VEGETATIV NERV S IST E M A SIN IN G T U Z U L ISH I Vegetativ ner\' sistemasi ikki neyronli b o ‘lishi bilan somatik
nerv sistemasidan farq qiladi, Vegetativ nerv sistemasining tola-
lari nerv markazlaridan chiqqach, organga uzulib, gangliy hosil
qiladi. Gangliydan chiqqan nerv tolalari organga yetib boradi.
Nerv sistemasi simpatik qismining markazlari orqa miya ko'krak-
bel qismlarining yon tarmoqlarida joylashgan. Orqa miya ol-
dindan ikkinchi neyron boshlanib, uning tanasi joylashgan qism
umurtqa pog‘onasi oldi simpatik tugunlar hosil qiladi, har ikki
tomondagi simpatik stvolda 3 ta bo'yin, 10— 12 ko‘krak, 5 bel,
4 ta dum g‘aza va lta dum tugunlari joylashgan. Bu tuguniardan
chiqqan nerv tolalari yurak, qizilo‘ngach. bronxlar, o'pka va
boshqa ichki organlarni nervlar bilan t a ’minlaydi.
Nerv sistemasi parasim patik qismining markazlari orqa
miyaning yuqorigi d u m g ‘aza qismida, uzunchoq o ‘rta miyada
joylashgan. U z unchoq miyadan chiqqan adashgan nerv tola
lari qalqonsimon bez, yurak, bronxlar, o ‘pka, q izilo ‘ngach, osh
qozon, ichaklar, m e ’da osti bezi, jigar va buyraklarni t a ’minlaydi.
0 ‘rta m iy a d a n c h i q q a n p a r a s im p a t ik nerv to la la ri k o ‘z qorachig'ini toraytiruvchi muskullarni va ko'zning kipriksimon
muskullarini ta ’minlaydi.
VEGETATIV NERV SIST E M A SIN IN G FUNKSIYALARI
Simpatik va parasimpatik nerv sistemasi turli xil funksional
xossalarga ega. Ular turli organ funksiyalariga nisbatan qarama-
qarshi ta’sir etadi. Masalan: simpatik nerv sistemasi ta ’sirlanganda
yurak qisqarish soni va kuchi ortadi, qontomirlari torayadi,
oshqozon ichak traktining harakat funksiyalari susayadi, k o ‘z
qorachig‘i kengayadi, moddalar almashinuvi ortadi. Parasimpa
tik nerv sistemasi t a ’sirlanganda yurak faoliyati tormozlanadi,
b a ’zi qontomirlari kengayadi, oshqozon ichak traktining hara
kat funksiyalari ortadi va ko‘z qo ra ch ig i torayadi.
Vegetativ nerv sistemasining funksiyalari bosh miyaning turli
qismlari va bosh miya katta yarim sharlar p o ‘stlog‘i bilan
boshqarilib turiladi. Vegetativ nerv sistemasi ham o ‘z navbati-
da bosh miya faoliyatiga t a ’sir etadi. Turli yoshdagi bolalarda
vegetativ nerv sistemasining rivojlanish xususiyatlari yaxshi
o ‘rganilmagan. Yangi tu g ‘ilgan ch aqaloqda yurak m inutiga
120— 140 marta qisqaradi va bolaning yoshi ortishi bilan qisqa
rish soni kamayib boradi. Bu jarayon bolada yurakka parasim
patik nerv sistemasi t a ’siri ortib borishi bilan bog'liq.
Ко zm harakatlan'iruvchi
2 - rasm . V eg et at iv nerv si s tc r n a sin in g sxe m as i.
Vegetativ nerv sistemasi funksiyalari rivojlanishi bolaning
harakat funksiyalari rivojlanishi bilan bog'liq, chunki skelet
muskullarining qisqarishi reflektor ravishda yurak faoliyatiga
ovqat hazm qilishga, nafas olishga, siydik ayirishga qon bosi
mi va boshqa funksiyalarning ortishiga sabab bo'ladi. Vegeta
tiv nerv sistem asi fu nksiyalari 1. P. Pavlov, L. A. O rbeli,
A. G. Genesinskiy, I. M. Bikov v A. A. Arshavskiy va boshqa
ko'pgina olimlar tom onida n o'rganilgan.
Ekstrimal (favqulotda) sharoitlarda vegetativ nerv sistema
si tashqi t a ’sirlarga javob berib, ayniqsa turli emotsional reak-
siyalarda qon aylanish, nafas, hazm ayiruv, ichki sekretsiya
organlarining funksional holatini o'zgartirib yuborish xususi-
yatiga ega. Bunda yurak ritmi, nafasi tezlashadi, ter ajralib
chiqishi almashinuv jarayonlari va shu kabilar kuchayadi.
Vegetativ nerv sistemasining organizm ichki muhiti doimiy-
ligini saqlashda ishtiroki ayniqsa muhim ahamiyatga ega. C h u
nonchi masalan, havo haroratining k o ‘tarilishi, ter ajralishi-
ning kuchayishi, shuningdek, periferik qontom irlar sistema
sining kengayishi hisobiga issiqlik ajratish bilan o ‘tadi. Bulaming
hammasi tana haroratini doimiy darajada tutib turish im koni-
ni beradi va organizmning issiqlab ketishiga t o ‘siqliq qiladi.
K o ‘p qon yo‘qotish hollarida yurak ritmining tezlashuvi kuza-
tiladi, tomirlar torayadi va um um iy qon aylanishi doirasiga
t o ‘qimalar va organlardan normal qon aylanishni ta ’minlaydigan
taloqdagi depolangan qon otilib chiqadi.
Organizm ning ana shu va boshqa k o ‘pgina reaksiyalari
markaziy nerv sistemasining (M N S ) oliy bo'lim larida shaklla-
nadi va vegetativ nerv sistemasi orqali r o ‘yobga chiqariladi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversisteti 301 guruh talabasi Ashurova Setoraning Odam anatomiya va fiziologiyasi fanidan bajargan Mustaqil ishi Mavzu :
ORQA MIYA TUZILISHI VA FUNKSIYASI