2.2 Texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlari Texnik ijodkorlikda ishlatiladigan metodlar Birinchi texnik qurilmalar va sodda mexanizmlar paydo bo`lishi bilan insoniyat o`z oldiga har xil qiyinchilikda va ahamiyatga ega bo`lgan texnik vazifalarni yechishga harakat qiladi. Insoniyat o`sib kelayotgan ehtiyojini qoniqtirish va mehnatini yengillashtirish maqsadida yangi texnikani va mashinalarni yaratishga, uning ish unumdorligini oshirishga va foydali ish koeffitsientini ko`paytirishga harakat qiladi. Ko`p vaqtlar ijod bilan faqat qobiliyatli odamlargina shug`ullanadi deb tushunishgan. Ilm, fan va texnikaning o`sib borishi shuni ko`rsatadiki, ko`p sonli maxsus tayyorgarlikdan o`tgan odamlarning tayyorgarligi tufayligina ilmiy-texnik taraqqiyotining rivojlanishini ta’minlay oladi. Sanoat ishlab chiqarishida yuzaga kelgan ehtiyoj texnika taraqqiyotini jadallashtirishga xizmat qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bu fikrni aynan texnika ijodkorligiga nisbatan ham qo`llash mumkin. Asrimizning 40-yillarida texnik yechimlarni tadqiq qilishning faol uslublariga ehtiyoj kuchayadi. Bu boradagi metodlarning yetishmasligi atom energetikasi, raketasozlik, elektron - hisoblash mashinalarini takomillashtirish ishlarining rivojiga salbiy ta’sir ko`rsatmoqda edi. Bu davrda turli yo`nalishlarda izlanishlar olib borilishi natijasida quyidagi holatlar aniqlandi:
- birinchidan, murakkab masalalarni hatto daho insonlar ham yakka o`zlari yecha olmasligi, ijod qilishning jamoa usuliga zarurati asoslandi;
- ikkinchidan, texnik yechimlarni ishlab chiqishga ajratilgan vaqtning qisqaligini e’tiborga olib ilmiy izlanishlar uzluksiz ravishda yangi g`oyalarning ishlab chiqilishi bilan birgalikda olib borilishi lozim;
- uchinchidan, mavjud bo`lgan ko`plab g`oyalar orasidan asosli va samarali bo`lganlarini ajratib olish yo`llarini belgilash.
«Amal va xato» metodlari Ijod qilishni o`rganish uchun uning qobiliyatlarini bilish kerak. Oldingi vaqtlarda yani qurollanish davrlarida ixtirochilik bilan shug`ullanishda faqat bitta «Amal va xato» metodidan foydalanilgan. Ular o`zlarining ish jarayonlarida texnik masalalarni yechishda har xil (ko`p) amallarni bajarishda ko`p xatoliklarga yo`l qo`yiladi va bu xatoliklarni minimumga keltirishga harakat qilinadi. Har xil texnik masalalarni yechishda ixtirochilar «Amal va xato» metodlarini qo`llaydilar. Uning mohiyati shundan iboratki texnik masalalarni hal etishda ixtirochi bor imkonini variantlarining hammasini qo`llagan holda quyilgan talabga javob beradigan bittasini tanlaydi. Texnik masalalarni yechishda ko`proq ixtirochining kuzatuvchanligi, intuistiyasi, intellekti ahamiyatga molik. «Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari «Amal va xato» metodining kamchiligi ham undan foydalanish metodikasini yaratish juda murakkab. Har bir yangi texnik masalani yechishda ixtirochi ishni yangidan boshlashga majbur. «Amal va xato» metodi juda og`ir mehnatni talab etadi va undan foydalanishda masalalarni muvaffaqiyatli yechishga kafolat bera olmaydi. Ilmiytexnika taraqqiyot sharoitida texnikaning rivojlanib borishida ulkan g`oyali, katta effekt beradigan metodlarni foydalanishni taqozo etadi. Lekin tajriba shuni ko`rsatadiki, texnik masalalarni yechishda foydalaniladigan barcha metodlarda «Amal va xato» metodi elementlari ma’lum darajada ishlatiladi. «Aqliy hujum» metodi Olimlarning fikricha ijodiy faoliyat bu aniq qonuniyatga asoslangan xarakterda bo`lib, ijodiy masalalarni yechishning adekvat metodlarini topishga zamin yaratadi.
Bu metodlar 2 ta guruhga bo`linadi.
Birinchi guruhga «Miya hujumi» sinektika, nazorat savollari, morfologik tahlil metodlari, bular assotsiativ fikrlari va kutilmagan yechim xarakteri mexanizmlarga asoslanadi. Bu metodlardan foydalanish juda yengil, lekin qo`llanilayotgan ob’yektning mohiyatiga bog`lanmagan.
Ikkinchi guruhga ixtirochilik masalalarini yechish algoritmi funksional - tannarx tahlili metodlari va boshqalar kiradi.
Bu metodlardan foydalanish juda murakkab, lekin ob’yektning mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Ishlab chiqarish korxonalarning ilmiy asoslarida ehtiyoj paydo bo`lar ekan, u ko`plab ilmiy tekshirish institutlariga nistaban ilm - fanni rivojlantirishga sabab bo`ladi. 1990- yillarning o`rtalarida atom energetika, raketasozlik, elektron hisoblash, mashinalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanib ketishi ijodiy mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish yo`llarini qidirish boshlandi. Ular har xil yo`nalish bo`yicha olib borildi. Shulardan bittasi Amerikalik tadbirkor va ixtirochi A.Osbodnning taklif etgan «Miya hujumi» metodi edi. Uning fikricha kimlardir g`oya bera olish imkoniyatiga ega bo`lsa, kimlardir uni tanqidiy tahlil qila olish imkoniyatiga ega. Ularni ikkita guruhga yani «Generatorlar» va «Ekspertlar» ajratishni taklif etadi. «Miya hujumi» metodini qo`llashda quyidagi tartib qoidalarni ishlab chiqqan:
1. «Miya hujumi» metodi yordamida masalalarni yechishda 12-25 nafar odamlar ishtirok etish kerak. Ularni yarmi g`oya beruvchilar, keyingisi tahlil qiluvchilar. G`oyani generatsiya qiluvchilar guruhiga kuchli fantaziyaga, abstrakt tafakkurga ega bo`lgan kishilar kiritiladi. Ekspertlar guruhiga tahliliy va tanqidiy fikrlaydigan shaxslar tanlab olinadi. «Miya hujumi» sessiyasiga malakali, tajribali xodim rahbarlik qiladi.
2. Generatorlar qo`yilgan masalaning yechimini topish uchun maksimal sondagi g`oyalarini beradilar. Berilgan g`oyalar bayoni magnitofonlarga yozib olinadi. Ekspertlar shularni ichidan ma’qulini tanlab olishadi.
3. Qo`yilgan masala yechimining og`irligiga qarab «Sessiya» 30- 50 minutgacha davom etishi mumkin.
4. «Miya hujumi» sessiyasida ishtirok etilayotgan xodimlarning o`rtasida bir-biriga nisbatan hurmat va erkin munosabatni o`rnatish zarur.
5. Agarda sessiya natijasiz tugasa uning ishtirokchilarini o`zgartirish zarur.
Masalaning qo`yilishini ham qayta ko`rib chiqish maqsadga muvofiq. Ixtirochilarning shaxsiy psixologik xislatlari Ixtirochilarda quyidagi shaxsiy xislatlar shakllangan bo`lishi lozim:
- ijtimoiy xislatlar turkumi - dunyoqarashi, ma’naviy, mehnat va estetik fazilatlar; - tajriba xislatlar turkumi - anglanganligi, ilmiyligi, mahorati va hajmi; - aqliy xislatlar turkumi - tasavvur bir butunligi, diqqati jamlanganligi, fikrlash kengligi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi, xotirasi mustahkamligi, - irsiy xislatlar turkumi - topqirlik, zehnlilik, ziyraklik, ixtirochilik, ishchanlik, hozirjavoblik, mantiqiylik, sog`lom fikrlilik.
Xulosa Hozirgi texnika va texnologiyalar rivojlangan zamonamizga
to'g'ri kelmaydi. Texnologiya ta'limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish orqali innovatsion infratuzilmasini shakllantirish lozim. Lekin bu sohada yuqori darajaga erishish uchun eng avvalo moddiy-texnik baza zamon talablariga javob berishi lozim.Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
-umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan amaldagi texnologiya fani mazmuni, mustaqil hayotda qo'llash imkoniyati bo'lgan texnologik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish uchun yetarli emas;
-texnologiya fanini o'qitishda metapredmet kompetensiyalar va fanlararo bog'liqlikning kamligi;
-texnologiya fani me'yoriy hujjatlarida baholash mezonlarining faqat bitiruvchi kompetensiyasi uchun ishlanganligi va darslik, ishchi daftar va o'qituvchi kitoblari, multimedia ilovalari, didaktik materiallarning yetishmasligi;
-texnologiya fani mazmuniga mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, avtomatika, arduino kabi O'zbekiston iqtisodiyoti rivoji uchun zarur bo'ladigan elementlarning kiritilmaganligi bo'lajak maktab bitiruvchisi va mutaxassislarning kasbiy sifatlariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda;
-o'quvchilarda ta'lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish uchun o'quvchilarda zamonaviy texnika, mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, avtomatika sohasidagi taktil kompetensiyalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan jihoz va uskunalarning yetishmasligi;
-texnologiya fani moddiy-texnika bazasini eskirganligi, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlanmaganligi hamda byudjetdan mablag' bilan ta' minlash bo'yicha yetarli choralar ko'rish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmaganli;