Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Vakuum ostida haydash.
 
Organik moddalarning ko`pi qizdirilganda o`z 
qaynash temperaturasiga etmasdanoq parchalanadi. SHuning uchun bunday 
moddalar vakuum ostida haydab tozalanadi. Ma`lumki, moddalarning qaynash 
temperaturasi atmosfera bosimiga bog`liq. Kamaytirilgan bosimda yoki vakuumda 
moddalar oddiy sharoitga qaraganda ancha past temperaturada qaynaydi. 
Atmosfera bosimi ikki marta kamaytirilganda moddaning qaynash temperaturasi 
taxminan 15°C ga kamayadi. Masalan, agar modda normal atmosfera bosimida 
(760 mm simob ustuni) 180°C da qaynasa, 380 mm simob ustunida 165°C da, 
190 
mm simob ustunida taxminan 150 °C da kaynaydi. 
Moddani vakuumda haydash uchun ishlatiladigan asbob 19-rasmda 
ko`rsatilgan. Vakuum ko`pincha suv nasoslari (10-25 mm. simob ustunigacha) va 
maxsus moy nasoslari (1-2 mm simob ustunigacha) yordamida hosil qilinadi. Moy 
nasoslari bilan ishlaganda uni organik erituvchi bug`laridan, suv va kislotalar 
ta`siridan saqlash kerak, chunki bu erituvchilar nasos moyini ifloslantirib, uni 
suyultirib yuboradi. Vakuumda haydash uchun yumaloq tubli maxsus Klyayzen 
kolbasi yoki turli xil deflegmatorli kolbalar ishlatiladi. Suyuqliklarning bir tekis 
qaynashi uchun ingichka shisha naycha - kapillyar kolbaning tubiga tegmaydigan 
qilib tushiriladi. Bu naycha kapillyardan bir tekis havo pufakchalari o`tib turishi 
uchun naychaning yuqori qismi
 
rezinaga ulanib, uning orasidan ingichka sim 


24 
o`tkaziladi. Shisha kapillyardan xamma vaqt bir tekis havo pufakchalari o`tib 
turishi rezina naychaga o`rnatilgan vintli qisqich yordamida sozlanadi. Moddalar 
vakuumda haydalganda yig`gich idish
sifatida faqat yumaloq tubli kolbalar, agarda 
fraktsiyalarga bo`lib haydash kerak bo`lsa, maxsus pauklar ishlatiladi. 
Moddani vakuumda haydashdan oldin asbobning germetikligi tek-shirilib, 
so`ng asbobda kerakli vakuum hosil qilinadi va haydashga kirishiladi. Vakuumda 
haydash vaqtida ehtiyot choralariga rioya qilish (albatta, himoya ko`zoynagi 
taqish) kerak. Haydash tugagach, dastlab Klyayzen kolbasi sovishi uchun qizdirish 
to`xtatiladi va manometrning jo`mragi yopilib, kapillyar naychaga o`rnatilgan 
vintli qisqich ochiladi. So`ngra manometrning jo`mragi sekin ochiladi va vakuum 
nasos motori o`chiriladi. 
 
21-rasm. Vaakumda haydash qurulmasi. 
1- haydash kolbasi, 2- kapilyar, 3- termometr, 4- sovutgich, 5-allonj,
6-yig`gich kolba 7-saqlagich, 8-monometr. 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin