qo‘llanilib, samarali olib borilmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon bajarayotgan sertifikatlashtirish tizimini tashkil etish amalda shuni ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan. Sertifikatlashtirish tarixini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bu faoliyat bilan ishlab chiqaruvchi uyushmalar, yirik iste’molchilar, standart lashtirish milliy tashkilotlari shug‘ullanib, turli tizimlarni yaratgan- lar. Masalan, Fransiya va Angliyada XX asrning 60-yillari boshida iste’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun ishlatiladigan elektronika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimi yaratildi. Sertifikatlashtirish tushunchasi keng m a’noda uchinchi tomon o ‘tkazadigan texnikaviy m e’yor, ish uslubi, qoidaga muvofiqligini qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. Shuning uchun sertifikat lashtirishni tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlar, portlash xavfidan himoyalangan qurilmalar, kemalar, suzish vositalari, samolyotlar, aviatsiya qurilmalari, atom reaktorlari va tog‘ texnika- sining ishlatilishidagi xavfsizligini ta’minlash maqsadida texnikaviy nazorat o ‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi. Akkreditatsiya — nufuzli idora tomonidan boshqa bir tashkilot yoki shaxsni rasmiy ravishda aniq ishlarni bajarishga to ‘la huquqli vakolat berilganligini e ’tirof etishidir. Mahsulot — ma’lum faoliyat yoki jarayon natijasidir. Mahsulot tushunchasiga quyidagicha izohlar keltirilgan: 1. Mahsulotning to ‘rtta toifasi bor: — xizmatlar (yuk tashish, bank xizmati, sug‘urta faoliyati va h.k.); — dasturiy vositalar (kompyuter dasturi, lug‘at, o ‘quv dastur- lari); — texnik vositalar (motorning qismi); — qayta ishlanadigan materiallar.