13. Muntazam xatolikni qanday kamaytirish usullari mavjud?
14. Tasodifiy xatolik deganda qanday xatolikni tushunasiz?
15. Nima sababdan faqat tasodifiy xatoliklar baholanadi?
16. K o‘p marotaba o ‘lchash natijalarini qayta ishlash qanday ketma-
ketlikda amalga oshiriladi?
17. Metrologik ta’ minot deganda nimani tushunasiz?
18. Metrologik ta’minotning vazifasi nimalardan iborat?
19. Metrologik ta’minotning nechta tashkil etuvchisi mavjud? Ularning
faoliyati nimalardan iborat?
20. Metrologik ta’ minotning asosiy maqsadi nimadan iborat?
21. O ‘lchashlarning bajarish uslubiyati qanday hujjatlarni o ‘z ichiga
oladi?
83
III BOB. STANDARTLASHTIRISH FAOLIYATIGA
DOIR TUSHUNCHA VA BILIMLAR
3.1. O‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish
to‘g‘risida»gi Qonuni
O ‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishning tashkiliy
asoslari O ‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘ri-
sida»gi Qonuni bilan qonunlashtirilgan. Qonun 1993-yil 28-de-
kabrda qabul qilingan, 1994-yil 28-fevralda umumiy axborot vosi-
talarida chop etilgan va shu kundan boshlab kuchga kirgan.
Qonun 4 ta b o ‘lim, 12 ta moddadan iborat b o‘lib, qonunning
b o ‘limlari quyidagicha nomlanadi:
I b o ‘lim. Umumiy qoidalar;
II b o ‘lim. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar;
III b o ‘lim. Standartlar ustidan davlat nazorati;
IV b o ‘lim. Davlat yo‘li bilan standartlashtirish va nazorat qi-
lishga doir ishlarning moliyaviy ta’ minoti. Standartlarni qo‘llashni
rag‘batlantirish.
Qonunning I b o ‘limi 1—5-moddalardan tashkil topgan b o ‘lib,
u standartlashtirishning asosiy maqsadlari, davlat standartlashtirish
tizimi, standartlashtirish ishlarini o ‘tkazish, standartlashtirish to‘g‘ -
risidagi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar va bitimlardan
iborat.
Qonunning II b o ‘limi 6- va 7-moddalardan tashkil topgan
b o ‘lib, u me’yoriy hujjatlarning toifalari va ularga qo‘yiladigan
asosiy talablar, standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlarning
sertifikatlashtirishda q o ‘llanilishiga bag‘ishlangan.
Qonunning III b o ‘limi 8—10-moddalardan tashkil topgan va
davlat nazorati organlari va obyektlari, davlat inspektorlari, ularning
huquqlari va javobgarligi, standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tegishli ma’lumotlar
keltirilgan.
84
Qonunning IV b o ‘limi 11- va 12-moddalardan tashkil topgan
b o ‘lib, unda davlat yo‘li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga
doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, standartlar qo‘llanilishini rag‘ -
batlantirish keltirilgan.
Qonunda standartlashtirishning asosiy maqsadlari belgilangan:
— iste’molchilar va davlatning mahsulotlar (xizmatlar)ning aholi
hayoti, sog‘lig‘i va mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi masalalari
b o ‘yicha manfaatlarini himoya qilish;
— mahsulotning o ‘zaro almashinuvchanligi va mos keluvchan-
ligini ta’minlash;
— mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
— barcha turdagi boyliklarning tejalishiga ko‘ maklashish;
— ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni
amalga oshirish;
— tabiiy va texnogen halokatlar va boshqa favqulodda vaziyat-
larning sodir b o‘lishi ehtimolini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi
obyektlarining xavfsizligini ta’minlash;
— o ‘lchashlarning birliligini ta’minlash.
O ‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi
Qonunida respublikada standartlashtirish b o ‘yicha ishlarni o ‘tka-
zish umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini belgilovchi O ‘z SDT fao
liyat ko‘rsatishi belgilangan. Bu qoidalarning o ‘zi «O ‘zstandart»
agentligi tomonidan o ‘rnatiladi. Davlatarxitekturaqurilish (qurilish,
qurilish industriyasi, shu jumladan, loyihalash va konstruksiyalash
sohasida), Tabiatni muhofaza qilish davlat q o‘mitasi (tabiiy boy-
liklardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslanish va boshqa zararli
ta’sirlardan saqlash sohasida), Sog‘liqni saqlash vazirligi (tibbiyotga
m o‘ljallangan mahsulotlar, tibbiyot texnikasi buyumlari, dori-
darmonlar sohasida, shuningdek, respublikada chiqariladigan va
import b o ‘yicha keltiriladigan mahsulotlarda inson uchun xavfli
aralashmalar borligini aniqlash masalalari bo‘yicha) o ‘zining vakolat
doirasida standartlashtirish b o ‘yicha ishlarni tashkillashtirish,
muvofiqlashtirish va ta’minlash ishlarini olib boradi. Qonunda
respublikada q o ‘llaniladigan me’yoriy hujjatlar ro‘yxati keltirilgan:
85
• xalqaro (davlatlararo, hududiy) standartlar;
• O ‘zbekiston davlat standartlari;
• tarmoqlar standartlari;
• texnik shartlar;
• ma’muriy-hududiy standartlar;
• korxonalarning standartlari;
• xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Standartlashtirish b o ‘yicha me’yoriy hujjatlarga, shuningdek,
standartlashtirish b o ‘yicha qoidalar, me’yorlar, texnik-iqtisodiy
va ijtimoiy axborotlar tasniflagichlari (klassifikatorlari) ham kiradi.
Xalqaro (davlatlararo, hududiy), xorijiy me’yoriy hujjatlar
«O ‘zstandart» agentligi tomonidan belgilangan tartibda qo‘llaniladi.
Yagona va uzluksiz ta’lim davlat tizimida ta’lim davlat standartlari
ishlab chiqiladi, respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tas-
diqlanadi.
Standartlashtirish b o ‘yicha me’yoriy hujjatlar mamlakatimiz
va xorijiy fan va texnikaning zamonaviy yutuqlariga asoslanishi
va xalqaro savdo uchun ortiqcha to‘siqlar paydo qilmasligi lozim.
Raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun o ‘zuvchi (oldindan tuzil-
gan) standartlar yaratilishi mumkin.
Mahsulotni me’yoriy hujjatlarsiz ishlab chiqarish va xaridga
q o ‘yish man etiladi.
Mahsulotning aholi hayoti, sog‘lig‘i, mulki xavfsizligini ta’min-
laydigan me’yoriy hujjatlarning talablari, mahsulotning mos keluv-
chanligi va o ‘zaro almashinuvchanligi, bularni tekshirish usul-
larining bir xilligi va bir xil tamg‘ alanishini ta’minlash uchun rioya
qilinishi shart.
Standartlar va o ‘lchashlar birliligini ta’ minlash ustidan davlat
nazorati idoralari, obyektlari va subyektlari, davlat nazoratini baja-
ruvchi davlat inspektorlarining huquqlari va mas’ulligi, shuningdek,
davlat nazorati subyektlarining va bularga rahbar shaxslarning stan
dartlashtirish to‘g‘risida qonunlar, standartlardagi majburiy talab-
larni buzganligi uchun javobgarliklari belgilangan.
Davlat nazorati idoralariga quyidagi huquqlar berilgan:
• aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma
berish;
86
• jarima solish;
• tadbirkor subyektlarning lavozimli shaxslarini ma’muriy
javobgarlikka tortish;
• tekshirilgan mahsulotni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki
xaridga qo‘yish (yetkazib berish, sotish), foydalanish (ekspluatatsiya
qilish)ni to‘xtatish;
• standartlarning majburiy talablariga mos kelmaydigan va dav-
lat ro‘yxatidan o ‘tmagan import mahsulotning xaridga qo‘yilishini
taqiqlash;
• mahsulotni ishlab chiqarish yoki xaridga q o‘yishni (yetkazib
berish, sotishni) taqiqlash to‘g‘risidagi davlat inspektorining ko‘r-
satmasini buzganligi uchun jarima yozish.
Jarima sud tomonidan belgilanadi, agar tadbirkor subyekt
qoidani buzganlikdagi aybini o ‘z b o ‘yniga olsa va jarimani o ‘z
ixtiyori bilan to‘lashga rozi bo‘lsa, bu to‘g‘rida qaror davlat nazorat
idoralari tomonidan qabul qilinadi.
O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
10-noyabrdagi 235-sonli qarori bilan O ‘zbekiston Respublikasida
standartlar va o ‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risida
Nizomning jarimaga tortish qismiga o ‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
kiritilgan (Nizom 1994-yil 12-avgustda 410-sonli hukumat qarori
bilan tasdiqlangan).
a) 4-modda 5-xatboshi quyidagicha tahrirda bayon etiladi:
«xo‘jalik faoliyati subyektlari mansabdor shaxslariga ma’mu
riy jazo qo‘llangandan keyin bir yil davomida standartlarning maj
buriy talablari takroriy buzilganligi uchun xo‘jalik faoliyati subyekt-
lariga nisbatan sotilgan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida
jarimalar q o‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish»;
b) quyidagi mazmunda 9-modda q o ‘shimcha kiritilsin:
«9. X o ‘jalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy
aktivlari summasining 20 foizidan ortiq jarimalarni unga undirila-
digan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan
boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda b o ‘lib-bo‘lib to‘lash
imkonini bergan holda amalga oshiriladi».
87
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ishlar ro‘yxati belgi-
langan:
— xalqaro, davlatlararo, hududiy me’yoriy hujjatlarni ishlab
chiqish yoki qatnashish;
— standartlashtirishning muayyan obyektlari bo‘yicha qonun
hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish;
— asos b o ‘luvchi tashkiliy-metodik va umumtexnikaviy me’yo
riy hujjatlarni ishlab chiqish va uning ishlashini ta’minlash;
— texnik-iqtisodiy axborot tasniflagichlarini ishlab chiqish, bular
to‘g‘risida rasmiy axborot tayyorlash va chop etish, shuningdek,
barcha foydalanuvchilarga tarqatish:
— umumdavlat ahamiyatidagi ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni
bajarish;
— standartlarning majburiy talablariga rioya qilish ustidan davlat
nazoratini amalga oshirish;
— me’yoriy hujjatlar davlat jamg‘armasini shakllantirish va
olib borish. Standartlar, mahsulot va xizmatlar katalogini belgi
langan tartibda xaridga qo‘yishdan olingan mablag‘lar, shuningdek,
standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunlarni buzganligi uchun jarimaga
tortishdan olingan mablag‘larning bir qismi ham moliyalash manba-
lari b o ‘lishi mumkin.
Davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladigan davlat das-
turlarini ishlab chiqishda mahsulot sifatini me’yoriy ta’ minlash
b o ‘limlari nazarda tutilishi lozim.
Muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alangan mahsulot chiqaruvchi
korxonalarni, shuningdek, an’anaviy texnologiya imkoniyatlaridan
o ‘zuvchi, istiqbolga m o‘ljallangan talablar standarti b o ‘yicha mah
sulot ishlab chiqargani uchun iqtisodiy yordam va rag‘batlantirish
davlat kafolati qonunda ko‘zda tutilgan.
3.2. Standartlashtirish bo‘yicha asosiy tushuncha
va atamalar
Odatda, biz, «standart b o ‘yicha» degan iborani ko‘p ishlatamiz.
X o ‘sh, standart nima? Standart — ko‘pchilik manfaatdor tomon-
lar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng
88
maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning
har xil turlari yoki natijalariga tegishli b o ‘lgan umumiy va takror
qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar
va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiq-
langan me’yoriy hujjatdir.
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan nati-
jalariga asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga
erishishga yo‘naltirilgan b o ‘lishi kerak.
Standartlar darajasiga ko‘ra, xalqaro, mintaqaviy, davlatlararo,
milliy va korxona miqyosida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab
chiqarishga qo‘yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli
turlarini yaratish va o ‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqa-
ruvchi, tayyorlovchi va iste’ molchi o ‘rtasidagi munosabatlarni
yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o ‘z vaqtida yuqori
sifatli loyiha-konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi
mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlash va
kerak b o ‘lsa mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgi-
laydi.
Standartlashtirish mahsulot muomalada b o ‘lganida va sotish
bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka)da yaxshi tartib
va sharoitlar yaratish, yuklash va joylashtirish, omborlarda mah
sulot sifatini buzmay saqlash, transportda olib yurish, buyumni
tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.
Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil
etishning eng samarador shakllari haqidagi fandir.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar
kabi asosiy yo‘nalishlarni bir-biriga bog‘lovchi vosita hamdir.
Standartlashtirish texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishda eng
oqilona joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat xarajatlari
va moddiy zaxiralarning ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko‘ril-
moqda.
Asos b o ‘luvchi umumtexnikaviy standartlar fan, texnika, tex-
nologiya, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarida, jumladan,
89
standartlashtirish sohasida va shunga yaqin sohalarda ko‘p marta
foydalaniladigan ilmiy-texnikaviy atamalar va ularning ta’riflarini
o ‘rnatadi.
O ‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (O ‘z SDT)da asosiy
atamalar va ta’riflar O ‘z DSt 1.10:1998 standartida qabul qilingan
va ISO/IEC 2:1996 qo‘llanmasiga mos kelib, unda quyidagi asosiy
atamalar keltirilgan.
Standartlashtirish — haqiqiy mavjud yoki paydo bo‘lishi mum
kin b o ‘lgan masalalarda barcha tomondan ko‘p marta foydalanish
uchun ma’lum sohada nizomlar o ‘rnatish vositasida maqbul dara-
jada tartibga solishga yo‘naltirilgan faoliyat.
Bu ta’rif mazmuni standartlashtirish mohiyatini yetarlicha aniq
va chuqur tushunishga imkon beradi. Standartlashtirish faoliyati
oddiy tartibga solish emas, balki ma’lum sohada tartibga tushirishga
yo‘naltirilgan. Tartibga solishning darajasi va me’yori ham aniqlan-
gan — maqbul darajada tartibga solish ko‘zda tutiladi. Tartibga
solish qanday yo‘l bilan erishiladi? Nizomlar (qoidalar, me’yorlar,
talablar va b.)ni o ‘rnatish vositasida erishiladi. Bu nizomlar barchaga
va ko‘p marta foydalanish uchun m o‘ljallangan. Bunda qanday
masalalar hal etiladi? Haqiqiy mavjud b o ‘lgan masalalar, ya’ni
shu kunning ehtiyojlari, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va doimiy
o ‘zgarib turuvchi, tobora o ‘sib borayotgan ehtiyojlarni hisobga
olgan holda kelajak ehtiyojlari hal etiladi.
Standart — umumkelishuv (konsensus) asosida ishlab chiqilgan
va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan va ma’lum sohada
maqbul darajada tartibga solishga yo‘naltirilgan hujjat. Tan olingan
idorada barcha uchun va ko‘p marta foydalanishga m o‘ljallangan
faoliyatning turli yo‘nalishlari yoki ularning natijalariga tegishli
qoidalar, umumiy tamoyillar yoki tavsiflar o ‘rnatiladi.
«Standart» ta’ rifidagi barcha ibora va jumlalar «Standart
lashtirish» ta’rifidan tanish. Faqat «tan olingan idora tomonidan
tasdiqlangan» va «konsensus» so‘zlari tushuntirishni talab etadi.
Tasdiqlash darajalari standartlashtirish darajalariga ko‘ra aniq
lanadi, O ‘z SDT ning asosiy nizomlarida o ‘rnatilgan «tan olingan
idoralar» ma’nosi kelib chiqadi.
90
Konsensus umumkelishuv ma’ nosini anglatadi. Umumke-
lishuvda manfaatdor tomonlarning ko‘pchiligida muhim masalalar
b o ‘yicha jiddiy e’tirozlar b o ‘lmaydi va barcha tomonlarning fikrini
hisobga olish va mos kelmaydigan nuqtayi nazarlarni bir-biriga
yaqinlashtirishga intiluvchi jarayon natijasida umumiy kelishuvga
erishiladi. Konsensus to‘liq yakdillikni bildirishi shart emas, chunki
standartlashtirishning murakkab obyektlari b o ‘yicha to‘liq yak-
dillikka amalda erishib b o ‘lmaydi.
Standartlashtirish obyekti — standartlashtirilishi lozim b o ‘lgan
obyekt. Standartlashtirish obyektlariga mahsulotlar, jarayon yoki
xizmatlar, shuningdek, har qanday materiallar, komponentlar,
uskuna-jihozlar, tizimlar, ularning o ‘zaro mos keluvchanligi, tarti-
botlar (protseduralar), bayonnomalar, vazifalar, ularning faoliyat
usullari kiradi (3.1-rasm).
Standartlashtirish har qanday obyektning ma’lum jihatlari bilan
cheklanishi mumkin. Masalan, poyabzalga nisbatan uning o ‘lcham-
lari va puxtalik mezonlari alohida standartlashtirilishi mumkin.
Bu bilan bir vaqtda, standartlashtirish obyektlarining ko‘p xos
salarga ega ekanligi va obyektning o ‘z ichida va undan tashqarida
bog‘lanishlarning murakkabligi bilan tavsiflanishini nazarda tutish
kerak.
Standartlashtirish har qanday obyektning muayyan jihatlari
(xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga
nisbatan yondashiladigan b o ‘lsa, uning katta-kichikligi va pishiq-
ligini alohida standartlashtirish mumkin.
Standartlashtirish obyekti sifatida xizmat xalqqa xizmat qilish
(xizmat shartlarini qo‘shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun
ishlab chiqarish xizmatini o ‘z ichiga oladi. Standartlashtirishning
boshqa obyektlari faoliyatining biriktirilgan sohalarida O ‘zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat
arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Demak, standartlashtirish obyekti — standartlashtiriladigan yoki
unga yo‘naltirilgan mahsulot, ishlar (jarayonlar) va xizmatlardir.
91
Mahsulotlar
(xalq iste’moli
tovarlari, ishlab
chiqarish vositalari)
Xomashyo va
tabiiy yonilg‘ilar
Materiallar va
oziq-ovqatlar
Tayyor
buyumlar
Bir guruhdagi
mahsulotlarning
alohida jihatlari:
— atamalar,
belgil ashlar;
— parametr va
o ‘lchamlari;
— texnik talablar;
— nazorat usullari;
— tamg‘alash,
qadoqlash, tashish
va saqlash qoidalari
Standartlashtirish
obyektlari
Xizmatlar
(xo‘jalik, ishlab
chiqarish)
Bir guruhdagi
xizmatlarning
alohida jihatlari:
— atamalar;
— texnik talablar;
— baholash
usullari;
— korxonalarning
sinflanishi;
— xodimlarga
talablar
Jarayonlar
(ishlar)
— Mahsulot hayotiy
siklining alohida
bosqichlariga
mansub jarayonlar;
— nomaterial ishlab
chiqarish bilan
bog‘liq jarayonlar
(statistik, bank,
nashriyot faoliyati);
— boshqaruv
jarayonlari;
— o ‘lchash jarayon
lari;
— axborotlarni qayta
ishlash va hisoblash
jarayonlari;
— himoyalash
faoliyati jarayonlari
(insonlar, tabiat)
3.1-rasm. Standartlashtirish obyektlarining sinflanishi.
Standartlashtirish jihati — tanlangan standartlashtirish obyektini
standartlashtirish yo‘nalishi b o ‘lib, unga ko‘rsatilgan talablar turini
aniqlaydi.
O ‘z -o ‘zidan standartlashtirish jihati muayyan bir guruhdagi
mahsulot yoki xizmatlar bo‘lib, atama va ta’riflar, sinflanish, asosiy
parametrga talablar, saqlash, tashish va vosita hamda usullariga
92
talablar, nazorat usullari va vositalari, metodlariga talablar va
boshqalar hisoblanadi.
Standartlashtirish sohasi o ‘zaro aloqador standartlashtirish
obyektlari majmuasi deb ataladi. Kimyo sanoati, mashinasozlik,
transport, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot, ekologiya va boshqalar
standartlashtirish sohasi b o ‘lib hisoblanadi. Masalan, kimyo sa
noati standartlashtirish sohasi bo‘lsa, kimyo sanoatining standart
lashtirish obyektlari b o ‘lib texnologik jarayonlar, mahsulotlar, qu-
rilmalarning xavfsizligi va ekologikligi hamda boshqalar hisoblanadi.
Standartlashtirish obyektlarining parametrlarini optimal-
lashtirish — standartlashtirishning iqtisodiy, texnik va ijtimoiy
samaralarini moddiy va mehnat sarflari hamda tabiiy boyliklar
sarfi bilan nisbatini aniqlash, shuningdek, ilmiy-texnikaviy va ishlab
chiqarish imkoniyatlarini xalq xo‘jaligi va aholining ehtiyojlari bilan
kelishtirish.
Standartda «Standartlashtirish sohasi», «Standartlashtirish dara
jasi», «Kompleks standartlashtirish», «Oldindan standartlashtirish»,
«Standartlashtirish b o ‘yicha texnik qo‘mita», «Standartlashtirish
bo‘yicha tayanch tashkilot», «Asos bo‘luvchi standart», «Birxillash-
tirish» va boshqa atamalarning ta’ riflari berilgan.
Standartlashtirish tarmoqlararo tizimining atamalar standartlari
ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Bunday standartlar jumlasiga,
masalan, quyidagilar kiradi:
— konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi — sanoat kor-
xonalari, buyumlari, hujjatlari;
— sertifikatlashtirish milliy tizimi;
— texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotni tasniflash va kodlash-
ning yagona tizimi — shtrixli kodlashni avtomatik aynan o ‘xshatish
(identifikatsiyalash);
— O ‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi — asosiy va
umumiy atamalar, o ‘lchash vositalari va ularning parametrlari,
metrologik xizmat, analitik tekshirishni metrologik ta’minlash;
— mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni tashkil qilish tizimi;
— sifat tizimi — sifat menejmenti tizimi. Asosiy qoidalar va
lug‘at;
93
— mahsulot sifatini sinash va tekshirish;
— mahsulot sifati;
— o ‘zaro almashinuvchanlik asosiy me’yorlari. Joizliklar va
o ‘tkazishlar yagona tizimi; yuzaning g‘adir-budurligi; yuzalarning
joizliklari, shakllari va joylashishlari;
— mahsulot sifatini statistik boshqarish usullari;
— xizmatlar.
3.3. Standartlar toifalari va ularning turlari
O ‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashish obyekt-
lariga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyi-
dagi toifalari amal qiladi:
— xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
— O ‘zbekiston Respublikasining standartlari;
— tarmoq standartlari;
— texnikaviy shartlar;
— korxonalarning standartlari;
— xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Xalqaro standart (ISO va h.k.) — standartlashtirish bilan
(standartlashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot
tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga
yaroqli b o ‘lgan standart.
Mintaqaviy standart (M G S ) — standartlashtirish bilan shu-
g‘ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va
iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli b o ‘lgan hujjat.
Davlatlararo standart (ГОСТ) — standartlashtirish, metro
logiya va sertifikatlashtirish b o ‘yicha davlatlararo kengash tom o
nidan qabul qilingan, bajarilishi shart b o ‘lgan hujjat.
Milliy standart (O ‘z DSt) — standartlashtirish bilan shug‘ul-
lanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar
ning keng doirasiga yaroqli b o ‘lgan standart.
Korxona standarti (KSt) — mahsulot, xizmat yoki jarayonga
korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va u tomonidan
tasdiqlangan hujjat.
94
Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat
doirasida standartlar yangidan yaratilishi hamda xalqaro, min
taqaviy va davlatlararo standartlarni to ‘g‘ridan to‘g‘ri q o ‘llash
mumkin.
Standartlardan tashqari, rahbariy hujjatlar, texnikaviy shartlar,
standartlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar (qoidalar)
ham mavjuddir.
Rahbariy hujjat (RH ) deganda, standartlashtirish idoralari va
xizmatlarning vazifalari, burchlari va huquqlari, ularning ishlari
yoki ishlarining ayrim bosqichlarini bajarish usullari, tartibi va
mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat tushuniladi.
Texnikaviy shartlar (TSH ) — buyurtmachi bilan kelishilgan
holda, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki buyurtmachi tomonidan
tasdiqlangan aniq mahsulotga (xizmatga) b o ‘lgan texnikaviy talab
larni belgilovchi me’yoriy hujjat.
Y o‘riqnoma (qoidalar) — ishlar yoki ularning ayrim bosqich-
larining mazmuni va tarkibini belgilovchi me’yoriy hujjat.
«O ‘zstandart» agentligi, «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi, Davlat
tabiatni muhofaza qilish q o‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi
standartlashtirish b o ‘yicha tarmoqlararo ishlarni tashkil qilish va
muvofiqlashtirish uchun o ‘z huquqlari doirasida y o ‘riqnomalar,
qoidalar, nizomlar, uslubiy ko‘rsatmalar, rahbariy hujjatlar va
tavsiyalarni ishlab chiqadilar va manfaatdar tomonlar bilan kelishil-
gan holda tasdiqlaydilar.
O ‘zbekiston Respublikasining standartlarini ishlab chiqish,
kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi O ‘z DSt 1.0-1998
va O ‘z DSt 1.1-92 standartlari bilan belgilanadi.
Standartlashtirish obyektining o ‘ziga xos xususiyatlari va unda
belgilanadigan talablar mazmuniga bog‘liq ravishda O‘zbekiston
Respublikasi davlat standartlashtirish tizimi asosiy turdagi standart-
larni nazarda tutadi:
— asos b o ‘luvchi standartlar;
— umumtexnikaviy standartlar;
— texnikaviy shartlar (mahsulot, jarayon, xizmatlar uchun)
standartlari;
— texnikaviy talablar standartlari;
95
— nazorat usullari (sinovlar, tahlillar, o ‘lchashlar, ta’riflar)
standartlari.
Lozim bo‘lgan taqdirda mahsulotning asosiy texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlari, uning nomlari (turlari), oqilona tarkibi va boshqa
talablarni aniq belgilaydigan bir turdagi mahsulot guruhiga standart
ishlab chiqilishi mumkin.
Asos bo‘luvchi standartlar tashkiliy-texnik jarayonlarning baja-
rilishi, ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo‘llash jara-
yonlari tartibi (qoidalari), shuningdek, faoliyatning muayyan soha-
sida ishlarni tashkil etishning asosiy (umumiy) qoidalarini belgi-
laydi.
Umumtexnikaviy standartlar mahsulotning texnikaviy jihatdan
bir-biriga mos b o ‘lishi va o ‘zaro almashinuvini ta’minlash uchun
zarur b o ‘lgan ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni q o‘l-
lashning umumtexnikaviy talablari, shuningdek, mehnat xavf-
sizligi, atrof-muhitni (ekologiyani) himoya qilish, zararli ta’sirlardan
(shovqin, tebranish va boshqalardan) himoya qilish, namunaviy
texnologik jarayonlar, mahsulot sifatini nazorat qilish (sinash)
usullari, hujjatlarni birxillashtirish talablarini belgilaydi.
O ‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari va texnikaviy shart-
larini ishlab chiqish, odatda, har bir manfaatdor korxona va tashki-
lotning muxtor vakili b o ‘lgan mutaxassislardan tashkil topgan
texnikaviy qo‘mitalar (TQ) kuchi bilan yoki standartlashtirish bo‘ -
yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Standartlar turlari. Standartlashtirish obyektining o ‘ziga xos
xususiyatidan va unga o ‘rnatilgan talablaridan kelib chiqib quyidagi
turdagi standartlar ishlab chiqiladi: asos b o ‘luvchi standartlar;
mahsulot (xizmat)ga standartlar; ishlar (jarayonlar)ga standartlar;
nazorat usullari (sinash, o ‘lchash, tahlillar) standartlari.
Dostları ilə paylaş: |