Darsning maqsadi: songa birni qo'shish va sondan birni ayirish haqida egallagan bilimlarin imustahkamlash, Songa birni qo'shish va ayirish to'g'risida bilim berish.
Tarbiyaviy: a) o'quvchilarni matematika fanini borliqdagi narsalar bilan bog'lay olishga o'rgatish;
b) har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish. o’quvchilar sonlarni qo’shish bilishlari kundalik hayotda hisob – kitoblarni mustaqil bajara olishlari uchun juda zarur.
Metod: Ma’ruza, blits – so’rovlardan foydalanish,taqdimot, suhbat, tushuntirish, bahs- munozara.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Darsning texnologik xaritasi