25
o‘lchamdagi ma’lum adsorbent bilan to‘ldiriladi. Xromatografiyada adsorbent
sifatida, asosan, alyuminiy oksid, silikagel,
gilmoya kukuni, sellyuloza, poliamid
va boshqalar ishlatiladi. Moddalarni xromato-grafik
kolonkalarda ajratishda
ko‘pincha maxsus “Xromato-grafiya uchun” deb belgilangan turli markadagi
alyuminiy oksid va silikagellardan foydalaniladi. Bu adsorbentlarni ishlatishdan
oldin teshiklari 0,25 mm o‘lchamdagi elakdan o‘tkazib olinadi. Кolbaga adsorbent
va xromatografiya uchun
tanlangan erituvchidan solib, yaxshilab chayqatiladi.
So‘ngra hosil qilingan alyuminiy oksid suspenziyasi kolonkaga oz–ozdan quyiladi
va adsorbentni yaxshi joylashtirish uchun kolonka vaqt–vaqti bilan yo‘g‘on bir
bo‘lak vakuum rezina bilan urib turiladi. Кolonka devoriga yopishib qolgan
adsorbent esa erituvchi bilan yuvib tushiriladi. Кolonka shu tarzda adsorbent bilan
to‘ldirilgandan so‘ng tozalanishi
lozim bo‘lgan aralashma
eritma holida yoki
alyuminiy oksid bilan aralashgan holda kolonkaga asta–sekin solinadi, kolonka
erituvchi bilan yuviladi. Кolonkadan erituvchining oqib o‘tish tezligi jo‘mrak
yordamida boshqarib turiladi. Bunda kolonkadan
oqayotgan erituvchining
Dostları ilə paylaş: