Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 512
w www.oriens.uz March 2022 berilgan mavzular bo’yicha fikr almashishlarining imkoni bo’ladi. Think-Pair-Share
ingliz tilidan tarjima qilinganda think ya’ni o’ylash, fikr yuritish, pair esa juft, ya’ni
talabaning u bilan birga muhokama qiladigan sherigi va share bo’lishmoq so’zlaridan
tashkil topgan. Ushbu metod yordamida unchalik keng qamrovli bo‘lmagan va hatto
murakkab mavzularni ishlab chiqish mumkin. Ushbu metod yordamida o’qib
o’rganish ayniqsa, guruhda ishlash qobiliyatini rivojlantirishga va bilimlarni
yaxshiroq egallashga ko’mak beradi. Think-Pair-Share metodining birinchi
bosqichida har bir talaba berilgan vazifani o’zi alohida o’rganib chiqadi (Think).
Ikkinchi bosqichda u o’rgangan bilimlarini boshqa bir talaba bilan o’rtoqlashadi
(Pair). Va nihoyat uchinchi bosqichda barcha olingan bilimlar va g’oyalar guruhning
barcha a’zolari bilan muhokama qilinadi (Share). Ushbu uch bosqich quyidagicha
tashkil qilinadi: Fikr yuritish ya’ni think bosqichida talabalarga vazifa beriladi. Bu
matnn, diagramma, grafikni tasvirlash yoki kerakli xulosalarni yozishga asoslangan
vazifalar bo’lishi mumkin. Navbatdagi bosqichda ular qilgan ishlarini va xulosa va
natijalarini biror kursdoshiga tushuntirib, uni 5-10 minut davomida muhokama
qilishlari kerak bo’ladi. Pair bosqichida talabalar ikki kishidan iborat guruhlarda
ishlaydilar va natijalarni muhokama qiladilar: Bunda birinchi talaba ikkinchi talabaga
tushuntiradi va ikkinchi talaba aytilgan fikrlarni qayd etib boradi. Keyin xuddi shu
tarzda takrorlanadi: ikkinchi talaba fikrlarini bayon qiladi, birinchi talaba esa yozib
oladi. 5-10 minut davomida talabalar nafaqat o’zlarining fikr va mulohazalari balki
sherigining ham xulosalari bilan yaxshi tanishib chiqqan bo’lishlari, hatto uni taqdim
qila olishlari lozim bo’ladi. Share bosqichida barcha xulosa va natijalar butun
guruhga taqdim qilinadi. Olingan natijalar asosida guruhlarda plakat, taqdimot yoki
ma’ruzalar tayyorlanadi. Ushbu metod kichik guruhlarda tayyorlangan taqdimot va
ma’ruzalarni auditoriyada muhokama qilish bilan yakunlanadi.
XULOSA Ushbu metodlar talabaning faqatgina individual ishlashi bilan cheklanib
qolmasligi, guruhda ishlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida
qo’llaniladi. Yuqorida qayd etilgan metodlarning yana bir afzalliklaridan biri unda
o’qituvchi faqatgina bilim berish bilan chegaralanib qolmay, talabani ham mustaqil
o’qib o’rganishga undaydi, mustaqil ta’limni tashkil qiladi va o’zi kuzatuvchi
vazifasini bajaradi. Bu esa talabada erkin fikrlash, o’zini yanada rivojlantirish,
qobiliyatlarini namoyon qilish, kreativ bo’lish va o’zi o’rgangan bilimlarni o’rgatish
qobiliyatlarini rivojlantiradi.