Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 32
w www.oriens.uz December 2022 4.
Bu fikrlar oqimini o‘rganuvchi fenomenolog olimning his-tuyg‘ulari. Bu
his-tuyg‘ularning fikrlar oqimiga ta’sir qilishi.
J.Piaje intellekt nazariyasini ikkita muhim jihatga ajratgan bo‘lib, intellekt
funksiyalari va intellektning asosiy davrlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Intellektning
asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish)
kiritilib, ular Intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. Intellekt
faoliyatining tartibliligi deganda subektning intellektual aktivligini ko‘rsatish
jarayonida yaxlit holatning va unga kiruvchi boshqa elementlarning, shuningdek,
ularning o‘zaro munosabatlarini ajrata olish tushuniladi[1, 122-123].
Intellektning adaptatsiya funksiyasi o‘z navbatida assimilyatsiya va
akkomodatsiya protsesslaridan tuziladi. Ushbu nazariyaga binoan, Assimilatsiya
deganda idrok qilish (anglash) mumkin bo‘lgan obekt to‘g‘risidagi harakteristikalarni
tiklash anglanadi, akkomodatsiya bu bilishga inyiluvchi subektning modiy borliqning
talablariga moslashish pratsesidr. Anglash mumkin bo‘lgan obektning individ
tomonidan yaxlit xarakteristikasini idrok qilishning yuz berishi bilan mazkur protsess
tugallanmaydi, balki obektning o‘zi ham bilish faolligining ortib borishi natijasida
o‘zgarib boradi.
J.Piaje konkret operatsiyalar davrining predmetlar bilan aloqada ekanligini
ta’kidlab psixologiyada olg‘a siljishga yordam beradi. Formal operatsiyalar davriga
izoh berilganda esa predmetlar bilan tobora aloqa yo‘qola borishi qatd qilinadi.
Intellektning o‘sishi inson operatsilar sistemasidaniborat ekanligi aytib o‘tiladi.
Intellektning taraqqiyot pallasida aqliy harakatlar yig‘iq holda bo‘ladi. Shuning bilan
birga, J.Piaje nazariyasiga ko‘ra, intellekt davrlarining o‘zaro o‘rin almashishi
tafakkurni o‘sishini bildiradi, davrning ketma-ketligi esa o‘sishning ichki
qonuniyatlarini ifodalaydi[1, 122-123].
J.Piaje intellektual ta’limoti muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda obektiv
“klinik” metod qo‘llanilgan, intellektning genetik ildizi berilgan intellekt bilan
predmatlaro‘rtasida xususiyatlar yoritilgan, intellektual faoliyatda subektning
o‘zgarib borishi emperik va nazariy ma’lumotlar bilan isbotlab berilgan.
Rus psixolog olimlari L.S.Vigotskiy, O.K.Tixomirov, B.D.Bogoyavlar
tomonidan inson intellektual qobiliyatining rivojlanishi yosh xususiyatlari bilan
bog‘liq bo‘lmagan holda, eng yosh bolalik chog‘lari bilan va eng qarilik chog‘larda
ham keng qamrovli fikr mulohazalarning ko‘rinishi ekanligini aniqlagan. Bundan
tashqari, odam miyasi hamma vaqt mashq qilib turishni taqozo qilib, faol aql barcha
fiziologiyani muvozanatda ushlab turadi.