28
Bunda: a–modda tomizilgan nuqta (start)dan dog‘ markazigacha bo‘lgan
masofa, b–start chizig‘idan erituvchi chegarasigacha bo‘lgan masofa.
Ma’lum bir erituvchilar sistemasida aniqlangan
R
f
ning qiymati qaysi moddaga
to‘g‘ri kelishi toza moddalar uchun tuzilgan ma’lum jadvalga solishtirib topiladi.
Lekin
R
f
ning qiymati qo‘llanilayotgan erituvchilar sistemasiga, haroratga,
qog‘ozning turiga, tomizilgan moddaning miqdoriga va boshqa omillarga bog‘liq.
Aminokislotalarni qog‘oz xromatografiyasi usulida aniqlash. Tekshirilayotgan
aminokislotalar aralashmasining
spirtli eritmasidan va
“guvoh” moddalar – valin, glitsin, fenilalaninlarning ham
spirtli eritma-laridan xromatografik qog‘ozning start
chizig‘iga bir necha tomchidan (yuqorida bayon qilingan
usulda) tomizilib, so‘ng quritiladi va n–butanol–
suv–sirka kislota (4:5:1) dan iborat erituvchilar sistemasi
solingan maxsus silindrga tushi-riladi. 15–18
soatdan
so‘ng xromato-grafik qog‘oz silindrdan olinib, qalam
bilan front chizig‘i belgilanadi va xromatogamma mo‘rili
shkafda yoki maxsus quritish kamerasida quritiladi.
So‘ngra xromatogammaga purkagich bilan ningidrinning
spirtli eritmasi sepiladi va bir soat davomida qorong‘i joyda yoki 5–10
daqiqa
100°C haroratdagi quritgich shkafda quritiladi. Natijada xromatografik qog‘ozda
binafsha rangli dog‘lar hosil bo‘ladi. Tekshirilayotgan aminokislotalar eritmasidan
xromatogammada hosil bo‘lgan dog‘larning taqsimlanish koeffitsiyenti hisoblanib,
guvoh moddalar – valin, glitsin va fenilalaninlarning taqsimlanish koeffitsiyenti
( R
f
)
bilan solishtiriladi. Bu aminokislotalarni n–butanol–suv–sirka kislota
(4:5:1) sistemasidagi taqsimlanish koeffisienti
R
f
:
glitsin 0,13, valin 0,36 va
fenilaninin uchun 0,46 ga teng.
Yupqa qavatda xromatografiyalash. Hozirgi vaqtda sintetik, ayniqsa,
tabiiy
moddalarni analiz qilishda xromatografiyaning ancha qulay va tez bajariladigan
turlaridan biri yupqa qavatda xromatografiyalash keng qo‘llaniladi. Bu usulda
xromatografiyalashning
afzalligi
shundan
iboratki,
bunda
kimiyoviy
reaksiyalarning borishini nazorat qilish, kolonka
yordamida ajratilayotgan
murakkab aralashmalarni ayrim kompo-nentlarga ajralishini kuzatish va
xromatografik plastinkalarni tezda tayyorlab, moddalarni tezroq identifikatsiyalash
mumkin. Moddalarni yupqa qavatda bir marta xromatografiyalash uchun 10–30
daqiqa vaqt sarf bo‘ladi, xolos.
Bu xromatografiyaning ish texnikasi dastlab turli o‘lchamdagi (8x15, 10x20 va
hokazo) shisha plastinkalarda yupqa adsorbentning qatlami hosil qilishdan
boshlanadi.
21–rasm. Xromatografiyalash uchun shisha oyna yuzasiga yupqa qatlam
tayyorlash.
29
Buning uchun shisha plastinkaning ustida adsorbentlardan (alyuminiy oksid,
silikagel va hokazo) birini olib, uning ustidan maxsus yupqa qatlam hosil qiluvchi
asbob yurgiziladi. So‘ngra tekshiriladigan modda eritmasidan yupqa qatlam hosil
qilingan plastinkaga bir necha tomchi shisha kapillyar orqali tomiziladi va
plastinka maxsus erituvchilar sistemasi solingan eksikatorga tushiriladi.
Erituvchi
plastinkadagi adsorbentning barcha yuzasiga shimilgandan so‘ng, xromatogamma
eksikatordan olinadi va quritilib yod bug‘lari bilan yoki boshqa rang beruvchi
modda eritmalari bilan ishlanadi. Bu usulda tayyorlangan yupqa qatlam shisha
yuzasida yopishmagan yupqa qatlamli xromatografiya deyiladi. Bunday yupqa
qatlamli xromatogamma tezda buziladi. Shuning uchun ko‘pincha shisha yuzasida
adsorbent mustahkam yopishgan yupqa qavatli xromatografiyadan foydalaniladi.
Bunday yopishgan yupqa qavatli plastinkalar tayyorlash uchun 5 % gips
qo‘shilgan adsorbentning suvli suspenziyasi hosil qilinib, maxsus katok yordamida
yupqa qavat hosil qilinadi. Tayyorlangan yupqa qavat
shisha yuzasiga yaxshi
yopishgan bo‘lib, uni har qanday yo‘nalishda bir tomonlama yoki ikki tomonlama
xromatografiyalashda ishlatish mumkin. Кo‘pincha bu usul bilan bir necha
plastinkalar tayyorlanib, bular alohida eksikatorlarda saqlanadi.
Yupqa qatlamda xromatografiyalash bilan moddalarni faqat identifikatsiyalash
emas, balki aralashmadan kamroq miqdorda toza individual
modda ajratib olish
ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: