Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 377,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix24.04.2023
ölçüsü377,77 Kb.
#101933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
o-quvchilarni-intellektual-rivojlantirishning-psixologik-pedagogik-xususiyatlari (4)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 12 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
31 
w
www.oriens.uz
December
2022
 
bilim oqibatida dunyo mavjud bo‘ladi. Insonning qonunni kashf qilish uchun unda 
erkin ijod bo‘lishi kerak. 
U hayotiy jo‘shqinlik haqida gapirar ekan intuitiv bilimga ko‘proq e’tibor beradi. 
Intuitiv bilishga fanning kuchi etmaydi. Intuitsiya har bir insonda uchraydi va u bilan 
yashaydi. Intuitsiya bu ijod ruhidir. Bergson fikricha, intuitsiya hammada bor. Lekin 
insonlar uni, ayrim hollarda ochib berolmaydi. Bergson intuitsiya va intellektni bir-
biriga qarama-qarshi qilib qo‘ymaydi, balki intellektual bilim intuitsiyaga xizmat 
qilishi kerak, deydi. Bergson, fikrlar bizga tafakkur olamidan keladi. Inson pok bo‘lsa, 
unga yaxshi fikrlar keladi, nopok bo‘lsa, unga nopok fikrlar keladi, deydi. 
Intellektual o‘z-o‘zini anglash vositasi bu mantiqdir, simvollar ustida 
ishlashning anglangan qat’iy qarorlaridir. 
Mashxur amerikalik faylasuf Uilyam Djeymsning fikricha, inson tafakkurida 
mavhum fikr yuritish qobiliyati rivojlanar ekan, u o‘zini boshqa mavjudotlardan 
ajratadi. O‘z oldiga maqsad qo‘yib, uni ongli ravishda bajarishga intiladi. Insonning 
aqli uni butun borliqdan ajratib turadi va unga ta’sir ko‘rsatishga yordam beradi. Har 
bir insonda fikrlar doirasi va oqimi individual shaklga ega. SHuning uchun 
odamlarning ongi bir-biridan ajralib turadi.
Intellektni o‘lchash muammosi XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib 
izchil hal qilindi. Horijda bunday ishlar Spirmen, Bine-Simon, Ayzenk va boshqalar 
tomonidan o‘rganilgan. Ular qobiliyatlar va iqtidorni o‘rganish uchun maxsus 
testlardan foydalanildilar. Bu testlarning umumiy mohiyati shundan iboratki, ularda 
topshiriqlar tizimi tobora qiyinlashib boradi. Masalan, Ayzenkning mashhur intellekt 
testi 40 ta topshiriqdan iborat bo‘lib, u intellektual jarayonlarning kechishi tezligini 
o‘lchaydi. Bu erda vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa mualliflar sekin ishlash-
qobiliyatsizlik belgisi emas deb, boshqacharoq usullarni o‘ylab topganlar. Ko‘pchilik 
olimlar uchun, masalan rus olimlari uchun qobiliyatning o‘lchashni ishonchli mezoni-
bu shaxs yutuqlarini va uning qobiliyatidagi o‘zgarishlarni bevosita faoliyat 
jarayonida qayd etishdir. 
XX asr fenomenologik maktabining asoschisi bo‘lgan Edmund Gusserlning 
(1859-1938) fikricha, ong bu murakkab tuzilma bo‘lib, uning markazida aql 
joylashadi. Aqlning yorqin nurlari ongning barcha xilvatlarini yoritib turadi. Ong 
uchun aql bu yagona va eng yorqin quyoshdir. Aql nurlarida fikr oqimi jilvalanadi. 
Fikr oqimiga 4 xususiyat xosdir: 
1. 
Fikrlar go‘zalligi va mukammalligi; 
2. 
Fikrlarning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro hamkorligi; 
3. 
Fikrlarning mohiyati va ularni mantiqiy tushunchalar orqali aks ettirilishi. 



Yüklə 377,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin