Organizmni chiniqtirishning har xil turlari — xonalarda, ravonlarda, dovdaraxtlar soyasida havo vannalari qabul qilish, yengil kiyimlarda asta-sekin sayr etishga oʻrganish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy mashqlardan keyin xoʻl sochiq bilan artinish, boshdan suv quyish yoki dushga tushish, yozda esa suv va havo temperaturasi kamida 20— 22° boʻlganda choʻmilish lozim.

Bolalarni chiniqtirish yosh avlodni sogʻlom qilib tarbiyalashga imkon beradigan asosiy profilaktik tadbirdir. Bolalar sof havo yetishmasligiga juda sezuvchan boʻladi. Uzoq muddatgacha yaxshi shimollatilmaydigan xonalarda boʻlgan bolalar lanj, injiq boʻladi. Uyqusi buziladi, ishtahasi boʻlmaydi, boshi ogʻriydi, koʻngli aynib turadi, kamqonlik roʻy beradi.
Goʻdak atrof muhitning fizik omillariga asta-sekin moslashadi, chunki uning muhofaza reaksiyalari sust rivojlangan boʻladi. Bolani qayotining birinchi kunlaridan boshlab ehtiyotlik bilan muntazam chiniqtira borish, lekin bunda uning aʼzo va sistemalari funksional jixatdan hali yetilmaganligini yoddan chiqarmaslik kerak. Gipotrofiya, raxit, qaytalab turadigan yoki xronik kasalliklardan kuchsizlangan bolalar organizmi chidamini oshira-digan muolajalarga ayniqsa muhtoj boʻladi. Sof havo har qanday kasalliklarda samarali taʼsir koʻrsatadi. Nimjon va kasalmand bolalarga, asosan, sust taʼsir etadigan suv muolajalari: hoʻl sochiq bilan artib turish, oyogʻiga suv quyish tavsiya qilinadi. Suv temperaturasi (35—36°) asta-sekin pasaytirib boriladi va bolaning umumiy holati yaxshilanganda sogʻlom bolalar uchun tavsiya etiladigan darajaga yetkaziladi