rotorlarga o‘rnatilgan pichoqlar esa bir-birining o‘rtasiga tushadigandek
joylashtirilgan.Rotorlarning gorizontal joylashishiga
muvozanatlovchi prujinalar
tarangligini o‘zgartirish hisobiga erishiladi.
204-rasm. Rotorli pichano‘rgich:
1
–saqlagich;
2
–ustun;
3
–rama qanoti;
4
–sapfa;
5
–brus;
6
–pichoq;
7
–rotor;
8
–
bo‘lgich;
9
–to‘siq;
10
-kronshteyn;
11
–osgich;
12
–o‘q;
13
–rama.
Bo‘lgich
8
brusning oxiriga deyarli tik o‘rnatilib, o‘rish vaqtida chegaradagi
poyalarni harakat yo‘nalishi bo‘yicha ichkariga engashtirib ketadi.Keyingi yurishda
traktor g’ildiragi ularni bosmaydi, nobudgarchilik ko‘paymaydi.
Brus ramaga saqlagich orqali ulangan bo‘lib, u to‘siqqa uchraganida burilib,
sinishdan saqlanadi.
Pichano‘rgichning texnologik jarayoni quyidagicha o‘tadi.
Aylanayotgan
rotordagi pichoq markazdan qochirma kuchlar ta’sirida radius bo‘yicha joylashadi,
natijada qo‘shni rotor pichoqlarining trayektoriyalari bir-birini
qoplashi hisobiga
chala o‘rishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aylanayotgan pichoq
kesib olgan poyalar rotor
ustidagi g’ilofdan sirpanib o‘tib, yerga tushadi.
Muvozanatlovchi mexanizm boshmoqlarga
tushadigan yuk bosimini
o‘zgartirish va o‘rish apparatini transport holatiga ko‘chirish uchun xizmat qiladi.
Traktorga yaqin bo‘lgan boshmoqqa tushadigan yuk 270-500 N, chetki boshmoqqa
- 100-300 N qilib sozlanadi.
Rotor 1950-3000 ayl/min tezlikda aylanib, pichoqning chiziqli tezligini 65 m/s
gacha
yetkazadi, o‘rgichning o‘zi esa 15 km/soat tezlikda ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: