tashkilotlar vakolatiga tegishli talablar mavjud bo‘lgan texnik shart larning loyihasini kelishish uchun bu tashkilotlarga jo‘natish zarur- ligini ishlab chiquvchi aniqlaydi. Texnik shartlarning loyihasini kelishish «Kelishilgan» grifi ostida kelishuvchi tashkilot rahbari (rahbar muovini)ning imzosi bilan yoki alohida hujjat (qabul komissiyasining dalolatnomasi, xat, bayonnoma va h.k.) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda «Kelishilgan» grifi ostida sana va hujjatning tartib raqami ko‘rsatiladi. Texnik shartlarni ishlab chiquvchi (tayyorlovchi) buyurtmachi bilan kelishilgan holda yoki ishlab chiquvchi (tayyorlovchi) buyurt- machi bilan birgalikda tasdiqlaydi. Texnik shartlar (texnik shartlarga o ‘zgartirishlar)ning tasdig‘i hujjatning zarvarag‘ida «Tasdiqlayman» grifi ostida korxona rahbari (rahbar muovini)ning imzosi bilan rasmiylashtiriladi. Texnik shartlar buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan keli shilgan holda ko‘pi bilan 5 yil amal qilish muddatiga tasdiqlanadi. Asoslangan hollarda amal muddati cheklanilmasdan tasdiqlanadi. Kelishilgan va tasdiqlangan texnik shartlar, ushbu texnik shart- larni tasdiqlagan korxona joylashgan joydagi «O‘zstandart» agent- ligining idorasiga davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish uchun taqdim etiladi. 121
Texnik shartlar belgisi quyidagilardan iborat bo‘ladi: — hujjat belgisi — TSH; — davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ikki darajali shartli belgisi; — xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun defis bilan ajratilgan, korxonalar va tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (KTUT) bo‘yicha sakkiz darajali kod; — ikki nuqta bilan ajratilgan, tasdiqlash yilining to ‘rtta raqami.