Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Benzol va toluol aralashmasini fraktsiyalarga bo`lib haydash usuli bilan



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Benzol va toluol aralashmasini fraktsiyalarga bo`lib haydash usuli bilan 
ajratish.
 
Buning uchun 17-rasmda ko`rsatilganidek asbob yig`iladi, so`ngra 50 ml 
benzol (t
qayn.
=80,2
0
C) va 50 ml toluol (t
qayn.
=110,6
0
C) olib, kolbaga solinadi. 
Aralashma bir tekis qaynashi uchun kolbaga chinni bo`lakchalaridan bir nechta 
tashlanadi va kolba qizdirila boshlanadi. Haydash boshlangandan so`ng kolba 
ichidagi suyuqlik minutiga 30-40 tomchidan yig`iladigan qilib, bir me`yorda 
qizdirilishi kerak. Haydash jarayonida uchta idish olib, ulardan biriga 80-90
0
C da 
haydaladigan, ikkinchisiga 90-100
0
C da va uchinchisiga 100-110
0
C da 
haydaladigan fraktsiyalar yig`iladi. 
I
fraksiya asosan benzoldan, 
II 
fraktsiya benzol va toluol aralashmasidan
III 
fraksiya esa toluoldan iborat bo`ladi. Ajratib olingan bu ayrim-ayrim 
fraksiyalar yana qaytadan haydaladi. Quruq toza kolbaga 
I
fraksiya quyiladi va 
yuqorida ko`rsatilgan temperaturalar intervalida, ya`ni 80-90
0
C da haydab, 
I
idishga yig`iladi, so`ngra kolba bir oz sovitilib deflegmator orqali haydash 
kolbasiga 
II 
fraktsiya quyiladi va yana qizdirib hayday boshlanadi. 
I
idishga 90
0

gacha bo`lgan distillyat yig`iladi, 90-100
0
C gacha bo`lgan distillyat esa 
II 
idishga 
yig`iladi. Haydalayotgan aralashmaning temperaturasi 100
0
C dan oshishi bilan bir 
oz sovitilib, kolbaga 
III 
fraktsiya quyiladi va haydash yana qaytadan boshlanadi. 
I
idishga 80-90
0
C gacha haydaladigan fraktsiya, 
II 
idishga 100
0
C gacha, 
III 
idishga 
esa 110
0
C gacha haydaladigan fraktsiyalar yig`iladi. Ikkinchi marta haydalgandan 
so`ng har bir idishdagi fraktsiyalarning miqdori aniqlanadi va lozim topilsa, I va 
III 
idishdagi fraktsiyalar yana qayta haydalib toza benzol va toluol fraktsiyalarini 
ajratib olish mumkin. 


22 
17-rasm. Suyuqliklarni fraksiyalarga bo’lib haydash qurilmasi 
1- haydash kolbasi, 2- deflegmator, 3- termometr, 4- sovutgich, 5-allonj, 6-
yig`gich kolba 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin