Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 29
w www.oriens.uz December 2022 O‘sib kelayotgan yosh avlodda ijodiy faollikni va uning negizida yotuvchi ijodiy
qobiliyatni shakllantirish respublika maktablari oldida turgan muhim vazifalardan
biridir. Chunki «hozirgi maktabning asosiy vazifasi ta’lim metodlarini,
o‘quvchilarning fikrlashlarini taraqqiy ettirish metodlarini takomillashtirishdir».
G‘.B.Shoumarov mamlakat fuqarolarining aqliy saviyasiga alohida urg‘u berib,
har bir davlat, jamiyat taraqqiyoti, uning istiqboli o‘z fuqarolarining saviyasi bilan
belgilanishini e’tirof etadi. Jamiyat va fan-texnikaning rivojlanishida aql muhim omil
va mezonlardan biridir. SHuningdek, SHoumarov har qanday insonparvarlik
jamiyatida aqli zaiflarga e’tibor muhimligini uqtirib, aqli zaiflik omillarini markaziy
asab tizimining organik buzilishi, shuning oqibatida bola bilish faoliyatining turg‘un
pasayishidir deydi.
R.Toshimov va M.Mamatovlar aql-idrok (intellekt) ni tadqiq qilishning nazariy
asoslarini yaratish lozimligini uqtirishadi. Aqliy rivojlanishni tekshirish, o‘rganish va
hayotga tatbiq etish diagnostik metodlarsiz amalga oshmaydi. Aqliy imkoniyatlarning
diagnostikasi jarayonidagi inson qobiliyatlariga amaliy yondashuv shaxsning bir
aqliy taraqqiyoti bosqichidan boshqasiga o‘tishiga yordam beruvchi muayyan
ko‘lamdagi bilimlar bo‘lishini taqozo qiladi.
E.Z.Usmonova inson bilimi qanchalik keng va chuqur bo‘lsa, uning aqliy
faoliyatining tajribasi shunchalik mukammallikka ega. U shunchalik ko‘p hal
etilmagan muammolarni ko‘ra oladi, ongidan shunchalik tez echimni talab etuvchi
fikriy vazifalar yuzaga keladi, deb aqliy rivojlanishni bilimlarni chuqurlashtirishga
bog‘laydi. Aqlning muhim sifatlaridan bo‘lgan tafakkurga alohida urg‘u berib, uning
yordamida sezgi, idrokka berilmagan va umuman kuzatish imkoniyati bo‘lmagan
hodisalarni aqlan hal qilish mumkinligini ta’kidlaydi.
B.R.Qodirov o‘z ishlarida zehn, iste’dod aqliy taraqqiyot yuzasidan tadqiqot
ishlari olib borgan. Hatto bu borada bank tuzishga ham muvaffaq bo‘lgan.
«Intellektual potensialni boyitish aqliy zakovatni shakllantirishning ommaviy va shu
bilan birga an’anaviy, hech kimning e’tiroziga sabab bo‘lmaydigan turlariga diqqatni
ko‘proq qaratish, imkon darajada ular moddiy-moliyaviy tomonlarini kuchaytirish,
ma’lum yutuqqa erishayotgan yoshlarni kengroq rag‘batlantirish, ularga tegishli
moliyaviy va madaniy muhit yaratish juda katta ahamiyatga ega.
Aqliy faoliyatni tarbiyalaydigan, uning mahsuldorligini oshiradigan, ijodiy
xislatlarni rivojlantiradigan an’anaviy metodlar doirasiga quyidagilarni kiritish mukin:
1. Maktablarda fanlardan ilmiy to‘garaklar.
2. O‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida o‘quvchilarning ilmiy jamiyatlari.
3. O‘quvchilar va o‘quvchilarning har xil doirada o‘tadigan olimpiadalari.