O‘rinbosari N. J. Toshmanov


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 491,1 Kb.
səhifə64/77
tarix05.12.2023
ölçüsü491,1 Kb.
#174071
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77
Shahrisabz filiali-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
  1. “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.


  2. “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoni.


  3. “2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016- yil 29-dekabrdagi PQ-2707-sonli Qarori.


  4. “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9- sentyabrdagi PQ-3261-sonli Qarori.


  5. Rahimov Sh. Asosiy vazifa – bolalarni ta'limga qamrab olish.// “Maktabgacha ta'lim” jurnali, 3-son, 2017. 2-3 bet.


  6. Quronov M. Bolam baxtli bo‘lsin, desangiz...: ota-onalar uchun. – T.: Manaviyat, 2013. – 320 b.




19-mavzu: Aqliy tarbiya

Reja:
  1. Aqliy tarbiya haqida tushuncha.


  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi


  3. Aqliy tarbiya vazifalari.


  4. Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta'lim berishning o‘ziga hosligi.


  5. Mashg‘ulot - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishning asosiy shakli





Tayanch tushunchalar:

Sezish – atrofdagi narsa hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi xususiyatlarining miyamizga ta'sir etishi.

Perseptiv qobiliyat – bolalarning ruhiy holatini his qilish, tushuna olish orqali yuzaga chiqariluvchi qobiliyat.

1. Aqliy tarbiya haqida tushuncha
Aql – keng ma'noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni ӯz ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‘indisidir.
Aqliy tarbiya – bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta'sir ko‘rsatish. U yosh avlodning insoniyat to‘plagan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarda, qoidalarda o‘z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro‘y beradi.
Bu ta'sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sharoitlar yaratishni o‘z ichiga oladi.
Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi, bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo‘ladi. Ular aqliy faoliyatning jo‘shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o‘z ifodasini topadi.
Aqliy faoliyat diqqatning har doir ma'lum maqsadga qaratilgan bo‘lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoliyatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi.
Aqliy tarbiyasi yetuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik – bu donolik. Donolik insonning eng buyuk va olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne'matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas», - deyiladi.
Insoniyat paydo bo‘lgandan beri odamlar orasida yetishib chiqqan barcha olimu fozillar, shoiru-yozuvchilarning barchasi mukammal ilm egallash orqali o‘z davrining e'tiborli kishilari darajasiga ko‘tarilganlar.
Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Ali Ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar, g‘arb olimlaridan Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar yaratganlar.
Tarixan ta'lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakllanib borish barobarida, ta'lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuvchining sifatlari, yani ta'limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi.
Xitoyning Samarqanddagi elchisi Vey Szining hisobotlarida: «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir. O‘g‘il bola besh yoshga to‘lar ekan, unga savod o‘rgata boshlaydilar», - deb qayd qilingan.
Zardushtlik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta'lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi o‘qishni keyin esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin» deyilgan.
Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida inson takomilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e'tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Aql ma'nolari to‘g‘risida», «Ilmlarning kelib chiqishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Farobiy ta'limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni yetishtirishdan iborat deb biladi.
Beruniyning bilimlarni egallash yo‘llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchilarga bilim berishda ularni zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi mavzularni qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish va hokazolarga e'tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o‘zi sezishi mumkin bo‘lmagan holatlardan, behuda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini aytdi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo‘lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarur deb biladi. U ta'limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi: bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilmaslik, ta'limda yengildan og‘iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolaning yoshiga mos bo‘lishi, o‘qitishda jamoa bo‘lib o‘qitishga e'tibor berish, ta'lim berishda bolani qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish, o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish.
Abu Ali Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.
Mushoxada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarini tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich. O‘zlashtirilgan bilim, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql deyiladi.
Olim aqlni 3 bosqichga bo‘lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin xali harflarni ham, yozishni ham bilmaydigan bolalarni nazarda tutgan.
Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o‘rganayotgan bolalarning aqli tasavvur kilinadi.
Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo‘ladi.
Ibn Sino aql deganda insoning tug‘ma iste'dodini, bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi.



Yüklə 491,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin