30-bilet biologiya
Ishning maqsadi. Amilazaning kraxmalga ta’sirini o'rganish.
Kerakli jihozlar. Probirka, suv, yod, don maysasi.
Amilaza fermenti kraxmalni shakargacha parchalaydi. Amila za fermenti unayotgan donlarning
tarkibida va odam so'lagida ko'p
bo'ladi. Shuning uchun ferment shirasini unayotgan don maysalari dan (sumalakni eslang) yoki
so'lakdan tayyorlash mumkin. Buning
uchun og'izni bir-ikki ho'plam suv bilan yaxshilab chayqaymiz, so'ng bir ho'plam suvni 2-3
daqiqa davomida og'izda ushlabturiladi va
bo'sh stakanga solinadi. Shu yo'l bilan
tayyorlangan so'lak eritma si amilaza
fermenti
shirasi
hisoblanadi. Tajriba
uchun yana yodning 1 % li va kraxmalning 0,5
% li eritmasi tayyorlanadi.
Ishning borishi.
". Ikkita
quruq probirka olamiz. 2. Birinchi
pro
birkaga
1-
2
ml
suv
va 1-2 ml
kraxmal eritmasi quyiladi va yaxshilab
aralashtiriladi. Uning ustiga 1 tomchi yod tomiziladi. Ko'k rang hosil bo'ladi. 3. Ikkinchi
probirkaga 1 -2 ml amilaza fermenti shirasidan va 1 -2 ml kraxmal eritmasidan quyamiz va 5
daqiqa o'tgandan keyin 1 tomchi yod tomiziladi. Bunda probirkada ko'k rang emas, balki
qizg'ish yoki sariq rang paydo bo'ladi. Bu kraxmalni ferment ta’sirida parchalanganidan darak
beradi.
29-
bilet biologiya
1)DNK molekulasi ikki
zanjirdan tuzilgan
qo'sh
spiral bo'lgani
uchun
uning sintezi
shu qo'sh
spiralni yaratishdan iborat. Bu zanjirlar bir-biriga to'la komplementar, ya’ni
biri ikkinchisini to'ldirib turadi. DNK molekulasining sintezi uning
boshlang'ich qo'sh zanjirining ikkita alohida zanjirlarga ajralishiga
va ular har birining strukturasiga mos ikkinchi zanjir yaratilishiga
asoslangan. DNK zanjirlarini bir-biridan ajratuvchi alohida ferment
mavjud bo'lib, bu ferment DNK molekulasida asta siljib, birin-ke tin nukleotidlar orasidagi
kuchsiz vodorod bog'larini uzadi. Boshqa
ferment esa har bir alohida zanjir bo'ylab harakatlanishi davomida
eski zanjir nukleotidlarga komplementar bo'lgan yangi zanjir nuk leotidlarni ulaydi.
Demak, yangi sintezlangan DNK ikki zanjirli duragay molekula bo'lib, uning bitta zanjiri eski,
ikkinchisi esa yangidir. Bu jarayonda bir zanjirdagi adenin A qarshisida ikkinchi zanjirda timin
T, guanin
G qarshisida
sitozin C va aksincha, joylashadi. DNK molekulasining ikki hissa
ortishiga DNK replikatsiyasi deyiladi.
2)
Jinssiz ko'payish. Jinssiz ko'payish tirik tabiatda o'simliklar va hayvonlar orasida keng
tarqalgan. Jinssiz ko'payishda ona organizmidagi bitta yoki bir nechta
somatik hujayralar
guruhidan yangi organizm rivojlanadi. Ko'pchilik bir hujayrali organizmlar jinssiz yo'l bilan
ko'payadi. Bir hujayrali organizmlarning bo'linib
ko'payishini quyidagi xillarga ajratish mumkin.1. Ikkiga bo'linish;2. Shizogoniya - ko'p
bo'laklarga bo'linish.;3. Kurtaklanib ko'payish;Sporalar hosil qilib ko'payish,;Ko'p hujayralilarda
jinssiz ko'payish usullari mavjud bo'lib uni quyidagi xillarga ajratish mumkin:
1. Vegetativ ko'payish;2. Kurtaklanib ko'payish;3. Bo'linib ko'payish; Sporalar orqali ko'payish.
Telegram: @imtihonlar_kanali_uz Bot: @imtihonuzb_bot
Telegram: @imtihonlar_kanali_uz Bot: @imtihonuzb_bot
3)
hammasi sog
1
bo'ladi.