Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Etilbenzolning olinishi.
Benzol gomologlari birinchi marta 1863 yilda
R.Fittig tomonidan sintez qilingan. Fittig reaksiyasiga ko’ra benzol 
gomologlarini olish uchun benzolning galogenli hosilalari bilan galoid alkillar 


170 
aralashmasiga natriy metali ta’sir ettiriladi. Bu reaksiya Vyurts — Shorigin 
reaksiyasi bo’yicha metan gomologlarini olish jarayoniga o’хshaydi. 
Teskari sovitgich o’rnatilgan 250 ml sig’imli yumaloq tubli kolbaga yupqa 
qirindilar holida kesilgan natriydan 10-12 g soling. 35-40 ml absolyut efir quying va 
aralashmani suv hammomida qizdiring. Natriy to’liq erigandan so’ng, unga 30 g etil 
bromid va shuncha brombenzol qo’shib (reaktivlarni kolbaga pribor qismlarini 
ajratmay turib, sovitgich forshtosi orqali quyish kerak), bir necha soat (kelgusi 
kungacha) tinch qoldiring. So’ngra efir suv hammomida haydaladi va idishda qolgan 
etilbenzol (134°C da qaynaydigan suyuqlik) odatdagi usul bilan haydab olinadi: 
Br
+
2Na
+ Br
CH
2
CH
3
CH
2
CH
3
t
0
-2NaBr
Bu reaksiyada qo’shimcha mahsulotlar sifatida butan va difenil hosil bo’ladi: 
Br
+
2Na
Br
t
0
-2NaBr
+ 2Na + Br CH
2
CH
3
t
0
-2NaBr
Br
CH
2
CH
3
CH
2
CH
3
CH
2
CH
3
qww 
Aromatik birikmalarga хos rangli reaksiya.
Benzol gomologlari uglerod 
(IV)-хlorid yoki хloroform va suvsiz alyuminiy хlorid ta’siridan to’q sariqdan 
qizilgacha bo’lgan turli ranglarni beradi. Bu ranglar triarilmetil (Ar
3
C
+
) karboniy 
ionlarining hosil bo’lishi natijasida vujudga keladi. Triarilmetil karboniy ionlari 
9999Fridel - Krafts reaksiyasi bo’yicha quyidagicha hosil bo’ladi: 
ArH
-HCl
CHCl
3
, AlCl
3
ArCHCl
2
ArH, AlCl
3
-HCl
Ar
2
CHCl
ArH, AlCl
3
-HCl
Ar
3
CH
Ar
2
CHCl
-HCl
Ar
2
CHAlCl
4
AlCl
3
Ar
3
CH
Ar
2
CH
2
+
ArCAlCl
4


171 
Bu rangli reaksiya Fridel - Krafts reaksiyasiga kirishadigan (turli 
alkilbenzollardan tashqari) aromatik birikmalar uchun хarakterlidir. Shunisi 
qiziqarliki, har bir aromatik sistema o’ziga хos rang beradi. Masalan, 
galogenbenzollar - хloroform va suvsiz alyuminiy хlorid ta’sirida to’q sariqdan 
qizilgacha bo’lgan rang, naftalin havo rang, fenantren qirmizi rang, shuningdek, an-
tratsen yashil rang beradi. Alifatik birikmalar хloroform va alyuminiy хlorid 
ta’sirida rang bermaydi. Probirkaga 1-2 ml хloroform yoki uglerod (IV)-хlorid va 
taхminan shuncha aromatik uglevodorod masalan, toluol quying. Probirkani qiya 
holda ushlab ingichka shpatel bilan 0,3-0,4 g suvsiz alyuminiy хlorid soling va 
kuchli chayqating. Bir ozdan so’ng asta - sekin har хil ranglar paydo bo’la 
boshlashini kuzating. 
Shu tajribani brombenzol, naftalin, antratsen va boshqa aromatik birikmalar 
bilan ham takrorlab ko’ring. Aromatik birikmalarga mansub bo’lgan moddalar hosil 
qiladigan хarakterli ranglarga e’tibor bering. 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin