Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(1), Jan., 2023 750
Jondor shevasida oziq-ovqat, meva, sabsavot, o‘simliklarning o‘ziga xos
nomlari mavjudki, ular boshqa hududlarda uchratish mumkul yoki boshqa fonetik
shaklda qo‘llanishi bilan farqlanadi.
Biz ishimizning davomida o‘zbek tilining Jondor shevasida qo‘llanadigan meva
va o‘simlik nomlarining ayrimlarini semntik-etimologik tadqiq etamiz.
Zardoli – tojikcha “zard” – sariq, oli – danakli ho‘l meva, yaʼni sariq oli degani
bo‘lib, aynan o‘rik mevasidir.
G‘o‘ling – o‘rikning qoqisi, adabiy tildagi turshak.
Qaroli – qora+oli bo‘lgan va vaqt o‘tib fonetik nuqtayi nazardan soddalashib,
bir urg‘u bilan talaffuz etilish holatiga kelgan hamda qaroli shaklida muqimlashgan.
Javpazak – javzo – yulduzlar burjidagi oy nomi, pazak – fors-tojikchada
pishmoq. Javzo oyida pishadigan olma navi. Avvalboshda “javzopazak” shaklida
bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan
javpazak ko‘rinishiga kelgan.
Hazorispan – aslida:
hazorispand . Manbalarda
sipand shakli ham uchraydi.
Yovvoyi shifobaxsh o‘simlik bo‘lib shamollashda keng qo‘llanadi. Jondor shevasida
hazorspan, hazorispan, hazorispand kabi shakllarda qo‘llanshi ahm kuzatiladi.
Sidona – aynan
siyohdona bo‘lib, “siyoh” – qora va dona so‘zidan kelib chiqqan,
qora dona demakdir.
Zomicha – aslida
zomucha bo‘lib, qonunning xushbo‘y, tezpishar turi. Adabiy
tilda: handalak. Zomcha shaklida keng qo‘llanadi.
Birinj – fors tilida sholining doni
birinch deyiladi. Adabiy tilda:
guruch deganidir.
Jondor shevasida uy-ro‘zg‘or anjomlarini atovchi bir qancha nomlar ham bor.
Bular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
Jo‘rob – joy va fors-tojikchada ro‘btan – supurmoq so‘zidan kelib chiqqan
bo‘lib, “joy ro‘b” – joyni supuruvchi deganidir. Vaqt o‘tib joy ro‘b tublashib jo‘rob
shakliga kelgan.
Kafgir – forscha “kaft” – qo‘lning bir qismi va “gir” – olmoq so‘zidan kelib
chiqqan bo‘lib, kapgirni odam qo‘li va kaftiga o‘xshashligi asos qilinib shu nom
yuzaga kelgan.