Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrol-www.hozir.org
nima? Sertifikatlashtirish deganda, talab etilgan ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standart yoki texnikaviy hujjatga muvofiq ligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi. «Sertifikatlashtirish» tushunchasi birinchi marta Xalqaro stan dartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tom onidan ishlab chiqilib, uning «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditatsiyalash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoida- lari» qo‘llanmasiga kiritilgan. 153
Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o ‘z tarkibiga oladi. Bunda muvo- fiqlikning uchta ko‘rinishi — muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatsiyalash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish degan tushunchalar mavjud. Muvofiqlik bayonoti deb, yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standart yoki boshqa m e’yoriy hujjatga to ‘la-to‘kis muvofiqligi bo‘yicha barcha mas’uliyatni o ‘z zimmasiga olganligining bayon etilishiga aytiladi. Bu atamaning so‘nggi vaqtlarda «o‘z -o ‘zini sertifikatlashtirish» tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmoqda. O ‘z -o ‘zini sertifikatlashtirish deganda, mahsulot ishlab chiqaruvchi barcha mas’uliyatni o ‘z zim masiga olgan holda mahsulotning talab etilgan darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o ‘z zimmasiga oladi. Muvofiqlikni attestatlash deganda, uchinchi tomonning «sinov laboratoriyasining bayonoti» tushunilib, ma’lum namuna mahsu lotga bo‘lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa