Darsning borishi:Ingliz tilini o’rganamiz:So-so-Yomon emas.Yangi gaplar: Good-yaxshi, Great!-zo’r. II. O'tilganlarni mustahkamlash maqsadida «Koinotga uchamiz» o'yinini tashkil etish. O'qituvchi o'yin qoidasi bilan tanishtiradi. O'yin quyidagicha o'tkaziladi: ko'krak oldidan qo'ini asta-sekin yuqoriga harakatlantirib, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 deb bosh qismgacha olib chiqiladi, so'ng biz koinotga yetib keldik, endi bizga pastdan qo'ng'iroq bo'layapti, demak, yerga qo'nishimiz kerak ekan, — deb bosh qismdan qo'ini ko'krak tomonga, ya'ni pastga harakatlantirib, 10, 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1 deymiz. Bu o'yin jarayonida o'quvchilar 10 soni ichida to'g'ri va teskari sanashni yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bu sonlar orasidan 7 raqamigacha yozishni o'rganganimizni ta'kidlaymiz.
Yangi mavzuni bayon etish. Darslik bilan ishlash.
1. Biz oldingi darsda 7 soni bilan tanishgan edik, bugun biz ana shu 7 soni ustida egallagan bilimimizni mustahkamlaymiz. O'qituvchi tandirda pishgan issiq nonni ko'rsatib: kim darsda faol qatnashsa, bir burda nonni yeyishga muyassar bo'ladi, deb o'quv chilarni qiziqtirishi kerak. Buning uchun o'quvchilar diqqatini darslikning 25-betidagi rasmga qaratamiz. O'quvchilarni non haqidagi bilimlarini aniqlash maqsadida quyidagi savol-javobdan foydalanamiz (rasmni magnit taxtasiga yopishtirib qo'yish uchun kattalashtiriladi).
Rasmda kimlarni ko'rayapsiz? Ularga ism qo'yib, gapirib bering.
Mastura aya tandirda non yopayapti, onasiga o'g'illari Aziz, Akbar, Avaz yordam berishyapti.
Aziz nima olib kelyapti?
Aziz tandirni qizdirish uchun o'tin olib kelyapti.
Akbar bilan Avaz nima qilyapti? Nonlarni sanang.
O 'quvchilar: — «Ular nonni dasturxonga qo'yishayapti. Dastur-
xonda 5 ta non bo'lsa, Akbar bilan Avaz bittadan non qo'ysa, 7 ta non bor ekan», deb javob beradilar.
Mastura aya tandirdan uzayotgan nonini savatga qo'ysa, nonlar nechta bo'ladi? Savatdagi nonlarni sanang.
Savatda 6 ta non bor edi, Mastura aya tandirdan uzayotgan nonini savatga solsa, hamma nonlar 7 ta bo'lar ekan, deb javob beradilar.
Sinfdagi o'quvchilardan birini ona, 3 ta o'quvchini o'g'illari qilib, rollarga bo'lib ijro etish bu mavzuni yoritish uchun yaxshi samara beradi. Shunday qilib, kichik hikoya tuzish orqali ham onalarning mehnati, nonning kelib chiqish tarixi, 7 soni haqida egallagan bilimlari puxtalab boriladi.
Non rizqu ro'zimiz, uni hech qachon nobud qilmasligimiz kerak, onalar mehnatini qadrlashimiz kerak, deb mehnat qilishga da'vat etamiz. So'ng «Non nashidasi» qo'shig'ini kuylaymiz:
Non yopganda, non yopganda, Kulcha juda mazali,
Mening oyim, mening oyim, Sedanali, jizzali.
Kichik kulcha, kichik kulcha, Yegan sarim yegim kelar,
Yopar doim, yopar doim. Rahmat, oyi, degim kelar.
Maqollardan toptirish va uni hayotga tatbiq etish kerakligi tushuntiriladi. «Nonning o'zi ham non, uvog'i ham non»...
2. 8-misolni yozma ravishda bajarishga o'rgatish.
3+4=7 7-4=3 1+6=7 6+1=7 4+3=7 7-3=4 6-1=5 5+2=7 3. 9-misolni og'zaki bajarish uchun o'quvchilar e'tiborini rasmga qaratamiz.
Qanday mashinani ko'ryapsiz? Nomini ayting.«Matiz».
Yana qanaqa mashinalar bor? Nomini ayting.
Bu misollarni bajarish uchun mashinalarning rangiga qarab o'quvchilarga bo'lib beriladi, o'quvchilarni faollashtirish uchun qaysi rangdagi mashina manzilga birinchi bo'lib yetib kelar ekan?
(Magnit taxtachaga mashinalar rasmini yopishtirib qo'yish mumkin.)
Dilshod ikkinchi mashina turgan joyga yetib olishi uchun
6 + 1 = 7 , deb javob berishi kerak, Fazliddin uchinchi mashina
turgan joyga yetib olishi uchun 7-2 = 5 , deb aytishi kerak,
Jahongir to'rtinchi mashinaga yetib olishi uchun 5 + 1 = 6 , deb
aytsa, Bahodir esa beshinchi mashinaga yetib olish uchun
6-4 = 2 , deb javob beradi, nihoyat, beshinchi mashina birinchi mashinaga yetib olishi uchun 2 + 4 = 6, deb javob berishi lozim. O'yinni shu tariqa 3—4 marta takrorlash mumkin. Bu o'yinni boshqacharoq o'tkazish uchun ko'kraklariga mashinaning rasmini yopishtirib qo'yib, mashina bo'lib ovoz chiqarib harakatlanadilar, albatta, yo'l harakati qoidalariga rioya qilish kerakligi uqtiriladi. (Mashina rasmini chizdirish mumkin.)
Daftar bilan ishlash.«Matematika daftari»ning 24-betidagi vazifani bajarish.
Darsni yakunlash.O'quvchilar bilimini baholash, dars davomida faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirish.