O'quvchilarning ijodkorlik g'oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlari mobaynida dolzarb bo’lib kelgan muammolardan biri bu ekologiya, ya’ni atrofmuhitni muhofaza qilish masalasidir. Har qanday muammolami, jumladan, ekologik muammolarni hal qilishning eng samarali yechimiga ijodkorlik g’oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali erishish mumkin. Ma'Iumki, ijodkorlik deyilganda insonning borliqni bilish va o’zgartirishga qaratilgan ongli, maqsadga yo’naltirilgan taoliyati tushunilib, uning natijasida yangi, o'ziga xos, ilgari mavjud bo’lmagan moddiy va mahnaviy nchmatlar yaratishi anglaniladi. Ushbu tahrifda keltirilgan faoliyat turiga mos keluvchi yangi g'oyalarining samaradorligini baholashda quyidagi to'rtta asosiy tamoyilga amal qilinadi: g’oyaning ijtimoiy ahamiyati; ekologik xavfsizligi; texnik-iqtisodiy samaradorligi; kafolatlangan ishonchliligi. Keltirilgan tamoyillarning har biri o'z o'rnida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ijodkorlik g’oyasining ekologik xavfsizligi tamoyiliga muvofiq kelmasligi uning jamiyat amaliyotiga tatbiq qilinishida inkor etilishiga olib keladi, bu holat uning alohida dolzarblik kasb etishini tahkidlaydi. SHu sababli mazkur tamoyil quyidagi mezonlar asosida quriladi:
1. Yaratiladigan ijodkorlik g'oyasini amalda tatbiq qilishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy holatlar nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarga tahsiri nuqtai nazaridan ham tahlil etiladi.
2. Tashqi muhit, o’simliklar, hayvonlar dunyosi hamda insonlarga zararli moddalar, nurlanishlar va boshqa salbiy tahsirlarni baholashda ular umumiy yig'indi sifatida qaraladi, chunki ushbu tahsirlar bir - biriga kuchaytiruvchi tahsir ko’rsatadi. Baholash har bir salbiy tahsir ko’rsatishning mumkin bo’Igan eng yuqori natija asosida olib boriladi.
4. Yaratiladigan ijodkorlik g’oyasining salbiy ekologik tahsiri shartli olingan ko’rsatkichga nisbatan emas, balki uni qo'llashda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan barcha salbiy holatlar yig’indisiga nisbatan o’rganiladi.
5. Ijodkorlik g'oyasi asosida yaratiladigan texnika va texnologiyalarning ekologik ko’rsatkichlari nisbiy baholash tamoyiliga ko'ra amalga oshiriladi, ya'ni loyihalash jarayonida u xuddi shu vazifani bajaruvchi ekologik jihatdan eng yaxshi ko’rsatkichlarga ega bo'lgan, texnika yoki texnologiya namunasiga nisbatan o'rganiladi, sanoat ishlab chiqarishda esa almashtirilayotgan obyektning ekologik ko’rsatkichlariga nisbatan baholanadi.
6. Yaratilayotgan ijodkorlik g'oyasi asosida texnik yechimning ekologik xavfsizligini u tatblq etiladigan texnik tizimning ekologik xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi.
7. Yaratiladigan ijodkorlik g’oyasining texnik yechimini ishlab chiqishda salbiy tahsirlarning og’ir oqibatlari keltirib chiqaradigan eng yomon holatlari yig’indisi uning ekologik pasporti sifatida qaraladi.
Qarab chiqilgan ijodkorlik g’oyasining ekologik jihatdan keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan salbiy holatlari uning eng yuqori qiymatlari asosida o’rganiladi. Bu jihatdan olib qaralganda, yaratiladigan ijodkorlik g'oyalarining ekologiyaga ko'rsatadigan salbiy tahsirining minimal qiymatda bo’lishi ta'minlanadi. Ekologik xavfsizlik jihatidan ijodkorlik g’oyasi ishonchliligining eng maqbul ko’rsatkichini aniqlash ketma-ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Ijodkorlik g'oyasi ishonchliligi ko’rsatkichlari bilan uni amalga oshirishga sarflanadigan harajatlar o'rtasidagi bog'liqliklar topiladi.
2. Ishonchlilik ko’rsatkichlaridan kelib chiqqan holda texnik yechimlardan voz kechishning texnik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi.
3. Ishonchlilik ko’rsatkichlaridan kelib chiqqan holda texnik yechimlardan voz kechishning ekologik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi.
4. 1,2,3 ko'rsatkichlarning o’zaro aloqadorligi aniqlanadi.
5. Aniqlangan aloqadorlik eng kichik qiymati uchun mos ravishdagi ishonchlilik qiymati topiladi. U sarf-harajatlarning eng kichik miqdorini belgilashning maqbul varianti hisoblanadi. Yangi ijodkorlik g’oyasining ekologik samaradorligi ikki asosiy shakida namoyon bo’ladi. Ularning birinchisi alohida ishlab chiqarish resurslarining tejalishi, chiqindisiz texnologiyaning joriy etilishi, yuzaga keladigan chiqindi va ikkilamchi xom-ashyon zararli tahsirlarini bartaraf qilish yo’llarini ishlab chiqish bilan belgilansa, ekologik samaradorlikning ikkinchi shakli mavjud ishlab chiqarish vositalari yoki usullarining keltirayotgan zararini kamaytirish yo'llarini ishlab chiqish bilan belgilanadi. Har ikkala shakldagi ijodkorlik 29 yechimlarini joriy qilishda uning ekologik zahirasi degan baholash mezoniga asoslanadi. Ekologik zahira ijodkorlik texnik yechimini tatbiq qilishda erishish mumkin bo’lgan eng oliy ekologik samara bilan amalda erishilgan ekologik samaradorlik o’rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi. Mazkur ekologik zahira ijodkorlik g'oyasining ekologik pasporti uchun asos vazifasini o'taydi. Ijodkorlik g'oyasining ekologik pasporti texnik yechimlar muqobil variantlarini ularning ekologik jihatdan nomukammalligini baholashda aniq mezonga tayanib ish ko'rilishini ta'minlaydi. Shuningdek, ijodkorlik g'oyasining ekologik samaradorligini aniqlash uning ijtimoiy qiminatini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Ijodkorlik g'oyasini amalda qo’llashining ekologik pasporti uni ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilishda yuz berishi mumkin bo'lgan ekologik jihatdan zararli hodisalarning mos ravishdagi shartli chegaraviy texnikiqtisodiy ko'rsatgichlarning qiymatlariga asoslanadi. U turli maqsadlarda foydalaniladigan ijodkorlik g’oyalari har xil ko’rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishda, ekologik xavfsizlik mezonlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ijodkorlik g'oyasini qo'llashning shartli ekologik pasporti sifatida amalda eng yaxshi texnik yechimlarga erishgan ekologik natijalari olinishi mumkin. Ijodkorlik yechimining ekologik pasportini ishlab chiqishda organoleptik, ijtimoiy, texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash, texnologiyaning chegaraviy samaradorlik ko’lami ko’rsatkichini hisoblash kabi uslublardan keng foydalaniladi. Har bir uslubni qo'llashning tor ixtisoslikdagi holatlari ham mavjud, biroq umumiy holatlarda keltirilgan uslublar tizimi yaxlit majmua sifatida qo’llaniladi. Shunday qilib, ijodkorlik g'oyalarining xavfsizlik mezonlari ham uning asosida ijodkorlik g’oyasi ekologik pasportini ishlab chiqilishi mazmunining tahlili natijalariga ko'ra quyidagi xulosalarni keltirish mumkin: - ekologik muammolarni hal qilishda ijodkorlik g'oyalari asosida yaratiladigan yangi texnika va texnologiyalar asosiy omillardan biri hisoblanadi; ishlab chiqilayotgan ijodkorlik g'oyalari baholash mezonlari ulaming ekologik jihatdan keng qamrovli tahlil qilinishini, bunda uning nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlarga ham ko'rsatadigan tahsirlari o'rganilishini texnik yechimlarning zararli tahsirlarini tamoman bartaraf etadi; ijodkorlik g'oyalarining ekologik xavfsizligini ta'minlash mezonlari haqqoniy baholash ko’rsatkichlariga asoslanganligi va kishilik jamiyatining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli ularni barcha texnik-texnologik jarayonlar ekologik ko’rsatkichlarini baholashda tavsiya qilishga imkon beradi.
Texnik ijodkorlik jarayonida axborot texnologiyalaridanfoydalanish. Bizning asrimiz fan-texnika yutuqlarining mislsiz darajada taraqqiy etishi, hamda bu taraqqiyot natijalarining oddiy insonlar hayotiga juda qisqa muddatlarda keng kirib kelayotganligi bilan tavsiflanadi. Mana shunday taraqqiyot omillaridan biri bu, shubhasiz, yangi axborot texnologiyalaridir. Bugungi kunda hayotimizning hech bir sohasini, jumladan, ta'lim tizimini ham yangi axborot texnologiyalari hamda uning asosi bo'lgan kompyuterlarsiz tasawur etib bo’lmaydi. Axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug'ullanuvchi texnologiyalarni kompyuterlar asosida joriy etish, ya’ni belgilangan faoliyat turini amalga oshiruvchi kompyuter va unda joriy etilgan dasturiy ta'minotni yuritish majmuasi axborot texnolopivasi deb yuritiladi. Axborotlar davri hisoblangan bugungi kunda tarixda birinchi marotaba insoniyat faoliyatining ko’plab sohalari moddiy buyumlar bilan emas, balki axborotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lmoqda. SHu sababli, bugungi kunda yoshlami axborot davrida yashash va ishlashga o’rgatish, ularda axborotlarni yig'ish, tartibga solish va tahlil qilish, uni uzatish ko’nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bular o’z navbatida talabalarning turli qobiliyatlari qatorida ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirishda ham muhim asos vazifasini o’taydi, chunki har qanday yangi g'oyani taklif qilishdan oldin qaralayotgan sohani batafsil o'rganib chiqish, yangi axborotlarni topish va uni tavsiya etilayotgan yechim bilan bog'lashni o'rganish lozim bo’Iadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun albatta oddiy inson xotirasida saqlab bo’lmaydigan darajada katta hajmdagi axborotlami qayta ishlash talab etiladi. Yangi axborot texnologiyasi imkoniyatlari ushbu muammoni avtomatlashgan o'quv-axborot tizimlari, bilimlar banki va Ma'luniotlar banklari vositasida oson va samarali hal qilish imkoniyatlarini yaratadi. Shu munosabat bilan keyingi paytda respublikamizda bu sohaga e'tibor kuchayib bormoqda, keyingi besh yil mobaynida mavjud kompyuterlar parki bo’yicha vatanimiz jahon ko’rsatkichlariga yaqiniashib qoldi. Biroq, ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnikalarini, jumladan, shaxsiy kompyuterlarning qo'llanishi uchun zarur nazariy va amaliy, ilmiy-metodik asoslarning ishlab chiqilmaganligi ayniqsa ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan bog'liq qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Hozirgi paytda o'quv dasturlariga xalq xo'jaligida yangi axborot texnologiyalari va kompyuter texnikalarining qo’llanilish sohalari bilan tanishtiruvchi ko'plab fanlar kiritilgan. Ularni o’zlashtirish davomida talabalar kompyuterlarning ta'lim, iqtisod va muhandislik ishlarida qo’llanilishi, matematik modellashtirish, avtomatlashgan o’quv-axborot tizimlari hamda ish o’rinlarida foydalanish tartibi, mehnat tavsifi va unumdorligini oshirishdagi ahamiyati bilan tanishadilar. Bunda talabalar mehnat va kasb ta'limi o’qituvchisi faoliyatida kompyuterlarni qo’llash tartibini ma’lum mahnoda o’zlashtirsalarda, uni bugungi kun talabi darajasida deb bo’lmaydi, zéro u "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish uchun yetarli emas. Demak, talabalarni yangi axborot texnologiyalari bilan ishlash bilim va ko'nikmalarini jahon talablari darajasiga ko'tarish uchun o'quv dasturidagi fanlar bilan birgalikda oliy o’quv yurtlaridagi barcha ta’lim shakllari, jumladan, talabalar konstruktorlik byurolaridan ham samarali foydalanish kerak. Bu o’rinda hal etilishi lozim bo’lgan asosiy vazifa yangi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo’llashning didaktik imkoniyat va shakllarini aniqlab olishdan iborat Ixtirochilik ijodkorligini amalga oshirishda kompyuteriami qo'llashning shakl va usullarini belgilashda, awalo ular yordamida talabaning ixtiro qilishni emas, balki yangi texnik yechimni yaratishdagi axborotlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish va uni amalga oshirishning samarali yo’llarini ishlab chiqishda foydalanishni e'tiborga olish lozim. Bundan kelib chiqqan holda ixtirochilik ijodkorligini takomillashtirishdagi vazifalar tahlili asosida, bu jarayonda kompyuteriami qo'llashning quyidagi asosiy yo’nalishlarga amal qilinadi:
1. Ta'lim jarayonini aniq masalalarini hal qilishga yordam beruvchi didaktik vosita sifatida.
2. Talabalar ilmiy-texnik ijodkorligining axborot bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita sifatida.
3. O’qituvchilarni tayyorlashda politexnik yo’nalishni amalga oshirishni ta’minlovchi vosita sifatida. Ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishning asosi sifatida kompyuterlar vositasida amalga oshiriladigan dasturiashtirilgan ta’lim metodidan foydalandik.
Bunga ko’ra talabalar ixtirochilik ijodkorligiga oid bilimlarini kompyuter axborot kadrlari orqali o’rganadilar va operatsion kadrlar vositasida sinab ko’radilar. Dasturiashtirilgan ta’limni amalga oshirishda kompyuterlardan foydalanishning yana bir afzalligi test savoliga noto’g’ri javob berilgan holda, talabada ishlab chiqilgan bilimlar bankidan qo’shimcha Ma’lumotlar olib vazifani bajarishga qayta kirishish imkoniyatining mavjudligidir. Bundan tashqari, displeyda shaklni chizishni mustaqil bajarish talabaning chizmachilik elementlari, masshtab, o'lcham, koordinata to'g'risidagi tushunchalami mukammal o'zlashtirishiga xizmat qiladi. Ixtirochilik ijodkorligini amalga oshirishdagi asosiy vazifalardan biri axborotlami topish va qayta ishlash bilan bog'liq bo'lganligi sababli kompyuterlarning axborot bilan ta'minlovchi didaktik vosita sifatida qo’llanishi alohida dolzarblik kasb etadi. Ma'lumki, kompyuterlar axborotlarni yig’uvchi, saqlovchi va uzatuvchi qurilma sifatida ishlaydi. Ma'lumotlar talab darajasida qayta ishlanib, hajm jihatidan qanchalik keng, aniq, asosli va foydalanish uchun qulay shaklga keltirilsa, ilmiy imkoniyatlardan foydalanish samaradorligi va erishiladigan ijodiy yutuqlar soni hain ortib boradi. Bu boradagi kompyuterlar imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish maqsadida talabalar ixtirochiiik ijodkorligini amalga oshirishning avtoniatlashtirilgan o’quv-axborot tizimini ishlab chiqdik va joriy qildik.. Mehnat va kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashning politexnik yo'nalishini ta’minlashda kompyuterlarni qo'llashning imkoniyatlari uning ta'Iim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita bo'lishi bilan birga, talabalarda ushbu texnika imkoniyatlari to’g'risidagi tushunchalarning tegishli masalalarni yechish jarayonidahosil qilinishi bilan ham belgilanadi. Ushbu qarab chiqilgan yo’nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda kompyuterlardan foydalanish tartibini o'rgatuvchi, ko’nikma hosil qiluvchi va nazorat qiluvchi vazifani bajarishdan iborat deb belgiladik. O'rgatuvchi tartibda ishlashda kompyuter o'rgatuvchi dastur yordamida talabaning egallagan bilim darajasiga mos holda yangi bilimlarni egallashiga xizmat qiladi. Ko'nikma hosil qilish tartibida ishlashda kompyuter chizmaiarni bajarish, ixtiro texnik yechimini tavsiflovchi buyumni yasashning texnologik hujjatlarni ishlab chiqishni yengillashtiruvchi vosita sifatida ishlaydi. Nazorat tartibida ishlashda kompyuter talabaning test savollariga bergan javoblarini hisoblab, talaba va o'qituvchi bilan teskari aloqani amalga oshirib boradi. Yo’l qo’yilgan xatoni tuzatish uchun talabani qo'shimcha axborotlar bilan ta’minlaydi va qo'yiladigan masalalarni murakkablik darajasiga ko'ra oddiydan murakkabga o'tib boruvchi ketma-ketlikda amalga oshirish imkonini beradi. Kompyuterlar - ulkan imkoniyatlarga ega bo’lib, undan mavjud ta’Iim metodlarini takomillashtirish va yangi, yanada samarali metodlarni amalga oshirishda keng foydalanish mumkin. Kompyuterlar barcha turdagi ta'lim oluvchilar bilim olishini yaxshilash imkoniyatiga ega, ularni ko’plab fanlarni o’qitíshda hamda turli ta’lim shakllarini amalga oshirishda ham qo'llash mumkin. Biroq, kompyuterlarni noo'rin yoki talab darajasidagi malakalarsiz qo'llash ta'lim tizimidagi mavjud xato metodlarni yanada chuqurlashtirishi va yangi muammolami keltirib chiqarishi mumkin. Bu yangi, qudratli texnikadan o’z o'rnida, samarali foydalanish uchun talab darajasidagi kompyuter savodxonligiga, tegishli metod va malakalarga ega bo’lish hamda ularni yangi kompyuter dasturlariga to'g’ri bog'lay olish talab etildi. Ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda kompyuterlar quyidagi afzalliklarga ega:
1. Boshqarilishi muloqotli tartibda, tez va qulay amalga oshiriladi, uning texnik vositalari: displey, klaviatura, manipulyator, chiqarish qurilmalaridan foydalanish sodda tartibda amalga oshiriladi.
2. Kompyuterdan foydalanuvchi talabaning dastur tuzishi va bu sohadagi bilimlarga ega bo'lishi talab qilinmaydi.
3. Tashqi xotirasi ixcham va katta sig'imga ega.
4. Arxitektura va dizayn yechimi uning tashqi ko'rinish va texnik yechimlariningyuqori samaradorligi va qulayligini ta'minlaydi.
5. Kompyuteming iqtisodiy va texnik ko’rsatkichlari ta’lim muassasalari talab va imkoniyatlariga mos keladi. Ixtirochilik g’oyalarini bevosita kompyuterlar yordamida ishlab chiqish talabalarga bir qator qulayliklar tug'diradi.
Bularga misol sifatida talaba fikrini yozma ravishda bayon qilishidagi, turli manzillardagi kompyuterlarda mavjud axborotlarni uzatish imkoniyatiari, ko'rgazmali qurol sifatida foydalanishdagi qulayliklarini keltirish mumkin. Mashg’ulotlarni kompyuterlar yordamida olib borish ta’lim samaradorligini oshiradi, talabalarni reyting tizimida baholash xaqqoniyligi ortadi va qo’yilgan ballarni hisoblash va ulaming ko’rgazmaliligini ta’minlashni osonlashtiradi. O'qituvchilarning talabalarga alohida vazifalami yechishda yordam berishi, yangi usullarni ishlab chiqishi, rahbarlik qilishi va rag’batlantirishga, nihoyat o’z ustida ko’proq ishlashiga qo'shimcha vaqt ajratish imkoniyati tug’iladi. Talabaning darsda kornpyuter bilan ishlashdagi samaradorligini darslik bilan ishlash va o’qituvchi bilan shug’ullanishning o’rta holati deb hisoblash mumkin, ya’ni bunda kornpyuter zarur o'quv dasturi bilan ta’minlanganda talaba qobiliyati va saviyasiga to’laroq moslanishi mumkin, bu bilan u darslikdan ustun turadi, biroq hali o’qituvchi bilan raqobatlashadigan darajaga yetganicha yo’q. Kompyuterlar beqiyos imkoniyatlari bilan ta'limda favqulodda o'qitish vositasi bo'lsada, u ijodkorlik va taïim sohasining barcha muammolarini hal qilib bera olmaydi. Misol uchun, kompyuterlar ijodiy va aynan ixtirochilik masalalarini hal qilish imkoniyatiga ega emas, ular faqat tuzilgan dasturda ko'zda tutilgan vazifalarnigina bajara oladilar. Ijodkorlik jarayonida esa ular faqatgina yordamchi vosita sifatidagina qatnashishi mumkin. Ushbu tadqiqot davomida olib borilgan ishlar shuni ko'rsatdiki, ixtiro texnik yechimini asoslash uchun Ma’lumotlami qayta ishlamoqchi bo’lgan talaba hisob-kitoblarni statistik yo'l bilan hisoblash uchun bir necha oy jadal ishlashi lozim bo'lgan holda, kornpyuter zarur natijani bir necha daqiqa ichida yetkazib bera oladi. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda, kompyuterlarning ijodiy yo'nalishdagi ahamiyatini quyidagicha tavsiflash mumkin: tadqiqotchi kornpyuter vositasida tejalgan vaqti va kuchlarini yangi g'oyalar ishlab chiqish, o'z xulosalarini asoslash va isbot qilishga sarflashi mumkin. Bu bilan ijodiy jarayonlarning jadallashuviga erishiladi. O’z ishlarida kompyuterlardan foydalanish tadqiqotchi talabalarga, ilmiy-texnik xodimlarga o’zlarining ijodiy faoliyatlariga va yangi g'oyalarga ko'proq e’tibor berishga, ularni amaliyotga tatbiq etishning yangi-yangi usullarini qidirib topishga, ya’ni kompyuterlar amalga oshira olmaydigan vazifalarni bajarish imkonini beradi. Shunday qilib, bugungi kunda kompyuterlarning ijodiy sohada erishgan darajasi va ularning ixtirochilik ijodkorligini amalga oshirishdagi o’rnini 36 belgilashda ulaming o’z imkoniyatiari majmui vositasida u bilan ishlovchi insonga o'z qobiliyatlarini to’la rivojlantirish uchun erkinlik yarata olishini Ta'kidlash mumkin. Endilikda, lnson butun umr bitta sohada ixtísoslashib qolmasdan turli sohalarda o’z bilimini kengaytirish, turli tadqiqotlar o’tkazish va hayotdagi o’zining asi o’rnini topish uchun zarur vaqtga ega bo’ladi. Oxiroqibatida inson ma’lumotiarni yig'ib, qayta ishlovchi sifatídagi mashinaga tobe mavjudot emas, balki butun jarayonlarning boshqaruvchisi bo'lib qoladi. Bu mahnoda yangi axborot texnologiyalari butun insoniyatning hayot tarzini va mehnat shaklini o’zgartirib, uní o'z bilimlarini chuqurlashtirishga, malakasini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Zamonaviy ishlab chiqarish va uní boshqarish jarayonlari talablaridan kelib chiqib yangi axborot texnologiyalari ikki guruhga bo’linadi. Ularning birinchisi matn protsessorlari, elektron jadvallar, Ma’lumotlar jamlanmasi, grafik muharrirlar, mulg'timedia va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan bo'lib, universal tipdagi axborot texnologiyalari deb ataladi. Maxsus axborot texnologiyalari deb nomlanuvchi ikkinchi yo’nalishga ma’lum bir ixtisoslashgan yo’nalishdagi faoliyatni amalga oshirishda foydalaniluvchi kompyuterli texnologiyalar, masalan, o'qitishning yangi axborot texnologiyalari kiradi. O’qitishning yangi axborot texnologiyalari har qanday ta'lim texnologiyasining asosiy qismi bo'lgan bilim berish va uni qabul qilish jarayonlarini kompyuterlashtirish natijasida vujudga kelgan o’qituvchining texnologiyasi bo’lib, o’qituvchi undan o'qitishning texnik vositasi sifatida foydalanadi, darsga tayyorlanadi va uni tashkil qiladi, o’quvchilar bilimini nazorat qiladi hamda ularga vazifalar beradi. Hozirgi kundagi va yaqin kelajagimizdagi ta’lim tizimini takomillashtirishda kompyuterlashtirishning eng asosiy vazifasi - o’qitishning yanada yangi axborot texnologiyalarini yaratish va ulami ta’lim jarayoniga olib kirishdan iborat bo’ladi. O’qitishning yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim tizimida foydalanishning samaradorligi quyidagi holatlar bilan belgilanadi:
1. O’qitishning yangi axborot texnologiyalari talabalarga axborotlarning Noan'anaviy manbalariga murojaat qilish imkoniyatlarini ochib beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi va ijodiy faoliyat bilan shug’ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
2. O’qitishning yangi axborot texnologiyalari qo'yilgan didaktik maqsadlarni amalga oshirish uchun o'qituvchiga o'qitishning turli shakllaridan va ularning majmuasidan foydanish, ya’ni zaruriy ta'lim muhitini barpo etish imkonini beradi. O’qitishning yangi axborot texnologiyalaridan foydanishda o’qituvchi kompyuterlashtirilgan o'qitish va nazorat qilish dasturlarini sharoitdan kelib chiqib o'zgartirish imkoniga ega bo'ladi.
3. O'qitishning yangi axborot texnologiyalarini qo'llash orqali o'qituvchilar talaba shaxsini rivojlantirish, ijodiy izlanish asosida ishlash, o'quv dasturlarining eng maqbullarini tanlash yoki yangilarini yaratish uchun qo'shimcha imkoniyatga ega bo'ladilar.
4. Avtomatlashtirilgan o'quv-axborot tizimidan foydalanishga asoslangan o’qitishning yangi axborot texnologiyalarini qo'llash natijasida o’qituvchilar o'zlarining axborot bilan ta’minlanganlik darajalarini oshiribgina qolmay, balki deyarli butun dunyodagi axborot jamlanmalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
O'qitishning yangi axborot texnologiyalari bugungi kunda ta'lim tizimiga keng kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalarning vositaviy asosi hisoblanadi. Shu sababli biz o’z tadqiqotlarimizda o’qitishning yangi axborot texnologiyalarini qo'llashda pedagogik texnologiyaning quyidagi tamoyillariga amal qildik: ta’lim maqsadining aniq shakllantirilganligi, ta'limning mahsuldorligi, teskari aloqaning mavjudligi, kafolatlangan yakuniy natija. Bu tamoyillarga amal qilinganligi quyidagilarda o’zaksini topgan: Ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishda ta'lim mahsuldorligi va teskari aloqaning mavjudligi dasturlashtirilgan ta’lim metodining o'qitishning yangi axborot texnologiyalari vositasida joriy qilinganligi orqali ta’minlandi.Kafolatlangan vakuniv natiiaga erishish uchun awalo ta’Iim maqsadi tashxislandi, ya’ni unga erishilganlik darajasi talabalar tomonidan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni sinash-tekshirish orqali aniq belgilash mumkin. Ushbu tamoyilni ta’minlashning yana bir omili sifatida talabaning dasturlashtirilgan ta'Iim axborot kadrlari vositasida o’zlashtirgan har bir tushunchasi shu vaqtning operatsion kadrdagi test savollari orqali tekshirib borilishidan foydaianildi. "Ta'Iim to’g’risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da qayd etilganidek ta’Iim tizimini barkamol insonni voyaga yetkazuvchi yaxlit muhit va yagona texnologik jarayon deb qarash lozim. Chunki, ta’Iim oluvchi ushbu tizimning bir bosqichida undan keyingi bosqichda ta’Iim olish uchun tayyorlanadi va bunda bir bosqichda oigan bilimlarini keyingi bosqichlarga olib o'tadi va takomillashtiradi. Agar bilimni o'zlashtirilgan axborot sifatida qarasak, ta'Iim tizimi yaxlit axborot makonini o'zida aks ettiradi. O'qitishning yangi axborot texnologiyalari esa ana shu makonda bilimlami axborot shaklida harakatlantirishning yuqori darajada takomillashgan texnikaviy vositasi rolini bajaradi. Respublikamiz ta’Iim tizimining yagona axborot makonini yuzaga keltirish maqsadida shu sohada qabul qilingan mehyoriy-xuquqiy hujjatlarga asoslangan holda uzluksiz ta’Iim tizimi bo’g’inlami yangi axborot texnologiyalari vositasida quyidagilarga asoslangan holda axborotlashtirishning majmuaviy dasturi ishlab chiqilishi lozim:
- mazkur dasturda ta'Iim tizimining har bir bo’g'inida axborot texnologiyalarining qay darajada joriy qilinishi, qanday hajmda o’qitilishi va uning maqsadlari belgilab berilishi;
- ta’Iim muassasalarini zamonaviy kompyuterlar bilan ta'minlashni yo'lga qo’yish va bunda ularning mulg’timedia vositalari bilan jihozlanishiga alohida e’tibor qaratish;
- o'qitishning yangi axborot texnologiyalari va kompyuter tarmoqlaridan foydalanish asosida o'quv yurtlarining o’zaro axborot almashinuvirii, ta’lim va tadqiqot jarayonlarini masofadan axborot bilan ta'minlashni amaiga oshirish;
- har bir ta'liin mussasasi uchun bilimlar banki, Ma’lumotlar bazasi, o'rgatuvchi dasturlar hamda o’quv yurti xususiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa tuzilmalari bo'lgan ixtisoslashgan avtomatlashgan o'quv axborot tizimini ishiab chiqish;
- mutaxassislar tayyoriashning samarali metodlaridan biri bo'lgan va shu davrga qadar texnik vositalar imkoniyatlari cheklanganligi sababli deyarli qo’llanilmay kelayotgan dasturlashtirilgan ta’lim metodini kompyuterlar vositasida keng joriy qilish lozim. Talabalar ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishda yangi axborot texnologiyalarining qo'llanilishi to’g’risidagi fikrlarimizni quyidagicha xulosalaymiz:
- kompyuter talabani ixtiro g'oyasi va texnik yechimi yuzasidan qaror qabul qilishida axborotlar bilan ta’minlaydi va hisoblash ishlarini bajaradi, aqliy-irodaviy sifatlarni maqsadga muvofiq yo’naltirishga xizmat qiladi;
- kompyuterlar oddiy holaüarda zarur qarorlarni dastur asosida qabul qiladi va ularni amaiga oshiradi;
- kompyuterlar bajarilayotgan amallarni nazorat qiladi va xatoga yo'l qo'yilgan holatlarda talabani ogohlantiradi;
- yangi texnik yechim ishiab chiqishda hisob ishlarini tez va aniq bajaradi