Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


-rasm. Anilinni suvli aralashmasini ekstraktsiya qilish  Gidroxinonning suvhagi tuyingan eritmasidan efir bilan ekstraksiyalash



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

 
14-rasm. Anilinni suvli aralashmasini ekstraktsiya qilish 
Gidroxinonning suvhagi tuyingan eritmasidan efir bilan ekstraksiyalash.
 
5 g 
texnik gidroxinon 50 ml distillangan suvda eritilib, to`yingan eritma hosil qilinadi. 
eritma ajratgich voronkaga (0,25 l) quyiladi va uning ustiga 50 ml dietilefir 
qo`shiladi. Voronkaning qopqog`ini yopib, sekin-asta chayqatiladi va vaqt-vaqti 
bilan voronka ichida hosil bo`lgan bosim voronkaning jo`mragi orqali chiqarib 
yuboriladi. So`ngra voronka shtativga o`rnatilib, bir oz tindiriladi. Pastki suvli 
qavat voronka jo`mragi orqali biror idishga olinadi. efirli qavat esa voronkaning 
og`zidan boshqa kolbaga quyiladi. eritma shu tarzda yana 3 marta toza efir bilan
ekstraktsiya qilinib, efirli eritma suvsiz natriy sul’fatda quritiladi va fil’trlanib, efir 
suv hammomida haydaladi. Kolbada gidroxinonning rangsiz kristallari qoladi. 
Hosil bo`lgan kristallni suvda qayta kristallash mumkin. Toza gidroxinonning 
suyuqlanish temperaturasi 170°C. 
 
Sublimatsiya 
 
Qattiq moddaning qizdirilganda suyuqlanmay gaz holatiga o`tib, yana 
kondensatlanib kristallanish jarayoni sublimatsiya deyiladi. Organik moddalarni 
tozalashning bu usuli kristallantirish yo`li bilan tozalash qiyin bo`lgan moddalarni 
tozalashda qo`l keladi. Ko`pgina organik moddalar: xinonlar va ko`p halqali 
aromatik birikmalar sublimatsiyalanib tozalanadi. Oson sublimatsiyalanuvchi 
bunday moddalarni uchishi qiyin murakkab aralashmalardan tozalashda uzoq 
davom etadigan kristallantirish o`rniga bir marta sublimatsiya qilgan ma`qul. 
Moddani sublimatsiya usuli bilan tozalash uchun chinni kosachaga ozroq 
biror modda solinib, kosacha teshikli fil’tr qog`oz bilan berkitiladi va ustiga 
voronka to`ntariladi (14-rasm). Chinni kosacha gaz alangasida qizdiriladi. 
Kosachadagi modda bo`r holida fil’tr qog`oz
teshikchalari orqali o`tib, 
voronkaning yuqori sovuq qismida kristallana boshlaydi. Agar modda odatdagi 
bosimda qiyin uchsa, sublimatlanishni tezlatish maqsadida vakuumda olib boriladi. 
Moddani vakuumda sublimatlash uchun ishlatiladigan mikroasbob 15-rasmda 
tasvirlangan. Sublimatsiya protsessining kristallantirish usulidan afzalligi 


19 
shundaki, bu usul bilan oz miqdordagi moddani ham juda toza holatda ajratib olish 
mumkin. 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin