hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi. Sertifikatlashtirish jarayoni deganda, mahsulot (buyum, mol) yoki xizmat muayyan standart yoki texnikaviy shart talablariga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o ‘tkaziladigan faoliyat tushu nilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, mol)ga o ‘rna- tilgan talablarga iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat — sertifikat beriladi. Yana bir zarur atamalardan biri «sertifikatlashtirish tizimi» bo‘lib, u quyidagicha ta’riflanadi. Sertifikatlashtirish tizimi — muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o ‘tkazish uchun ish tartibi qoidalari va boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir. «Sertifikatlashtirish tizimi» atamasidan tashqari sertifikatlash tirish sxemasi atamasi mavjud bo‘lib, ushbu faoliyat muvofiqlikni sertifikatlashtirishda uchinchi tomon faoliyatining olib boradigan ish hajmi, ketma-ketligi, tartibi va sertifikatlashtirish subyekti bilan o ‘zaro munosabatini belgilaydi. 154
Sertifikatlashtirish faoliyatida qo‘llaniladigan uchta tushuncha to ‘g‘risida to ‘xtalib o ‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydala nish, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi. Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish — guvohnoma talab- goriga sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati. Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi — ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatuvchi, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatlashtirish qatnashuvchisi. Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi — ushbu tizimning qoidalariga