Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Qaynash temperaturasini aniqlash



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Qaynash temperaturasini aniqlash 
 
Suyuq 
moddalarning 
tozaligini 
aniqlashda 
ularning 
qaynash 
temperaturasidan foydalaniladi. Suyuq moddaning to`yingan bug` bosimi 
atmosfera bosimiga tenglashgandagi temperatura qaynash temperaturasi deyiladi. 
Suyuqliklarning qaynash temperaturasi moddaning molekulyar og`irligi, tarkibi, 
tuzilishi va ayniqsa, bosimiga bog`liq bo`ladi. Bosim kamayishi bilan suyuqlikning 
qaynash temperaturasi xam pasayadi. CHunonchi, tashqi bosim ikki marta 
kamaytirilsa, suyuqlikning qaynash temperaturasi taxminan 15
0
C pasayadi. 
Masalan, normal bosimda (760 mm simob ustunida) 200
0
C temperaturada 
qaynaydigan suyuqlik 380 mm simob ustunida 185
0
C da, 190 mm simob ustunida 
170
0
C da qaynaydi. Shuning uchun ximiya adabiyotlarida biror suyuqlikning 
qaynash temperaturasi berilganda, albatta, shu suyuqlikning qaynash temperaturasi 
qanday bosimda aniqlanganligi ko`rsatiladi. Masalan, benzil xloridning qaynash 
temperaturasi T
qay
=69
0
C (15 mm simob ustuni), formamidning qaynash 
temperaturasi T
qay
=111
0
C (20 mm simob ustuni) ga teng.
Suyuqliklarning qaynash temperaturasini aniqlashda oddiy qaynash 
asbobidan foydalaniladi. Vyurts kolbasining 2/3 hajmigacha qaynash temperaturasi 
aniqlanishi kerak bo`lgan suyuqlik quyiladi. Kolbaga probka yordamida termometr 
o`rnatiladi. Bunda termometrning simobli uchi kolbadan chiqarilgan naycha 
og`zidan kamida 0,5 sm pastroqda bo`lishi kerak (25-rasmga qarang). Suyuqlik bir 
tekis qaynashi uchun kolbaga mayda govak material (chinni yoki sopol 
bo`lakchalari) solinadi. Suyuq modda isitilganda uning bug`lari kolbaning yuqori 
qismiga ko`tarilib, termometrning simob ustuni yuqoriga ko`tariladi va temperatura 
moddaning qaynash temperaturasiga etganda termometrning simob ustuni 
o`zgarmaydi. Termometrning ana shu ko`rsatgichi ayni suyuqlikning qaynash 
temperaturasi deyiladi. Agar haydalayotgan modda toza bo`lsa, haydash vaqtida 
termometrning simobli ko`rsatkichi o`zgarmaydi, haydalayotgan suyuqlik 
aralashma (yoki toza bo`lmasa) bo`lsa, termometrning simobli ko`rsatkichi tobora 
ko`tarila boradi. 


32 
23-rasm. 
24-rasm. 
Oz miqdordagi suyuqliklarning qaynash temperaturasini aniqlash uchun 
Sivolobov metodidan foydalaniladi. Buning uchun diametri 2-6 mm li uchi 
kavsharlangan shisha naychaga 0,5 ml suyuqlik solinadi, so`ngra uning ichiga 
suyuqlanish temperaturasini aniqlash uchun ishlatiladigan yuqori tomoni kavshar-
langan ingichka kapillyar tushirilib, naycha rezina halqacha yordamida 26- rasmda 
ko`rsatilgandek 
termometrga 
o`rnatiladi 
va 
suyuqlanish 
temperaturasi 
aniqlanadigan asbobga tushiriladi. Asbob sekin qizdiriladi, bunda dastlab sekin, 
so`ngra shiddatli ravishda gaz pufakchalari hosil bo`ladi, ana shu vaqtdagi 
temperatura suyuqlikning qaynash temperaturasiga teng bo`ladi. Bu metod bilan 
suyuqlikning qaynash temperaturasi aniqlanganda ±5
0
C xatoga yo`l qo`yiladi. 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin