Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Azot va oltingugurtni aniqlash



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Azot va oltingugurtni aniqlash.
 
Organik birikmalar tarkibida azot sof holda 
va ko`pincha oqsil moddalar tarkibida (jun, soch, ipak va boshqalar) oltingugurt 
elementi bilan birga uchraydi. 
Azotli organik birikmalar probirkada natron ohagi bilan qizdirilsa, ammiak 
ajralib chiqishi hisobiga qizil lakmus qog`oz ko`karadi. Bir yo`la bir ob`ektning 
o`zidan ham azot, ham oltingugurtni aniqlash mumkin. Buning uchun organik 
moddaning bir qismi bir bo`lak natriy metali bilan qo`shib qizdiriladi. Agar modda 
tarkibida azot va oltingugurt bo`lsa, natriy tsianid va natriy sul’fid hosil bo`ladi: 
3Na + (C) + (N) + (S) 

NaCN + Na
2

Reaktsiya mahsuloti suvda eritilib, ikki qismga bo`linadi va uning birinchi qismida 
berlin zangorisi hosil qilinib, azot aniqlaniladi: 
2NaCN + FeSO
4

Na
2
SO
4
+ Fe(CN)
2
Fe(CN)
2
+ 4NaCN 

Na
4
[Fe(CN)
6

3Na
4
[Fe(CN)
6
] + 4FeCl
3

Fe
4
[Fe(CN)
6
]
3
+ 12NaCl 
Ikkinchi qismida qo`rg`oshin sul’fid hosil bo`lishi oltingugurt borligini ko`rsatadi: 
Na
2
S + Pb(NO
3
)
2

PbS + 2NaNO
3
Natriyning kichkinagina bo`lagiga soch tolasi o`rab, quruq probirkaga 
joylashtiriladi. Probirkani shtativga tik holda o`rnatib kuchli qizdiriladi. Bunda 
probirkadagi soch tolalari parchalanib, natriy metali bilan NaCN va Na
2
S ga 
aylanadi. Qizdirilayotgan probirka tubi qip-qizil chug` holiga kelganda tigeldagi 
yoki chinni kosachadagi 10-15 ml sovuq suvga botiriladi. Natijada probirka sinib, 
uning ichidagi birikmalar suvga o`tadi. Hosil bo`lgan ishqoriy eritma fil’trlanib, 
ikki qismga bo`linadi. 
Fil’tratning bir qismiga azotni topish uchun 0,1 g temir kuporosi kristalidan 
qo`shib, 1-2 minut davomida qaynatiladi. eritmaga muhit kislotali bo`lguncha 
(pH=4,5) xlorid kislota qo`shiladi, so`ngra FeCl
3
eritmasidan 2-3 tomchi 
tomiziladi, natijada zangori rangli berlin lazuri hosil bo`ladi. 
Fil’tratning ikkinchi qismiga qurgoshin nitrat eritmasidan 3-4 tomchi tomiziladi va 
qurgoshin sul’fid qora cho`kma holida cho`kadi. 


35 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin