli, debdi.
Podsho cholning aql bilan qilgan javobiga tasanno aytib, unga bir tillo tanga chiqarib beribdi. Choi tangani olayotib shunday debdi:
Ana ko'rdingiz-mi? Ko'chat hali ildiz otmasdan, ko'kar- masdan, meva bera boshladi.
P odsho esa, cholning aytgan gaplariga qoyil qolib, yana bir tillo tanga beribdi. ChoL shunday debdi:
Sultonim, bu daraxtning hosilini narigi dunyoga ravona bo'lmasimdanoq shu dunyoda ko'ra boshladim. Podsho cholning aql-zakovatini ko'rib, lashkarlariga yo'lida davom etishini buyu- ribdi. Chunki, xazina torayib borayotganligi tabiiy hoi edi.
Yangi mavzuni bayon etish.
1. O'quvchilar diqqatini magnit taxtachaga yopishtirilgan «Mo' jizakor daraxt» maketiga qaratish. So'ng o'quvchilardan bittasini chiqarib, daraxtdan 1 ta olmani uzib olish kerakligi aytiladi. Olma maketining orqasida 3 raqami yozilgan bo'ladi, uni o'quvchi 3 soni ekanligini aytib beradi. O'qituvchi bu 3 raqami darslikning 36-betidagi 3-masalani og'zaki bajarib, rasm ostidagi misolni yechish kerakligini aytadi. 5 + 3 = 8; 8-5 = 3; 8-3 = 5. Yana bir o'quvchini doskaga chiqarib, daraxtdan yana bitta olmani uzib olish kerakligi aytiladi. Olmani uzib olgan o'quvchi 4 raqami yozilganligini aytadi. O'qituvchi shu sahifadagi 8-misolni og'zaki yechish kerakligini aytadi:
Har bir misolning javobini to'g'ri topgan o'quvchi, olmani yeya olishga muyassar bo'ladi deb o'quvchilar rag'batlantiriladi.
O'quvchilardan yana bittasi chiqib 6 raqami yozilgan olmani uzib oladi, unda esa choynaklarni taqqoslashga doir misollar berilgan, ular bo'sh katak o'rniga >, <, = belgilarini qo'yib bajarishlari lozim. 8 > 7; 7 = 7; 7 < 8; 8 = 8. Yana bir o'quvchi chiqib, daraxtdan 1 ta olmani oladi, unda 7 raqami yozilgan
bo'ladi. O'qituvchi 9-misolda geometrik shakllar berilganligi, uni bar birini tasvirlab berishlari kerakligini aytadi.
Daftar bilan ishlash.
«Matematika daftari»ning 26-betidagi vazifani bajarish.
Darsni yakunlash.
Oldingi o'tilgan «Bog'da» nomli hikoyaning davomi bo'lgan «Mo'jizakor daraxt» noan'anaviy dars hisoblanib, dars davomida faol qatnashgan o'quvchilar baholab rag'batlantiriladi.
Uyga vazifa. Darslikning 35-betidagi 6-misol.