O‘quvchilar nutqini o‘stirish metodikasi



Yüklə 117,5 Kb.
səhifə4/7
tarix02.06.2023
ölçüsü117,5 Kb.
#122230
1   2   3   4   5   6   7
O‘quvchilar nutqini o‘stirish metodikasi

5. Nutq tushunarli bo’lsin. Og’zaki nutq eshituvchiga, yozma
nutq esa uni o’quvchiga tushunarli bo’lishi zarur. So’zlovchi yoki yozuvchi nutqini eshituvchining yoki o’quvchining imkoniyatini, qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa, uni hamma birdek, hech qiyinchiliksiz tushunadi.
6. Nutq ifodali bo’lsin. Agar nutq ifodali, ya’ni jonli,
chiroyli, ishontiradigan bo’lsa, eshituvchiga yoki o’quvchiga ta’sir etadi. Og’zaki nutq eshituvchiga intonatsiya orqali ta’sir etsa, og’zaki nutq ham, yozma nutq ham tinglovchi va o’quvchiga hikoyaning umumiy ruhi, dalillar, tanlangan so’zlar, ularning emotsionalligi, tuzilgan jumla, iboralar yordamida ta’sir etadi. Nutqning tushunarli va ifodali bo’lishi har qanday shevaga xos va ortiqcha so’zlardan sof bo’lishini taqozo etadi.
7. Nutq to’g’ri bo’lsin. Maktab uchun nutqning adabiy til me’yorlariga mos va to’g’ri bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Yozma nutq grammatika, imlo va punktuatsiya jihatidan, og’zaki nutq esa orfoepik jihatdan to’g’ri tuzilishi talab etiladi. Nutqning to’g’ri bo’lishi uchun so’z tanlash va nutq logikasi katta ahamiyatga ega.
Yuqorida sanab o’tilgan talablar o’zaro bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, maktab ishlari tizimida kompleks ravishda amalga oshiriladi.


Nutq − o’quvchilar tafakkurini o’stirishdagi
muhim vosita

Nutq fikrni bayon etish vositasi bo’libgina kolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o’stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o’stirish mumkin. SHuning uchun o’quvchilar nutqini o’stirishda materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash, joylashtirish va mantiqiy fikrlashga yo’naltiradigan ish turlariga katta ahamiyat beriladi.


Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina, muvaffaqiyatli o’sadi. Tushuncha so’zlar yoki so’z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, u til vositasi bo’lgan so’zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so’z (so’z birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo’ladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi. «Nutq tafakkur bilan chambarchas bog’langandir. Nutq bo’lmasa, tafakkur ham bo’lmaydi, til materiali bo’lmasa, fikrni ifodalab berib bo’lmaydi»2.
Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo’lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug’at tarkibini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o’stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, dalillar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o’rganishning muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi. Nutqdan o’quvchi fikriy rivojining asosiy o’lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O’quvchining barcha o’quv predmetlaridan materialni o’zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanish haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni o’quvchi o’z nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaraladi.
SHunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo’lmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, nutqning o’sishi fikrni shakllantirishga yordam beradi, takomillashtiradi.
Nutq deganda so’zlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi. Aslida - chi, nutq – bu insonnning eng oliy, murakkab, ruhiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Odamning ijtimoiy mehnat jarayonida kishilar o’rtasida o’zaro fikr almashinuv vositasi sifatida vujudga kelgan spetsifik funksiyasi. Inson tashqi olamdagi predmetlar va hodisalarni sezgi organlari yordamida va nut vositasida idrok etadi. So’z signalizatsiyasi, ya’ni nutq tufayli odam borliqni umuman, fikran idrok etishi mumkin. Nutq organlari, odam organizmining nutq tovushlari hosil bo’lishida qatnashadigan turli qismlari. Aktiv nutq organlariga til, lab, yumshoq tanglay, passiv nutq organlariga esa tishlar, qattiq tanglay, burun bo’shlig’i kiradi.
Nutqning tashqi va ichki, og’zaki va yozma turlari bor. Tashqi nutq asosan aloqa bog’lash maqsadlariga xizmat qiladi, shuning uchun u tinglovchilarga tushunarli qilib tuziladi. So’zlanmaydigan va yozmaydigan ichki nutq, ya’ni o’zi uchun bo’lgan nutq ong? O’zini bilish, tafakkur jarayonlarida g’oyat muhim ro’l o’ynaydi. Yozma nutq (xat yozish va o’qish) funksional jihatdan ichki nutq (yozilajak narsani ichida inchirlash, tovush chiqarmasdan o’qish) bilan chambarchas bog’liqdir.
Ma’lumki, so’zlashuv tili nutq o’stirishning dastlabki boshqichi hisoblanib, u asta-sekin takomillashib boradi. So’zlashuv tili esa o’qilgan matnlarni og’zaki hikoya qilishda namoyon bo’ladi. So’zlashuvga o’rganish barcha darslar jarayonida amalga oshadi, lekin o’qish darslari yetakchi ahamiyat kasb etishi kerak. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga ma’naviy kamolot ona tili orqali mujassamlashadi. Ona tili, shu jumladan, o’qish nutq o’stirish ta’lim – tarbiya jarayonidagi eng muhim vositalardandir.
O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarini me’yorlashda, ularning mutanosibligini ta’minlashda, milliy tilning tabiati va o’ziga xos xususiyatini belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya’ni qiroat bilan o’qishning amaliy ahamiyatini o’stirish, adabiy til me’yori va mezonlariga rioya qilish, o’qish, o’qish metodlarini takomillashhtirish yo’llarini izlash va eng qulaylarini amaliyotga tatbiq qilish zarur.
Adabiy til tushunchasi keng qamrovli, ko’p qirrali hodisadir. Adabiy til taraqqiyoti barqarorligini ta’minlashda bolalarning yoshlikdan nutq madaniyatlarini tarkib toptirish va tarbiyalash lozim.
Til qonunlarning ta’limga tatbiqi munosabati bilan bolalarni o’qishga o’rgatishdagi usullarni to’g’ri qo’llashi (ko’rgazmalilik, tarqatib berilgan topshiriqli qog’ozlar bilan ishlash yo’llarini bilish) usullari takomillashtiriladi.

O’quvchilarning bilish faoliyatlarining o’ziga xos taraqqiy etishini hisobga olish, ayniqsa, ularning ruhiy, fiziologik xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan ishlarga yetarli ahamiyat qilish lozim. Ularga nisbatan e’tiborni kuchaytirish, mehrli va hamisha shirinsuxan bo’lish zarur.


Bola shaxsi pedagogik va psixologik nuqtayi nazardan juda nozik his-tuyg’ularga boy bo’lib, o’qituvchi ana shu tuyg’ularni ilg’ashi. Bola ruhiyatini ko’rsatishi, ta’lim jarayonida insonparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor berishi zarur.

O’qituvchining turli fanlarni o’qitishdan maqsadi o’quvchilarning nutq madaniyatini, nutq ko’nikmalrini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi masalalarni o’z ichiga oladi. O’qituvchi nutqi o’quvchilar uchun namunadir. O’quvchilarning nutqi ravon, tushunarli bo’lishi uchun eng avvalo uning nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga e’tibor berih zarur.Nutq ichki va tashqi ko’rinishiga ega. Ichki nutq odamning o’z ichiga gapiradigan passiv nutqi bo’lib, u ikinchi kishining ishtirokini talab qilmaydi. Shuning uchun bu nutq o’z – o’ziga qaratilgan sanaladi, uni nazorat qilib bo’lmaydi. Ichki nutq og’zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Tashqi nutq boshqlarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo’lgan faol nutq bo’lib, u og’zaki va yozma ko’rinishiga ega.


Yozma nutqning og’izaki nutqdan yana bir farqi shuki, yozma nutqni ko’ramiz va o’qiymiz. Yozma nutqning muvaffaqiyatli chiqishi uchun yig’ilgan materialni sistemalashtirish, reja tuzish, ishning homaki nusxasini tayyorlash, matn ustida qayta ishlab takomillashtirish va oqqa ko’chirish zarur. To’g’ri va ifodali gapirish har bir o’qimishli kishi uchun hayotiy zaruriyat bo’lib qolgan hozirgi davrda o’quvchilarning nutqini o’stirish muammosi o’quv-tarbiya tizimining eng dolzarb masalalaridan biri deb qaralmog’i kerak. Shuning uchun ham olimlar K.B. Barxin, B.I. Sokolov M.A. Ribnikova vaboshqalarning metodik asarlarida o’quvchilarning og’izaki va yozma nutqini o’zaro muvofiq holda o’stirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Olimlar tomonidan maktabda o’qitish jarayonida ro’y berayotgan quyidagi kamchiliklar tanqid qilinadi:
1. O’qituvchilarning ko’pchiligi og’zaki nutqning hayotiy ahamiyatini hali ham yetarli tushunmayaptilar. Shuning uchun ular maktab maxsus og’zaki nutq o’stirish mashqlari o’tkazishga muhtoj emas, deb hisoblab xato qilmoqdalar. Bunday o’qituvchilar, o’quvchi mukammal, bexato yozishni o’rganib borsa, ularning nutqi o’z-o’zidan o’sib boradi, deb hisoblab amalda og’zaki va yozma nutqning aloqadorligini unutib qo’yadilar.
2. O’quvchilarning nutqi mazmun juhatdan nihoyatda kambag’al va qator kamchiliklarga ega. Chunki yuqori sinflarda o’qituvchi nutq masalasiga e’tibor bermaydi.
Shuning uchun o’qitish jarayonida o’quvchilar nutqiy tafakkurni o’stirish, nutq madaniyatini shakllantirish uchun o’qituvchilarga quyidagi tavsiyalardan foydalanish joiz deb hisob hisoblayman:
1. Har bir o’qituvchi o’quvchi nutqini o’stirishga mo’jallangan xilma – xil metodik shakl va usullarni foydalanishi.
2. O’quvchilar uchun og’zaki nutqini o’stirishga mo’jallangan mashqlar tizimini tashkil qilish.
3. O’quvchilar og’zaki nutqni o’stirishga mo’jallangan mashqlar tizimida monologik va dialogik nutq ko’nikmasini hosil qilish.
Endilikda nutq odobi, nutqiy mahorat, notiqlik, notiqlik mahorati maktablar hayotidan keng o’rin olmog’i lozim. Ayniqsa, o’qituvchining nutqida ifodalilik yetarli bo’lsa, albatta, bunday nutq bolalar nutqiga ham ta’sir etadi. Muloqot madaniyatining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni, kishilar o’rtasidagi tinchlik va osoyishtalikning eng muhim tamal toshi ekanligi avvaldan ma’lum. Zero, barcha ma’naviy axloqiy fazilatlarning poydevori, tushunchalari, ko’nikmalri bolalikdan tarkib toptirilsagina, bu poydevor barqaror bo’ladi. Ma’naviy axloqiy fazilatlar tarkibida nutq, muloqot, munosabat madaniyati alohida o’rin tutadi. O’quvchilarda nutqiy munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli kattadir. Bu o’qituvchining erkin va aniq – ravshan nutqi, o’quvhilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida nutq madaniyatini individual shakllantirih metodikasi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida nutq rivojining tarbiyasi individual uslubining haqiqiy shaxsiy xususiyatlarini o’rganish va o’quvchilar nutqining ravonligini rivojlantirish. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida nutqning o’sishini mustaqil tahlil qilish, o’zaro har tomonlama tavsifnomalar, o’qituvchining kuzatishlari asosida amalga oshadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari orasida nutq muomalasi haqida, ”Men boshqa kishilar bilan muomalada qandayman?” mavzusida suhbat o’tkazish.
2. Nutqiy muomaladagi kamchiliklarni aniqlash va ularni barham toptirish yuzasidan qilingan ishlar: uyatchanlikni, tortinchoqlikni, muomala uslubidagi salbiy holatlarni yengish.
3. Nutqda pedagog uchun muomalaning hissiy juhatdan qulay bo’lgan uslubini ishlab chiqishga doir topshiriqlar va ularni o’z-o’zini kuzatish ma’lumotlari bilan taqqoslash.

4.Nutqiy muomalada o’z individual uslubiy pedagogik muomalaning tarkibiy qismlarini egallash sohasidagi ishlar.


Tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda, o’quvchilar nutqining o’stirilishida pedagogik muomalaning juhatlari muhim rol o’ynaydi. Bu o’rinda, bir nechta bosqichlar ajratib ko’rsatiladi.

Yüklə 117,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin