Rasm 1.2 Real vaqt masshtabida ishlash 1.2 Rasmda uch vaqt keltirilgan: t1 - datchikdan signal olingan vaqti, t2 –bajaruvchi qurilmaga boshqaruvchi ta’sirni uzatish, t3 - boshqaruvchi ta’sirni uzatishni chegaraviy muddati. Agar ma’lum bir sabab bo’yicha boshqaruvchi signal uzatilishi kechiksa, signal t3 dan keyin ishlab chiqilsa boshqaruvchi signal foydasiz yoki zararli bo’ladi.
1.O’rnatilgan tizim standartlari 2.Dasturlash tillari haqida umumiy tushunchalar.
3.Dasturlash tillarining asosiy satndartlari.
4.Dasturlash tillari bilan O’rnatilgan tizimlarning O’zaro bogliqligi.
Tayanch iboralarSath (qatlam), yadro, Monolit struktura, mikroyadro, market segment, Java TV, ISO/IES OpenTV, MicrosoftTV 1.O’rnatilgan tizim standartlari O’rnatilgan tizim bilan birgalikda maxsus metodologiyadan olingan, aniq yo’naltirilgan yana bir muhim komponent bu standartdir. Standart bu komponentlar qanday qilib loyihalashtirilishi kerak va tizimning muvoffaqiyatli ishlashi uchun qanaqa qo’shimcha komponentlar kerak bo’lishini aytib turadi va nazorat qiladi. Quyidagi rasmda ko’rsatilganidek, standartlar o’rnatilgan tizimlarning modeli har bir pog’onasi uchun maxsus bo’lgan funktsionalligini aniqlaydi va maxsuslashtiriligan-market, umumiy maqsadli va ikkalasiga kiruvchi sinflarga bo’linishi mumkin. Qat’iy maxsuslashtirilgan-market standartlari texnikaga yaqin yoki oxirgi foydalanuvchi xususiyatlarini mujassamlashtiradigan aniq o’rnatilgan tizim guruhi funktsionalligini ifodalaydi va quyidagilardan tashkil topgan:
- iste’molchi elektronikasi;
- meditsina. Diagnostika, kasallikni oldini olish, monitoring qilish, kasallikni qidirish maqsadlarida foydalaniladigan apparat vositalar va ularning dasturiy ta’minoti
- sanoatda avtomatlashtirish va boshqaruv;
- tarmoq va telekommunikatsiya;
- avtomatika;
- aerokosmik va xavfsizlik;
- tijorat ofislari/ofislarni avtomatlashtirish va hokazolardir.