O’quv yili



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə45/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,24 Mb.
#207513
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80
1-Sinf Matematika (I-chorak)

Darsning borishiIngliz tilini o’rganamiz:Good-yaxshi, Great!-zo’r.
Yangi gaplar:My name is Jasur.-Mening ismim Jasur
I. Darsni tashkil etish.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
1. O‘quvchilarning sonlar qatori haqidagi bilimlarini mustahkamlash (7 soni qaysi sondan keyin keladi?).
2. Quyidagi she’rni yodlatish:
Boshga tutib soyabon,Hisob-kitobga do‘stlar,
Belbog‘cha bog‘laganman.O‘zimni chog‘laganman.
III. Yangi mavzu ustida ishlash. 1-8 sonlar ketma-ketligini to‘g‘ri va teskari tartibda sanash. 7 sonidan keyin 8 soni kelishini tushuntirish, 8 soni bilan tanishtirish.
IV. Darslik bilan ishlash.Darslikning 26-betidagi rasmga qarab suhbat o‘tkazish. O‘quvchilarni faollashtirish maqsadida bolalarning har biriga ism qo‘yib, alohida-alohida gaplar tuziladi. Shunda olma bog‘i haqida sonlar qatnashgan kichik hikoya hosil bo‘ladi. 4 ta qiz bola, 4 ta o‘g‘il bola bog‘da ishlayotgan bo‘lsa, hammasi bo‘lib 8 ta tovuq borligini sanab, aytib berishlari lozim. 8 juft son bo‘lib, 7 dan keyin kelishi tushuntiriladi.
V.Daftar bilan ishlash. 8 sonini yozish jarayonida o‘quv-chilarning og‘zaki va yozma nutqi sanash bilan mustahkam-lanadi. Arifmetik amallar bajarishning yozuv qoidalari mustahkamlanadi. Bo‘sh kataklarda mustaqil arifmetik amallar bajariladi.8 sonining yozilishi tushuntiriladi, doskada yozib ko‘rsatiladi. Ruchka ushlash qoidasini eslatib, daftarga yozish mashq qildiriladi.
VI. Darsni yakunlash. Faol o‘quvchilarni rag‘batlantirish.
VII. Uyga vazifa. 8 sonini yozib kelish.

Fan:Matematika


Sana:_____ ____________20__yil.
25.Mavzu: :8 SONI ICHIDA QO’SHISH VA AYIRISH
Darsning ta'limiy maqsadi:
O'quvchilarni 8 soni ichida misol, masala yechish bo'yicha bilimlarini mustahkamlash, 8 sonining tarkibi va 8 soni ichidagi sonlarni taqqoslashga o'rgatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
Mavzuning mohiyatini yoritishda yangi texnologiya usullaridan noan'anaviy dars tashkil etish orqali o'quvchilarda hozirjavoblik fazilatini tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O'quvchilarni 8 soni ichida egallagan bilimlarini mustahkam­lash orqali faolligini oshirib borish, mevalarning inson salomatligi uchun ahamiyati kattaligini his eta bilish fazilatini o'stirish.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin