Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Fraksiyalarga bo`lib haydash



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Fraksiyalarga bo`lib haydash.
Suyuq aralashmalarni turli temperaturada 
haydash yo`li bilan alohida idishlarga yig`ish
usuli fraktsiyalarga bo`lib haydash 
deyiladi. Suyuqlanish temperaturasi bir-biriga yaqin suyuqliklar aralashmasini 
ayrim fraktsiyalarga bo`lib haydash yo`li bilan tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. 
Buning uchun kimyo laboratoriyalarida deflegmatorlardan, sanoatda rektifikatsion 
kolonkalardan foydalaniladi. 
Suyuqliklar aralashmasini fraktsiyalarga bo`lib haydashda termometr bilan 
jihozlangan deflegmator probka vositasida haydash kolbasiga o`rnatilib, uning 
yuqori qismidan chiqarilgan naycha sovitgichga ulanadi (17-rasm). So`ngra 
suyuqlik aralashmasi qaynatiladi, bunda suyuqlik bug`i deflegmator naychasidayoq 
qisman kondensatlanadi. Bug` deflegmatorning keng qismiga o`tganda anchagina
issiqligini yo`qotib, bug`ning bir qismi suyuqlikka aylanadi. Lekin bu suyuqlik 
tezda kolbaga qaytib tushmaydi, chunki naylar orasiga shisha sharcha qo`yilgan 
bo`lib, shu sharcha bug` bosimi ta`siridan ko`tarilganda bug` nayga o`tadi, lekin 
suyuqlik o`ta olmaydi. Shuning uchun deflegmatorning keng qismida hamma vaqt 
ozroq miqdor suyuqlik bo`lib, u qaynab turadi. Lekin naydagi suyuqlikning
qaynash temperaturasi kolbadagi suyuqlikning qaynash temperaturasidan past 
bo`ladi. Deflegmatorda suyuqlik yuqoriga ko`tarilgan sari, uning keng 
naychalaridagi suyuqliklarning qaynash temperaturasi pasayib boradi. Demak, 
deflegmatorning har qaysi keng naychasini alohida suyuqlik haydalayotgan kolba 
deb qarash mumkin. Shu sababli deflegmatorning keng naylari qancha ko`p bo`lsa, 
sovitgichga boradigan bug` tarkibida qaynash temperaturasi yuqori bo`lgan 
suyuqlik shuncha kam va suyuqliklar aralashmasini tarkibiy qismlarga ajratish 
oson bo’ladi. 



21 
Termometr 
Sovutgich 
“Pauk” qabul 
qilgich 
Fraksion 
kolonka 
Termometr va 
qizdirish 
asbobi 
16-rasm. Normal bosimda Vigre kolonkasi yordamida fraksion haydash.
 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin