Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Suv bug`i bilan haydash.
 
Suv bug`i bilan haydash organik moddalarni 
tozalash va murakkab aralashmalarni ayrim komponentlarga ajratishda keng 
qo`llaniladigan usullardan biridir. Bu usul faqat moddalarni tozalashning 
laboratoriya usuli bo`lmasdan, balki texnikada ham keng ko`lamda qo`llaniladi. 
Suvda kam eriydigan yoki aralashmaydigan, suv bilan reaktsiyaga kirishmaydigan 
hamda qaynash temperaturasigacha qizdirilganda parchalana boshlaydigan 
moddalar suv bug`i bilan haydaladi. 
Suv bug`i bilan haydashda kolbadagi suv qaynatilib, suv bug`i aralashma 
solingan yumaloq tubli haydash kolbasiga naycha orqali yuboriladi. Haydash 
vaqtida haydash kolbasini
 
qizdirib turiladi, aks holda suv bug`larining 
kondensatlanishi hisobiga haydash kolbasidagi suyuqlikning hajmi ortib ketishi 
mumkin. Suv bug`i haydash kolbasidagi aralashma orqali o`tib, kerakli moddalarni 
bug` holida o`zi bilan birga olib ketadi va bug`lar sovitgichda kondensatlanib, 
yig`gich
idishga yig`iladi. Haydash sovitgichdan faqat toza suv tomchilari ajralib 
chiqa boshlaguncha davom ettiriladi. 
Anilinni suv bug`i bilan haydash. 
Haydash kolbasiga 30 ml texnik anilin va 
70 ml suv solinib, suv bug`i bilan haydash asbobi yig`iladi (18- rasm). So`ngra 
suv bug`i hosil qiluvchi kolbadagi suv qaynatiladi va hosil bo`lgan bug` nay orqali 
xaydash kolbasidagi aralashmadan o`tib, bu suv bug`i bilan birga anilin haydaladi. 
Yig`gich idishda suv bilan anilin emul’siyasi yig`iladi va asta-sekin anilin qatlami 
ajrala boshlaydi. Sovitgichdan tiniq suv tomchilari ajrala boshlaguncha haydash 
davom ettiriladi. Anilinni to`liq ajratib olish uchun haydab olingan aralashma osh 
tuzi bilan to`yintiriladi va bu eritmadan anilin etil efiri bilan 3 marta (50 ml dan) 
ekstraktsiya qilinadi. efirli ekstrakt o`yuvchi kaliy bilan quritilib fil’trlanadi, suv 
hammomida efir haydab olinadi, so`ngra havo sovitgichi orqali anilin haydaladi. 
Toza anilinning qaynash temperaturasi 184,5°C. 


23 
18-rasm. Suv bug`i bilan haydash qurilmasi 
1-bug` hosil qiluvchi kolba, 2- haydash kolbasi, 3- sovutgich, 4-allonj, 5-yig`gich 
kolba 
19-rasm. Bug’ hosil qiladigan idish 
20-rasm. Kam miqdordagi moddalarni 
suv bug’i bilan haydash asbobi 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin