Odatda, bemorning individual xusu-siyatlari, yoshi, kasallik bosqichi va kechishini, yil fasli va b.ni hisobga olib vrach buyurgan muolajalar, shuningdek, uning tavsiyasi va nazoratida tegishli iqlimli kurortda muolajalar oʻtkazish nerv sistemasining boshqaruv funksiyasini yaxshilaydi, organizmning moslashuv mexanizmini takomillashtiradi, atrof muhitning turli noqulay obhavo omillariga chi-damini oshiradi, organizmni chiniqtiradi (qarang Organizmni chiniqtirish). Shahardan tashqarida joylashgan mahalliy sanatoriy va kurortlarda I.b.d. muolajalari kompleks ravishda (havo vannalari, quyoshda toblanish, choʻmilish), shuningdek, organizmning hola-tiga qarab bir necha rejim asosida oʻtkaziladi. Davolanish rejimdan boshlanadi, uning taʼsirida bemor aʼzo va sistemalarining fiziologik funksi-yalari nihoyatda kam zoʻriqish bilan kechadi.

Suv bilan davolash, gidroterapiya — davolash, gigiyena va profilaktika maqsadida suvdan foydalanish. Bu muolaja qadimdan maʼlum. 19-asrga kelib ilmiy jixatdan asoslab berildi. Suv bilan davolashd. muolajalari dush vannalar, yuvinish, badanni xoʻl sochiq bilan ishqalab artish, boshdan suv quyish, hoʻl choyshabga oʻralib yotishdan iborat.

Suv bilan davolashd.da teridagi nerv oxirlari (retseptorlar)ga suvning temperatura, mexanik va kimyoviy omillari taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsirotlar reflektor ravishda markaziy nerv sistemasi orkali organizmning barcha aʼzolari va sistemalarida javob reaksiyasini paydo qiladi.