O‘rgichlar. Reja: 1



Yüklə 492,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü492,51 Kb.
#167785
  1   2   3   4   5   6
17 - Ma’ruza



17 – Ma’ruza 
Mavzu: YEM-XASHAK YIG‘ISHTIRISH TEXNOLOGIYALARI. PICHAN 
O‘RGICHLAR. 
 
REJA: 
1.
 
Yem-xashak yig’ishtirish texnologiyalari 
2.
 
Pichano‘rgichlar
 
1. Yem-xashak yig’ishtirish texnologiyalari 
Tabiiy o‘tlar, beda, boshqa madaniylashtirilgan o‘simlik poyalari o‘rilib, 
quritilgandan so‘ng hosil bo‘ladigan mahsulotdan yem- xashak sifatida 
chorvachilikda foydalaniladi. Chorvachilikda makkajo‘xori, raps, kungaboqar va 
boshqa shirali ekinlardan tayyorlangan silos to‘yimli ozuqa sifatida ishlatiladi.
 
Yem-xashak yig’ishtirishda quyidagi texnologiyalar mavjud:
 

 
Pichanni yoyilgan holda yig’ishtirish texnologiyasi o‘tlarnio‘rish (ba’zan, 
o‘rib-ezish), dalada tabiiy holda quritish, quritilayotgan pichanni titish, ag’darish, 
xaskashlab to‘plash, uyumlash va saqlashga qo‘yishni o‘z ichiga oladi. Pichanni o‘ta 
quritib yubormaslik muhim ahamiyatga egadir.
 

 
Pichanni presslab yig’ishtirish texnologiyasida o‘rish (ba’zan, ezish), titish, 
uyumlash, uni ag’darish, yig’ishtirib presslash va transportlash kabi ishlar bajariladi. 
Bu texnologiyada ob-havo va mexanik ta’sirining salbiy natijasi keskin kamayadi, 
pichan tabiiy sifatini pasaytirmasdan saqlanadi, isrofgarchilik va tannarx kamayadi.
 

 
Pichanni maydalab yig’ishtirish texnologiyasida o‘t-o‘lanni o‘rib-ezib, 
quritish, titish, xaskashlab to‘plash, ag’darish, terib olish va 3-5 sm uzunlikda 
maydalash, uni transportlash va qo‘shimcha quritish bajariladi.
 
Senaj tayyorlash texnologiyasida o‘t o‘rilib eziladi, dalada qisman quritilib, 
namligi 50-55% gacha kamayganida, 20-30 sm uzunlikda maydalanadi va senaj 
minorasi yoki transheyaga solinadi, zichlanadi va germetik yopiladi.
 
Pichan uni tayyorlash texnologiyasida o‘t o‘riladi, eziladi, titiladi, uyumlarni 
to‘plash, maydalash, transportlash, sun’iy quritib, servitaminli un yoki granulalar 
olinadi.
 


Silos tayyorlash texnologiyasida o‘t o‘rilib maydalanadi, yuklanadi, silos 
minoralari yoki transheyalariga solinadi, tuzlanadi, zichlanadi va tuproq bilan 
ko‘miladi. 

Yüklə 492,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin