Qo‘yilgan vazifaning bajarilishiga qarab baho berilishi kerak. Bolaning ishini to‘g‘ri baholab, «to‘g‘ri» yoki «noto‘g‘ri» deyish bola uchun oddiy maqtovdan ancha qimmatlidir.
Ish kanchalik yaxshi tahlil qilinsa, u bolaning kelgusida ishini tuzatib olishiga yaxshiroq imkoniyat yaratadi.
Mashg‘ulotdan keyin tarbiyachi bolalarni o‘yinga taklif etadi, boshqa mashg‘ulot bo‘lmasa, sayrga tayyorlanishadi.
Mashg‘ulotda tarbiyachining bolalarga qo‘yadigan talabi ularning yoshi va imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak. Birinchi kichik guruh bolalarini ikkiga bo‘lib mashg‘ulot o‘tiladi. Tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan mashg‘ulot o‘tkazganda ikkinchi guruh bolalariga enaga qarab turadi. Tarbiyachi mashg‘ulot paytida hamma bolalarning faol qatnashishlariga harakat qiladi: savolga to‘g‘ri javob berishlarini, tayyorlanishi kerak bo‘lgan jihozlar, bolalar bilan olib boriladigan dastlabki ishlar (agar bunga zarurat bo‘lsa), mashg‘ulotning borishi va tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko‘rsatiladi. Mashg‘ulot jarayonini bayon etib yozishda mashg‘ulotning boshi va oxirida (yakun chiqarish va keyingi faoliyat turiga o‘tishda) bolalarni uyushtirishni alohida ajratib ko‘rsatish kerak.
Mashg‘ulot muvaffaqiyatli o‘tishi uchun jihozlarni o‘z vaqtida tayyorlash zarur. Ularni tanlash mashg‘ulotning mazmuniga va tarbiyachi belgilagan metodik usullarga bog‘liq.
Odatda metodika kabinetida «MTTda ta'lim-tarbiya dasturi»ning hamma bo‘limlari bo‘yicha metodik qo‘llanmalar bo‘ladi. yetishmaganini tarbiyachi o‘zi tayyorlaydi, ba'zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarini jalb etadi. Mashg‘ulot uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, didaktik materiallar hamma bolalar uchun yetarli ekanligini tekshiradi.
Agar tarbiyachi ekskursiya o‘tkazadigan bo‘lsa, u oldindan ekskursiya o‘tkaziladigan joyga borib kelishi, kuzatish uchun ob'ekt tanlashi, bolalarni qanday joylashtirishni o‘ylab qo‘yishi, eng yaqin va xavfsiz marshrutni tanlashi kerak. Mayda sanoq materiali, rasm mashg‘uloti, applikatsiya, qurish-yasash uchun materiallar, she'r, ertak matnlari oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Ba'zi mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ancha oldin boshlanadi. Masalan, kichik guruh bolalariga ekish yoki ko‘chat o‘tkazishga qiziqish uyg‘otish uchun ularga ko‘karib turgan o‘simlikni ko‘rsatish kerak. Buning uchun uni avval yetishtirish zarur.
Navbatchilar mashg‘ulotga kerakli jihozlarni tayyorlaydilar, stol, stullarni qulay qilib joylashtiradilar, qo‘llanma va, materiallarni qo‘yib chiqadilar. Jismoniy tarbiya va musiqa mashg‘ulotlaridan oldin bolalar poyafzalni almashtiradilar, sport formasini kiyadilar.
Dostları ilə paylaş: |