Darsning borishi:Ingliz tilini o’rganamiz:I am OK.-Hammasi joyida.Yangi gaplar:So-so-Yomon emas. a)O'quvchilar diqqatini darsga jalb etish.
b)O'tilgan mavzuni mustahkamlash.
D) «Doiraviymisollar» o'yininio'tkazish.
1+2=?
3 –
1 = ?
2 + 3 = ?
5 +1= ?
6
-3= ?
O'qituvchi bu o'yinning qoidasi bilan tanishtiradi. 1 bilan 2 ning yig'indisi 3 hosil bo'ladi; 3 bilan 1 ning ayirmasi 2; 2 bilan 3 ning yig'indisi 5; 5 bilan 1 ning yig'indisi 6; 6 bilan 3 ning ayirmasi 3 hosil bo'ladi.
Bu nima uchun doiraviy misollar deb ataladi?
Chunki bu misollarning birini javobi ikkinchisining bosh- lanishi ekanligi ko'rinib turibdi. Bu, doiraviy misol deb atalishining ham boisi shunda.
Yangi mavzuni bayon etish. 1. O'quvchilarning diqqatini darslikning 24-betidagi mavzuga qaratish. 7 soni 6 sonidan keyin kelishini sonli kartochkalar yordamida tushuntirish.
7 soni 6 sonining orqa qo'shnisi, u 6 dan 1 ta ortiq bo'lgan son. 6 bilan 1 ning yig'indisidan 7 hosil bo'lishini tushuntirish.
000000+0 6+1 = 7
7 hosil qilish uchun 5 bilan 2; 3 bilan 4; 2 bilan 5 deb olish mumkin. Yana 7 hosil qilish uchun nima ish qilish mumkinligini o'quvchilarga toptirish.
2-misol.Misollarni eslab qoling.
5+1=6 6+1=7 7-6=1 6-1=5 1+6=7 7-1=6 3-misolni og'zaki bajarish, bo'sh kataklarga mos son qo'yib, misollarni o'qitish.
3,4,5 4,5,6 5,6,7 4-misol.Katta yoki kichik yoki barobar belgisini qo’yadilar. 5-misolda, vagonlarga yozilgan misollarni o'qitib, javobini toptirish.
Har bir vagonga yozilgan misollarni to'g'ri o'qib, javobini topib, aytib berishlari kerak. Ya'ni 7 bilan 5 ning ayirmasi 2; 2 bilan 4ning yig'indisi 6; 6 bilan 3 ning ayirmasi 3; 3 bilan 2 ning yig'indisi 5; 5 bilan 3 ning ayirmasi 2; 2 bilan 5 ning yig'indisi 7; 7 bilan 6 ning ayirmasi 1 ekan. Partalari ustida turgan geometrik shakllardan parovoz, vagonchalarni bir tizimga qo'yib yasattirish mumkin. Bu amaliy mashg'ulot 7 soni haqida egallagan bilimlarini puxtalashga yordam beradi.
4 -misolni ham amaliy mashg'ulot orqali tushuntiriladi.
Ular nima uchun shunday deb nom olgan? Shakllarning har bir tomonini sanab, to'g'riligiga iqror bo'lishga o'rgatish.
So'ng, bu shakllarni sanoq cho'plar yordamida ham yasash mumkinligini tushuntirish (amaliy mashg'ulot o'tkazish).
Daftar bilan ishlash.
«Matematika daftari»ning 23-betidagi topshiriqni bajarish haqida tushuncha beriladi. Ya'ni 7 sonining yozilishi doskada ko'rsatib beriladi;
7 sonini havoda yozib mashq qilish, so'ng daftarda yozdirish.
Darsni yakunlash.
O'quvchilar bilimini baholash, faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirish.
Uyga vazifa.7 sonidan yozib kelish.
Fan:Matematika
Sana:_____ ____________20__yil.
23.Mavzu: :7 SONIICHIDA QO’SHISH VA AYIRISH Darsning maqsadi:
7 sonining hosil bo'lishi va uning belgilanishi haqida bolalar egallagan bilimlarini mustahkamlash;
o'rganilgan sonlarni taqqoslashga o'rgatish:
sonlar tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish;