26
atsetilferrotsen aralashmasi 2–3 g alyuminiy oksid bilan aralashtirilib,
kichik
hovonchada yaxshilab yanchiladi va kolonkaga solinadi. Кolonkaning ichki
devorlariga yopishgan alyuminiy oksid va moddalar aralashmasi petroley efir bilan
yuvib tushiriladi. Erituvchi moddalar aralashmasi orqali o‘tganda kolonkada
ferrosen eritmasining to‘q sariq rangli halqasi hosil bo‘lib, sekin–asta
pastga surilib
boradi va quyuq rangli asosiy qatlamdan ajraladi. Кolonkani petroley efir bilan
yuvishni davom ettirib, yig‘gich kolbaga ferrotsenning to‘q
sariq rangli eritmasi
yig‘iladi. Кolonkadan rangsiz elyuat o‘ta boshlagandan so‘ng kolonkani petroley
efir bilan yuvish to‘xtatilib, unga benzol bilan dietil efirning 1:1 nisbatdagi
aralashmasi quyiladi. Bu erituvchilar aralashmasi bilan esa atsetilferrotsen yuviladi
va bu elyuatlar alohida idishga yig‘iladi. Ikkala yig‘gich kolbadagi elyuatlar
kichikroq Vyurs kolbasida alohida–alohida haydaladi
va ajratib olingan
moddalarning miqdori aniqlanadi. So‘ngra ferrotsen spirt, atsetilferrotsen esa
toluol–ligroin (1:1) aralashmasi bilan qayta kristallanadi.
Toza ferrotsenning suyuqlanish harorati 172–173°C, atsetilfer-rotsenning
suyuqlanish harorati esa 85–86°C ga teng.
Dostları ilə paylaş: